$
12413.79 UZS
-52.65
154.86 UZS
-0.56
14468.27 UZS
-48.9
36° Kechasi 23°

Ijodiy imtihonlarning o‘tkazilish tartibi va sanalarida o‘zgarishlar bor – Inomjon Majidov

17:32 / 15.06.2020

Ayni daqiqalarda AOKA anjumanlar zalida Bosh vazirning ijtimoiy va iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev rahbarligida brifing bo‘lib o‘tmoqda.
 
Unda 2020/2021 o‘quv yilida oliy taʼlimga kirish imtihonlari yuzasidan ayrim savollarga ham javob berildi.
 
Jumladan, Oliy va o‘rta maxsus taʼlimi vaziri Inojon Majidov OTMlardagi kasbiy-ijodiy imtihonlar hususida to‘xtalib o‘tdi.
Unga ko‘ra, abituriyentlarning ortiqcha kelib-ketishlarini qisqartirish maqsadida imtihonlarning tarkibi qisqartirilgan. Natijada imtihonlar vaqtida ham o‘zgarishlar bo‘ladi. Dasturlar shunga moslashtirilgan.
 
– Kasbiy-ijodiy imtihonlarning dasturlarini qaysi OTMga kirmoqchi bo‘lsa, ularning saytidan bilish mumkin. Bu borada qo‘shimcha biror narsalar qo‘shildimi, degan savol bo‘ladigan bo‘lsa, yo‘q, qo‘shilmadi. Balki oldindan eʼlon qilingan kasbiy-ijodiy imtihonlarning talablari qoladi, faqat maʼlum darajada qisqaradi, dedi Inomjon Majidov.
 
Shuningdek, vazir ikki xil kasbiy-ijodiy imtihonlar mavjudligini taʼkidlab, ular yuzasidan quyidagilarni maʼlum qildi:
 
– Birinchisi – biror taʼlim yo‘nalishida bir fandan test sinovlari va bir fandan ijodiy yoki qaysidir qobiliyatlarini aniqlash bo‘yicha kasbiy-ijodiy imtihon. O‘tgan yilgi talablarni oladigan bo‘lsak, imtihon muddatlari 11-iyuldan 20-avgusgacha qo‘yilgan edi. Bu yil imtihon o‘tkaziladigan sanalarni abituriyentlarning sonidan kelib chiqib, OTMning o‘zi belgilaydi. Ushbu imtihon 28-iyulgacha davom etishi taklif qilinmoqda. Chunki bularning maʼlumotlari test natijalari bilan qo‘shib hisoblanishi kerak.
Ikkinchisi – faqatgina kasbiy-ijodiy imtihonlar topshiriladigan yo‘nalishlarda 20-iyuldan hujjatlarni qabul qilish yakunlanadi. Undan keyin guruhlar tuzilib, jadvallarga ajratiladi va 25-iyuldan imtihonlar boshlanadi. Bu jarayon 20-avgustgacha bo‘lib o‘tadi.

Xabardor.uz


Bu ham qiziq

Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida Alisher Navoiy yodgorlik-majmuasi qurilishi boshlandi

Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida Alisher Navoiy yodgorlik-majmuasi qurilishi boshlandi

“Bugun Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida Alisher Navoiy yodgorligini qayta tiklash va obodonlashtirish loyihasiga tamal…
17:23 / 21.08.2025
2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

Bugungi kunda O‘zbekistonda 600 dan ziyod startaplar faoliyat yuritmoqda. Sakkiz yil ilgari ularning soni barmoq bilan sanar…
14:51 / 20.08.2025
Tadbirkorlar uchun universal QR-kod va yangi soliq tartibi joriy etiladi

Tadbirkorlar uchun universal QR-kod va yangi soliq tartibi joriy etiladi

Ma’lum qilinishicha, hozirda O‘zbekistonda 40 dan ziyod elektron to‘lov tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. 1-noyabrdan esa t…
14:29 / 20.08.2025
UFC vazn toifasidan qat’iy nazar eng kuchli jangchilar(P4P) ro‘yxatini e’lon qildi

UFC vazn toifasidan qat’iy nazar eng kuchli jangchilar(P4P) ro‘yxatini e’lon qildi

Hamzat Chimayev eng ko‘p yuqorilashga muvaffaq bo‘ldi
18:47 / 21.08.2025
Samarqand va Andijonda xorijga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Samarqand va Andijonda xorijga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi(firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar…
20:53 / 21.08.2025
Tadbirkorlik subyektlari qaysi sohada ko‘proq tashkil etilmoqda?

Tadbirkorlik subyektlari qaysi sohada ko‘proq tashkil etilmoqda?

Bu borada statistika qo‘mitasining ma’lumotlari taqdim etildi
18:51 / 20.08.2025
O‘qishni ko‘chirish uchun talabgorlardan apellyatsiyalarni qabul qilish boshlandi

O‘qishni ko‘chirish uchun talabgorlardan apellyatsiyalarni qabul qilish boshlandi

Apellyatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi
22:45 / 21.08.2025
O‘tgan 6 oy ichida ishlab chiqarish va savdo aylanmasi bir necha o‘n foizga o‘sdi

O‘tgan 6 oy ichida ishlab chiqarish va savdo aylanmasi bir necha o‘n foizga o‘sdi

Bunga sabab yurtimizda qariyb 50.000 ga yaqin sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda
20:17 / 21.08.2025
Xitoyda 17 yoshli qiz o‘z ma’shuqasini qul qilib sotib yubordi

Xitoyda 17 yoshli qiz o‘z ma’shuqasini qul qilib sotib yubordi

Yigit majburan mehnat lagerida ishlatilgan va turli tan jarohatlari olgan
20:15 / 20.08.2025
Farg‘onada noqonuniy tamaki savdosining oldi olindi

Farg‘onada noqonuniy tamaki savdosining oldi olindi

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda
19:33 / 20.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!