$
12697.00 UZS
2.04
135.05 UZS
0.39
13547.70 UZS
38.99
22° Kechasi 10°

Internetda nega qo‘pol odamlar ko‘p? Xeyterlar bilan qanday kurashish kerak?

10:22 / 01.04.2020

Ijtimoiy tarmoqlarda nafratli izohlar odatiy holga aylanib qoldi. Yuzma-yuz bo‘lganda yuvosh tortib qoladigan odamlar internetda istagancha nafratini sochish imkoniga ega bo‘ladi. Ayniqsa, mashhur shaxs yoki blogerlar xeyterlardan qochib qutulolmaydi. Odamlar nega qo‘pol izohlar qoldirishadi? Ularning ta’siriga qanday tushib qolmaslik mumkin? Ushbu maqolada shular haqida gaplashamiz.

Salbiy izoh qoldiradigan kishilar asosan uch guruhga bo‘linadi:
1-guruhdagilar:
dunyoga salbiy nigoh bilan qaraydi. Har narsadan kir qidiradi. Har qanday post yoki e’londa, albatta, noto‘g‘ri narsani topadi.

2-guruhdagilar: o‘ziga nisbatan bahosi past bo‘lgan kishilar. Ular odatda boshqalarning muvaffaqiyatini ko‘rishga chidolmaydi. Omma oldida birovni haqorat qilish yoki ustidan kulish orqali o‘zining kuchli ekanini his qilmoqchi bo‘ladi.

3-guruhdagilar: shuhrat qidiruvchilar. Salbiy izoh bilan e’tiborga tushish oson. Ba’zilar ijtimoiy tarmoqda mashhur bo‘lish uchun ham boshqalardan farqli ravishda salbiy izohlar yozadi.

Xeyterlarga qanday munosabatda bo‘lish kerak?
Avvalo, izoh egasi xeytermi yoki xeytermasmi, shuni farqlab oling. Tanqid qilgan mutaxassisni xeyter hisoblamang, tag‘in. Xeyterlar, odatda, asossiz ravishda, kishining his-tuyg‘ulariga ta’sir qilish uchun izoh qoldiradi.
“Maqolangizdagi hech narsani tushunmadim” – bunda foydalanuvchi shunchaki o‘z fikrini aytmoqda, maqolada aniqlik yo‘qligini bildirmoqda. “Ahmoqlik” – buni esa xeyterning jumlasi deyish mumkin.
Xo‘sh, xeyter kimligini aniqladik. Endi u bilan qanday munosabatda bo‘lish kerakligiga aniqlik kiritamiz.

Inkor qilish. Vaziyatni yana-da chigallashtiradigan narsa – dialogga kirishish. Nafrat yoki g‘azab bilan sizning javobingizni kutib turgan foydalanuvchini to‘xtatib qolish qiyin. Xeyterlar bilan to‘g‘ri muomala qilolmaysiz, ularning o‘z qoidalari bor. Darg‘azab javoblar, kesatiqlar va nasihatlar bilan hech qanday natijaga erisholmaysiz. Xeyter kutganiday, olovga yog‘ sepishdan tiyiling. Unga jahl bilan yozgan javobingiz o‘zingizni yana-da yomonroq his qilishingizga olib keladi. Chidab turolmasangiz, javob yozing, biroq darhol yubormang. Ertani kuting, bu vaqt ichida siz uchun muhim bo‘lgan boshqa ishlarga e’tiboringizni qarating. Keyin esa hissiyotga berilib yozganlaringizni o‘chirib tashlang.

Bloklash. Bu sizni zaif ko‘rsatishi mumkin, ammo asablaringizni asrang, xotirjamlikni eng muhimi deb biling. Qo‘pol izohlar yoqmasa, bu sizni charchatsa, uning egasini bloklash qiyin emas.

Xursand bo‘ling. Xeyterlaringiz paydo bo‘ldimi – demak, ko‘pchilikning nazariga tushib bo‘lgansiz. Bor-yo‘qligi sezilmaydigan odamgina birovning reaksiyasiga uchramaydi. Mashhur kishilarning postlari ostida salbiy izohlar, albatta, bo‘ladi. Salbiy hislarga sho‘ng‘ish o‘rniga siz uchun muhim bo‘lgan ishlarni qilishda davom eting.

Qonunga murojaat qiling. Ruhiyatingizga salbiy ta’siri kuchli bo‘lgan odamlarga be’etibor bo‘lmang. Sha’ningizni, hurmatingizni to‘kuvchi izoh egalarini qonuniy javobgarlikka tortish ham mumkin. Qilmishiga yarasha jazo olgach, internet har qanday ishni qo‘rqmasdan qilsa bo‘ladigan joy emasligini tushunib yetadi.

O‘zingiz xeyter bo‘lsangiz…
Kimningdir posti ostida qo‘pol izoh qoldirishdan o‘zingizni tiyolmasangiz, o‘ylab ko‘ring: nega bu odam sizni asabiylashtiryapti? Balki unga nisbatan hasad va o‘zingizga nisbatan qoniqmaslik his qilayotgandirsiz? Qilmishingiz bilan boshqalarni ko‘nglini og‘ritishingiz, atrofdagilarga esa zaif va o‘ziga ishonmaydigan kishi bo‘lib ko‘rinishingiz mumkin. Xarakteringizning tuzatish mumkin bo‘lgan jihatlarini o‘zgartiring, vaqt o‘tib kimgadir qo‘pol yozish istagi ham yo‘qoladi.

Sarvinoz Omonova tayyorladi


Bu ham qiziq

Prezident Tojikiston Bosh vazirini qabul qildi

Prezident Tojikiston Bosh vazirini qabul qildi

Unda O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari muhokama qilingan.
14:25 / 19.04.2024
Apple Xitoyda App Store do‘konidan WhatsApp va Threads ilovalarini o‘chirib tashladi

Apple Xitoyda App Store do‘konidan WhatsApp va Threads ilovalarini o‘chirib tashladi

Meta korporatsiyasining Facebook, Instagram va Messenger kabi boshqa mahsulotlarini hozircha yuklab olish imkoniyati bor.
13:54 / 19.04.2024
“O‘zbekkonsert” Lola bilan suhbat o‘tkazdi

“O‘zbekkonsert” Lola bilan suhbat o‘tkazdi

Lola Yuldasheva bilan uning kiyinish madaniyati bo‘yicha olib borilgan suhbat yuzasidan tarqalgan videoga munosabat bildirdi.
11:37 / 20.04.2024
Mirziyoyev Eron bilan mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Mirziyoyev Eron bilan mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Qonun milliy qonun hujjatlari ma’lumotlar bazasi Lex.uz saytida e’lon qilindi.
21:43 / 19.04.2024
Ukrainada onlayn kazinolar cheklandi

Ukrainada onlayn kazinolar cheklandi

Shuningdek, APU bosh qo‘mondoni harbiy xizmatchilarga onlayn kazinolar va boshqa o‘yinlarga kirishni taqiqlagan.
16:13 / 20.04.2024
Doimiy manipulyatsiyaning salbiy tomonlari

Doimiy manipulyatsiyaning salbiy tomonlari

Manipulyatsiya jabrlanuvchi uchun xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
13:59 / 19.04.2024
Qirg‘iziston TIV fuqarolarini Isroil, Eron, Livan, Suriya, Iroq va Falastin hududlariga borishdan tiyilishga chaqirdi

Qirg‘iziston TIV fuqarolarini Isroil, Eron, Livan, Suriya, Iroq va Falastin hududlariga borishdan tiyilishga chaqirdi

Shuningdek, vazirlik elchixonalarining favqulodda telefon raqamlari mavjud bo‘lib, ular orqali mintaqadagi Qirg‘iziston fuqa…
15:08 / 19.04.2024
Jahonda mudofaa xarajatlari rekord darajada oshdi

Jahonda mudofaa xarajatlari rekord darajada oshdi

Bu haqda Amerikaning Forecast International mudofaa texnologiyalari konsalting kompaniyasi hisobotida keltirib o‘tilgan.
15:28 / 20.04.2024
Qaysi zararli odatlar saratonga olib kelishi mumkin?

Qaysi zararli odatlar saratonga olib kelishi mumkin?

Saratonning eng keng tarqalgan turlari ko‘krak bezi, o‘pka, yo‘g‘on va to‘g‘ri ichak va prostata bezi saratonidir.
15:51 / 20.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!