$
11838.92 UZS
-64.23
₽
147.05 UZS
0.3
€
13248.94 UZS
-80.21
31° Kechasi 18°

Kun tarixi: 14-aprel “Titanik” aysbergga urilgan kun. Kema halokatida aybdor kim edi?

11:05 / 14.04.2020

“Titanik” Buyuk Britaniyaning “White Star Line” kompaniyasi mahsuloti bo‘lib, o‘zining qurilish jarayonida dunyoning eng yirik kemasi hisoblanadi. Ushbu sayohatchi kema birinchi 1912-yilning 14-aprelidagi safari vaqtida Shimoliy Atlantika okeanida aysbergga urilib, 2 soat-u 40 daqiqada suv qariga cho‘kib ketgan. Kema cho‘kishida kim aybdor? Halok bo‘lganlar va qutqarilganlar soni qancha? Uni qutqarib qolish imkoni bormidi?

Halokat qanday sodir bo‘lgan?
14-aprel kuni “Titanik” Shimoliy Atlantikani kesib o‘tgan turli kemalardan 7 ta muz (aysberg) haqida ogohlantirish oladi, ammo shunga qaramasdan layner deyarli maksimal tezlikda harakatlanishni davom ettiradi. Muz tog‘i kema yo‘lida paydo bo‘lganida esa, jamoaning harakatlariga qaramasdan, “Titanik” tezlikni o‘zgartira olmadi. Shunda laynerning o‘ng tomoni aysbergning suv ostidagi qismiga tegadi. Kemaning suv osti qismida bir nechta teshiklar paydo bo‘ladi. 90 metrdan ortiq tashqi qismi shikastlangan, 16 ta qismga bo‘lingan korpusdan 5 tasi jiddiy zarar ko‘radi va kema asta-sekin cho‘ka boshlaydi.

Yarim tundan keyin kapitan Edvard Smit evakuatsiyani boshlash, halokat haqida radioefir orqali signal yuborish va atrofdagi kemalarning e’tiborini jalb qilish uchun signal raketalarini uchirish haqida buyruq beradi. Evakuatsiya yomon tashkil etilgan bo‘lib, layner jamoasi favqulodda vaziyatlarga tayyor emas edi. Qutqaruv kemalari bortdagi odamlar uchun yetarli bo‘lmagan.

Cho‘kayotgan laynerdan 712 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zosi qutqarib qolingan. Ko‘pgina odamlar gipotermiya (tana haroratining odatdagidan pasayishi) tufayli hayotdan ko‘z yumadi, chunki okean suvining harorati -2 daraja, sho‘rlanish esa 35 darajani tashkil etar edi. “Titanik to‘liq suvga cho‘kkanidan bir yarim soat o‘tgach, “Karpatiya” (Kарпатия)  kemasi fojia yuz bergan joyga yetib kelib, omon qolganlarni qutqarib oladi.

Halokat keng jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘ladi. Kema halokatidan keyin 1914-yilda “dengizdagi hayot xavfsizligi” bo‘yicha xalqaro konvensiya qabul qilingan.

Layner halokatiga oid qiziqarli ma’lumotlar
• Kema to‘qnashgan aysberg ikki ming yillik tarixga ega edi.

• Kemadagi mexaniklardan hech biri omon qolmagan. Ularning barchasi yo‘lovchilarni qutqarilib, omon qolishi uchun so‘nggi daqiqalargacha bug‘ mashinalarining faoliyatini ta’minlab turgan.
• Kemaning to‘rtta bo‘linmasi suv bilan to‘lganida ham cho‘kmay qolishi aniq edi. Afsuski, kemaning oltita bo‘linmasi suvga to‘lgandi.
• “Titanik”dan boshqa hech bir layner aysberg sababli halok bo‘lmagan.
• Kuzatuvchilar aysbergni ko‘rib, yo‘nalishni o‘zgartirish buyrug‘i berilguniga qadar 30 soniya vaqt ketadi. Bu kechikish bo‘lmaganida kema to‘qnashuvdan qutulib qolishi mumkin edi.
• Laynerning cho‘kishi davomida musiqachilar to‘xtamay bir necha soat musiqa chalib turgan. Ularning barchasi halok bo‘lgan.

Bortda 1316 nafar oddiy yo‘lovchi, 908 nafar ekipaj a’zosi, jami bo‘lib 2224 nafar insonlar bo’lgan. Ulardan 712 nafari voqea joyida qutqarilgan. Ushbu kema halokati butun dunyoning shov-shuvli xabariga aylanib ulgurgani sababli, kema haqida bir necha hujjatli filmlar suratga olingan.

Guljahon Sanjarbekova tayyorladi


Bu ham qiziq

21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:34 / 21.10.2026
Asal qaysi dardlarga davo ekanligini bilarmidingiz?

Asal qaysi dardlarga davo ekanligini bilarmidingiz?

Asal nafaqat shirinligi, balki foydali xususiyatlari bilan ham qadrlanadi. Uning tarkibida antioksidantlar va organizm uchun…
08:29 / 23.10.2026
Andijonda “prava”si bo‘lmagan 20 yoshli yigit Labo bilan ag‘darilib ketdi.

Andijonda “prava”si bo‘lmagan 20 yoshli yigit Labo bilan ag‘darilib ketdi.

Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan Labo haydovchisi boshqaruvni yo‘qoti…
15:55 / 21.10.2026
O‘zbek alifbosidagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi

O‘zbek alifbosidagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni…
15:06 / 21.10.2026
Tramp ma’muriyati 300 mingdan ortiq vizani bekor qildi

Tramp ma’muriyati 300 mingdan ortiq vizani bekor qildi

AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati 2025-yil yanvarida boshlangan ikkinchi prezidentlik muddati davomida 300 mingdan or…
09:23 / 21.10.2026
FIFA U-20 Jahon chempionati sanalari e’lon qilindi

FIFA U-20 Jahon chempionati sanalari e’lon qilindi

2027 yilda O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tkaziladigan FIFA U-20 Jahon chempionati 17-sentabrdan 9-oktabrgacha davom etadi. B…
23:44 / 22.10.2026
Ziroat Mirziyoyeva global sog‘liqni saqlashga qo‘shgan hissasi uchun nufuzli mukofotga sazovor bo‘ldi

Ziroat Mirziyoyeva global sog‘liqni saqlashga qo‘shgan hissasi uchun nufuzli mukofotga sazovor bo‘ldi

Mukofot 2019-yilda ta’sis etilgan. U aholi salomatligini muhofaza qilish sohasida aniq natijalar bergan alohida yetakchilik …
10:57 / 22.10.2026
Ziroat Mirziyoyeva Samarqanddagi sammitda nutq so‘zladi

Ziroat Mirziyoyeva Samarqanddagi sammitda nutq so‘zladi

Samarqandda “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Jahon sammiti …
09:09 / 22.10.2026
Saida Mirziyoyeva Ashxoboddagi “ONA. Ona tabiat” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva Ashxoboddagi “ONA. Ona tabiat” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Ashxobodda tashkil etilgan “ONA. Ona tabiat” ko‘rgazmasi menda juda iliq taassurot qoldirdi.
09:19 / 22.10.2026
Ziroat Mirziyoyeva rahbarligidagi Global tarmoq bolalar salomatligi uchun dunyo Birinchi xonimlarini birlashtiradi

Ziroat Mirziyoyeva rahbarligidagi Global tarmoq bolalar salomatligi uchun dunyo Birinchi xonimlarini birlashtiradi

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva tarmoq…
14:49 / 24.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!