$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
25° Kechasi 14°

Davlat boji miqdori kamaytirildi. Viloyat NNT uchun 2 baravaridan 1 baravarigacha pasaytiriladi

14:19 / 05.10.2019

Prezidentning joriy yil 4-oktabrdagi qarori bilan, 2020-yil 1-yanvardan boshlab NNTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji stavkalari pasaytiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi yozmoqda.

Respublika, viloyatlararo nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT)ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun undiriladigan davlat boji stavkalari bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan 3 baravarigacha, viloyat NNT uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan 1 baravarigacha pasaytiriladi.

Faoliyatini tuman (shahar), shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan NNT davlat ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat boji stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida belgilanadi.

NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtma shaklidagi mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahar byudjeti, shuningdek, tuman va shaharlar byudjetlarining xarajatlariga qo‘shiladi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Adliya vazirligi nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini yuritish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga ko‘maklashuvchi mas’ul organ hisoblanadi.

Eslatib oʻtamiz, 2019-yil 1-sentyabrdan boshlab bazaviy hisoblash miqdori 223 000 soʻm etib belgilangandi.


Bu ham qiziq

Gormonlar buzilishi nimalarga sabab bo‘ladi?

Gormonlar buzilishi nimalarga sabab bo‘ladi?

Charchoq, vazn o‘zgarishi va boshqa alomatlar kuzatilsa, ginekolog-endokrinolog bilan uchrashish tavsiya etiladi.
14:27 / 18.05.2024
Umurtqa pog‘onasini qiyshaytiruvchi odatlar

Umurtqa pog‘onasini qiyshaytiruvchi odatlar

“Cosmopolitan” nashri kundalik turmushimizdagi qanday odatlar umurtqa zararlanishiga olib kelishiga to‘xtaldi.
15:46 / 17.05.2024
Isroil G‘azodagi qochqinlar lageriga qator zarbalar berdi

Isroil G‘azodagi qochqinlar lageriga qator zarbalar berdi

Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari natijasida kamida 14 nafar falastinlik halok bo‘ldi.
11:06 / 17.05.2024
Isroil havo kuchlari Livan janubiga hujum qildi

Isroil havo kuchlari Livan janubiga hujum qildi

Hujum qirg‘oqdagi avtomobil va binoga urilgan.
14:47 / 17.05.2024
O‘zbekistonda  Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi

O‘zbekistonda  Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi

Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma’lum qildi.
13:14 / 18.05.2024
Ijtimoiy tarmoqlarning salomatlikka foydasini oshirishga doir maslahatlar

Ijtimoiy tarmoqlarning salomatlikka foydasini oshirishga doir maslahatlar

Yana 45 foiz foydalanuvchi esa ijtimoiy tarmoqlar ham foydali, ham zararli deb javob bergan.
15:53 / 17.05.2024
Mirziyoyev To‘qayevni tavallud kuni bilan tabrikladi

Mirziyoyev To‘qayevni tavallud kuni bilan tabrikladi

17-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘…
10:35 / 17.05.2024
Surunkali holsizlikka nima sabab bo‘lishi mumkin?

Surunkali holsizlikka nima sabab bo‘lishi mumkin?

Kun boshlanishidayoq charchoqni his qilish sababi nimadaligi va bunday holatda nima qilinishi kerakligiga to‘xtalamiz.
14:58 / 17.05.2024
Telegram messenjerida yana virus tarqalmoqda

Telegram messenjerida yana virus tarqalmoqda

Bu haqda ogohlantirish bilan chiqdi.
13:18 / 17.05.2024
KXDR Yaponiya dengiziga raketa uchirdi

KXDR Yaponiya dengiziga raketa uchirdi

“KXDR Yaponiya dengiziga qarshi ballistik raketani uchirdi”, – degan Janubiy Koreya shtab boshliqlari qo‘shma qo‘mitasi.
12:12 / 17.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!