$
12145.65 UZS
3.71
164.33 UZS
1.7
14268.71 UZS
-21.14
31° Kechasi 18°

Uyda shug‘ullanish mumkin bo‘lgan eng yaxshi ishlar

02:30 / 15.12.2014

Hozirda shunday ishlar ham borki, bu ishlar bilan shug‘ullanish uchun har kuni ishxonaga borishning keragi yo‘q. Faqat bu yumushlarning qaysi biri bilan shug‘ullanishni tanlashingiz va malakaga ega bo‘lishingiz kifoya. Quyida uyda o‘tirib ham daromad topish mumkin bo‘lgan eng yaxshi ishlar ro‘yxati bilan tanishasiz.

Veb-dasturchi

Vazifasi: kompaniyalar saytlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash 

Malakasi: HTML, CSS, JavaScript, ASPx, PHP, SOAP, C# va boshqa dasturlarni bilish 

Daromad miqdori: oyiga 2000 dollardan boshlab

Nimasi yaxshi: bu ish hech qachon o‘lmaydi. Inson faoliyatining deyarli barcha jabhalari hozirda onlaynga ko‘chmoqda (yoki ko‘chib bo‘ldi). Mavjud loyihalarning to‘g‘ri ishlashini kuzatish va yangilarini yaratish qiziqarli ish. Aynan veb-dasturlashda daromad eng yuqori hisoblanadi. 

Tarjimon

Vazifasi: tarjima qilish 

Malakasi: bir-ikkita xorijiy tilni yaxshi bilish 

Daromad miqdori: oyiga 1200 dollardan boshlab

Nimasi yaxshi: tarjimonlik butun umr bag‘ishlanadigan kasblardan biri. Tilni birdaniga va bir umrga o‘rganib olish osonmas. Doimo takrorlash, mashq qilish, chet tili bilan shug‘ullanish talab etiladi. Chet tilini yaxshi biladiganlar daromad borasida ham, ish joyi haqida ham xavotirlanmasalar bo‘ladi: mohir tarjimonga hamisha ish tayin. 

Yozuvchi

Vazifasi: yozish

Talab: o‘z davrining aqlli, halol, vijdonli va iste'dodli insoni bo‘lish 

Daromad miqdori: o‘ziga bog‘liq

Nimasi yaxshi: bu sohada ish topish oson. Jurnalistika, xorij manbalarida chop etilgan materiallarni o‘girish, asarlar yozish – bularning bari yaxshigina daromad keltirishi mumkin. Asosiysi, bema'ni narsalarga chalg‘imaslik va behuda narsalarni yozmaslik. 

Illyustrator

Vazifasi: bir nechta uslubda surat chiza olish  

Malakasi: san'at maktabi, go‘zallikni his qila olish 

Daromad miqdori: oyiga 1400 dollardan boshlab

Nimasi yaxshi: doimo o‘zligini izlash. Illyustratsiya shunchaki pul topish emas, balki hayotning bir qismi, hayot mazmunidir. Bu ish bilan Xudo ilhom bergan insonlar shug‘ullana olishadi.  

Dizayner

Vazifasi: buyurtmachining ko‘ngliga yoqadigan qilib ish bajarish

Malakasi: bir nechta grafika dasturlarini bilish 

Daromad miqdori: oyiga 1400 dollardan boshlab

Nimasi yaxshi: qo‘llaniladigan sohalari ko‘pligi. Hozirgi kunda dizayner faqatgina fotoshopda ishlash bilan cheklanib qolmasligi lozim. Ushbu sohada raqobat shu darajada kuchliki, sahifalashdan tortib mijoz bilan muomalani ham yaxshi o‘zlashtirish darkor. Aynan mana shu narsa daromad miqdorini belgilab beradi. Professional dizayner hattoki o‘z shaxsiy studiyasini ham ochishga qodir bo‘ladi. 


Bu ham qiziq

Saida Mirziyoyeva Ikkinchi jahon urushi xotirasi haqida fikr bildirdi

Saida Mirziyoyeva Ikkinchi jahon urushi xotirasi haqida fikr bildirdi

Xotira va qadrlash kunida biz tariximizning eng fojiali, shu bilan birga qahramonona sahifalaridan birini yodga olamiz.
13:23 / 09.05.2026
O‘zbekistonda 175 mln so‘mdan yuqori pul o‘tkazmalar ustidan nazorat kuchaytiriladi

O‘zbekistonda 175 mln so‘mdan yuqori pul o‘tkazmalar ustidan nazorat kuchaytiriladi

O‘zbekistonda bank tizimi orqali amalga oshiriladigan yirik pul o‘tkazmalar bo‘yicha monitoring kuchaytirilmoqda.
15:07 / 12.05.2026
Denovdagi kurash musobaqasida polvon pichoqlab o‘ldirildi

Denovdagi kurash musobaqasida polvon pichoqlab o‘ldirildi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida o‘tkazilgan milliy kurash musobaqasi vaqtida taniqli polvon Nizomiddin Cho‘tboyev pichoq…
10:33 / 12.05.2026
Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Bundan tashqari, LPR ta’lim va fan vazirining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Shevchenkoga nisbatan sanksiyalar qo‘llanildi.
14:48 / 11.05.2026
Oziq-ovqat mahsulotlari narxi ketma-ket uch oy oshdi

Oziq-ovqat mahsulotlari narxi ketma-ket uch oy oshdi

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari narxi ketma-ket …
19:05 / 09.05.2026
13-may kungi ob-havo ma’lumoti

13-may kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:23 / 12.05.2026
Buxoroda 12 ming dollar pora olgan hokim o‘rinbosari ushlandi

Buxoroda 12 ming dollar pora olgan hokim o‘rinbosari ushlandi

Buxoro viloyati Kogon tumani hokimi o‘rinbosari 12 ming AQSh dollari miqdorida pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
11:06 / 12.05.2026
O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik kodeksi yangilanadi

O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik kodeksi yangilanadi

O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangi tahrirda ishlab chiqiladi.
09:41 / 10.05.2026
Davlat xizmatlarida ortiqcha qog‘ozbozlik qisqartiriladi

Davlat xizmatlarida ortiqcha qog‘ozbozlik qisqartiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatlarini yanada soddalashtirish va byurokratiyani kamaytirish bo‘yicha taqdimot bila…
16:31 / 12.05.2026
FVV qutqaruvchilari Surxondaryo tog‘larida adashib qolgan fuqarolarga yordam ko‘rsatdi

FVV qutqaruvchilari Surxondaryo tog‘larida adashib qolgan fuqarolarga yordam ko‘rsatdi

FVV qutqaruvchilari Vaxshivor tog‘larida adashib qolgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatdi
17:01 / 11.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!