$
12520.78 UZS
83.63
153.70 UZS
0.36
14634.29 UZS
153.72
31° Kechasi 19°

Kun tarixi: Vaqtni boshqarish tizimini ishlab chiqqan, yashinqaytargichni ixtiro qilgan Benjamin Franklin vafotiga 230 yil to’ldi

10:15 / 17.04.2020

Amerikalik siyosatchi, diplomat, polimmat (juda ko’p qiziqishlarlarga ega bo’lgan shaxs), ixtirochi, yozuvchi, jurnalist, noshir, mason Benjamin Franklin 1706-yil Bostonda tavallud topgan. 1790-yilning 17-aprelida AQShning Pensilvaniya shtatida vafot etgan. Quyida AQSh mustaqilligi urushi yetakchilaridan biri bo‘lgan, AQShning 3 ta tarixiy hujjatiga imzo qo‘ygan Benjamin Franklin haqida qiziqarli ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz.

Qiziqarli ma’lumotlar

• Ko‘pchilik Benjamin Franklinni AQSh prezidenti bo‘lgan deb o‘ylashadi. Aslida esa unday bo‘lmagan. U Pensilvaniya shtatining gubernatori, AQShning Fransiya va Shvetsiyadagi birinchi elchisi va AQShning birinchi general postmaster lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

• Benjamin Franklin sovun va sham ishlab chiqaradigan hunarmand oilasida 17 nafar farzandning eng kenjasi bo‘lib dunyoga kelgan.

• Franklin o‘zi mustaqil tahsil olgan. Uning otasi farzandi maktabda o‘qishini juda xohlar edi, ammo pullari uni faqat ikki yil maktabda o‘qitishga yetardi, xolos.

• U 5 ta tilda suhbatlasha olgan: ingliz, fransuz, lotin, italyan va ispan. Bu tillarni Benjamin mustaqil ravishda o‘rgangan va doimo o‘rgangan tillarini rivojlantirish yo‘llarini izlab topgan.

• Benjamin 12 yoshidan akasining bosmaxonasida shogird sifatida ishlay boshlagan. Keyinchalik ham ancha yillar davomida matbuot uning asosiy biznesi va mutaxassisligi hisoblangan.

• Ben akasi bilan birga ishlayotgan paytida “New England Courant” nomli gazetaga yozishni boshlash istagi haqida akasiga ma’lum qiladi. Rad javobini olgach esa, Silense Dogud ismli shaxsni o‘ylab topadi va uning nomidan xatlar yozishni boshlaydi. Miss Dogudning mashhurligi kundan-kunga ortib boradi va unga muxlislar tomonidan turmush qurish takliflari kela boshlagan paytda Franklin buni barchasini to‘xtatish kerakligini anglab yetadi.

• U “Time is money” “Vaqt – pul”, degan aforizmning muallifi hisoblanadi.

• Benjamin Franklin Amerika Qo‘shma Shtatlarining mustaqil davlat sifatida shakllanishiga asos bo‘ladigan eng muhim tarixiy hujjatlarni – AQSh mustaqilligi deklaratsiyasi, AQSh Konstitutsiyasi va 1783-yildagi Versal tinchlik shartnomasini imzolagan yagona shaxsdir. Shuningdek, u Amerika Konstitutsiyasi mualliflaridan biri hisoblanadi.

• U o‘zining “vaqtni boshqarish” tizimini ishlab chiqqan. Shuningdek, bifokal ko‘zoynaklar va orom-kursini ixtiro qilgan shaxs hisoblanadi. Eng buyuk ixtirolardan biri: yashinqaytargichni ham Benjamin Franklin o‘ylab topgan. U 1746-yilda tasodifan doktor Spensning “fizika xonasi mo‘jizalari” seansiga boradi va u yerda ilk bor elektr mashinasi bilan tanishib, elektr tajribalariga qiziqib qoladi.

• U 1790-yil 17-aprelda 84 yoshida vafot etadi. Buyuk davlat arbobining Filadelfiyadagi dafn marosimida o‘sha paytdagi 33 000 aholining 20 000 nafari qatnashadi. Xalq 30 kun motam tutadi.

Fikr va aforizmlari...

• O‘ylaymanki, fikrlar haqida ularning ta’siri va natijasiga qarab hukm chiqarmoq kerak.

• Ma’naviyatdan mаhrum siyosatda qonunlar nima ham qila olardi?

• Hamma bilan xushmuomаla, ko‘pchilik bilan dilkash, ayrimlar bilan esa betakalluf bo‘l.

• Dangasаlik zаngga o‘xshaydi. Narsalar ko‘p ishlash oqibаtida emas, zangdan tezroq yemiriladi.

• Agаr sen aql-zakovаtga quloq tutmasang, u, albatta, qasos oladi.

• Ishlаtiladigan kalit doimo yaltirab turadi.

• Biz uchun tаbiat o‘z qonunlarini qаnday qilib amalga oshirishini emas, balki shu qonunlarning o‘zini bilish muhimdir. Ya’ni, havoga irg‘itilgan chinni idishning yerga tushib sinishini bilish foydali. Lekin: “U qanday qilib yerga tushadi va nima uchun sinadi?”, – degan savol ahmoqonadir. Albаtta, bu savolga javob topish yoqimli. Ammo biz shusiz hаm chinni idishni butun sаqlab qola olamiz-ku!

Guljahon Sanjarbekova tayyorladi


Bu ham qiziq

Sumi shahrida portlash sodir bo‘ldi

Sumi shahrida portlash sodir bo‘ldi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Portlash Ukrainaning Sumi shahrida havo hujumi sirenasi ostida sodir bo‘lgan.
17:08 / 07.09.2025
Surxondaryoda oziq-ovqat do‘koni yonib ketdi

Surxondaryoda oziq-ovqat do‘koni yonib ketdi

Voqea joyiga soat 18:28 da yetib borgan 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji tomonidan yong‘in o‘rab olingan va 18:50 larda yong‘in…
15:56 / 06.09.2025
Isroil armiyasi G‘azodan ikkita raketa otilganini ma’lum qildi

Isroil armiyasi G‘azodan ikkita raketa otilganini ma’lum qildi

Isroil harbiylari G‘azodan otilgan raketani tutib olganini ma’lum qildi.
11:49 / 07.09.2025
7-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-sentyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda sham…
19:12 / 06.09.2025
Tataristondagi avtohalokatda 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Tataristondagi avtohalokatda 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Kecha, 5-sentyabr kuni Tataristonning Zainsk tumanida ayanchli avtohalokat yuz berdi va oqibatda 3 o‘zbekistonlik halok bo‘l…
20:14 / 06.09.2025
Buyuk Britaniya Bosh vaziri o‘rinbosari soliq to‘liq to‘lamaganligi uchun iste’foga chiqdi

Buyuk Britaniya Bosh vaziri o‘rinbosari soliq to‘liq to‘lamaganligi uchun iste’foga chiqdi

“Anjela Reyner ko‘chmas mulk xaridi paytida soliqni kam to‘lash bilan bog‘liq mojarodan so‘ng barcha lavozimlaridan iste’fog…
19:43 / 06.09.2025
Toshkentda mikroavtobus yonib ketdi

Toshkentda mikroavtobus yonib ketdi

Bu haqda poytaxt FVB xabar berdi.
22:23 / 06.09.2025
Narendra Modi Donald Tramp bilan ziddiyati sabab BMT bosh assambleyasiga bormaydi

Narendra Modi Donald Tramp bilan ziddiyati sabab BMT bosh assambleyasiga bormaydi

Uning o‘rniga assambleyada hindlar nomidan tashqi ishlar vaziri qatnashadi
19:35 / 07.09.2025
Bugun vodiyda gaz “zapravka”lar faoliyati tiklanadi

Bugun vodiyda gaz “zapravka”lar faoliyati tiklanadi

Farg‘ona vodiysi iste’molchilarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi “Ohangaron–Pungon” magistral gaz quvurining tog‘li hududida…
18:35 / 06.09.2025
Londondagi namoyishlarda hibsga olinganlar soni 400 dan oshdi

Londondagi namoyishlarda hibsga olinganlar soni 400 dan oshdi

Londonda Falastin tarafdorlari norozilik namoyishlarida politsiya 400 dan ortiq odamni hibsga olganini ma’lum qildi.
09:51 / 07.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!