$
11797.46 UZS
22.54
139.77 UZS
0.6
13608.37 UZS
20.11
31° Kechasi 18°

“Prava” olishda avtomaktablarda majburiy o‘qish tartibini bekor qilish taklifi bildirildi

15:34 / 23.02.2020

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga haydovchilik guvohnomasini olish uchun avtomaktablarda o‘qish majburiyligini bekor qilish haqidagi taklif joylashtirildi.

Unga ko‘ra, taklif muallifi avtomobil boshqarishga ruxsat beruvchi guvohnoma olish uchun avtomaktablarda o‘qish majburiyligini bekor qilishni taklif qiladi. 

“Avtomaktablarda o‘qitishdan maqsad nima? Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatishmi, buni mustaqil o‘qib-o‘rganish ham mumkin. Yoki avtomobil boshqarishni o‘rganishmi? Buni biror qarindosh yoki tanish yonida yurib ham o‘rganish mumkin. Hozirda maktablar o‘qitish xizmati uchun 2-3 million so‘raydi. Maqsad pul to‘lashmi, bu pulni o‘z qarindoshimizga bersak ham bo‘ladi. Baribir YHXBda imtihon topshirmagunimizcha “prava” bermaydi”, deydi taklif muallifi

Shuningdek, u IIB YXXBda imtihon topshirish uchun to‘lovlarni amalga oshirgan fuqarolardan avval nazariy, nazariy imtihondan o‘tgandan so‘ng esa amaliy imtihon olinib, imtihon topshirganlarga toifali haydovchilik guvohnomasi topshirilishi yetarli ekanligini ta’kidlaydi.

“Men avtomaktablarni qat’iy berkitish tarafdori emasman, balki avtomaktablarda o‘qishni ixtiyoriy qilib, avtomaktablarda o‘qimaganlar ham, o‘z malakalariga ishonishsa, YHXB xuzurida imtihon topshirishlariga ruxsat berilishini taklif qilaman. Bu taklifimni tegishli vakolatli organlar tasdiqlashlari jamiyatimiz ravnaqiga hissa qo‘shadi. Chunki jamiyatni taraqqiy ettiruvchi kuch – bu avtotransport sohasidir. Chunki ishlab chiqarish va savdo tizimi yaxshi bo‘lishi uchun, avvalo, transport tizimi yaxshi rivojlangan bo‘lishi talab qilinadi”, deya fikrini quvvvatlaydi taklif muallifi.


Bu ham qiziq

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026
Litva osmonida xavf: NATO qiruvchilari dronni urib tushirdi

Litva osmonida xavf: NATO qiruvchilari dronni urib tushirdi

15 sentyabr kuni NATO qiruvchi samolyotlari Litva havo hududiga kirgan dronni urib tushirdi. Bu haqda Litva Prezidenti Gitan…
11:06 / 15.09.2026
Saida Mirziyoyeva Administratsiyadagi jamoa bilan yirik loyihalarni muhokama qildi

Saida Mirziyoyeva Administratsiyadagi jamoa bilan yirik loyihalarni muhokama qildi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva jamoa bilan muhim yo‘nalishlar va yaqin istiqbolda amalga oshirilishi …
12:41 / 16.09.2026
“Amir Temur xiyoboni” metro bekatida badbo‘y hid sababi ma’lum qilindi

“Amir Temur xiyoboni” metro bekatida badbo‘y hid sababi ma’lum qilindi

Toshkentdagi “Amir Temur xiyoboni” metro bekati hududida tarqalayotgan noxush hidga shahar oqova suv tarmoqlaridagi nosozlik…
10:32 / 16.09.2026
Sindorov qatnashadigan jahon chempionligi bahsining sovrin jamg‘armasi ma’lum qilindi

Sindorov qatnashadigan jahon chempionligi bahsining sovrin jamg‘armasi ma’lum qilindi

Amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju va o‘zbekistonlik da’vogar Javohir Sindorov o‘rtasidagi jahon chempionligi bahsini…
10:35 / 15.09.2026
Eronda samolyot havoda nosozlik sabab favqulodda qo‘ndi

Eronda samolyot havoda nosozlik sabab favqulodda qo‘ndi

Eronda Sepehran Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay shinalaridan biri yoril…
15:10 / 16.09.2026
“9 soat”ning siri nimada?

“9 soat”ning siri nimada?

Seulda O‘zbekiston Prezidenti vatandoshlar bilan uchrashuvda “Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi”, ded…
09:30 / 16.09.2026
Oʻzbekiston Prezidenti Koreya Respublikasidagi vatandoshlar bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Prezidenti Koreya Respublikasidagi vatandoshlar bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat tashrifi chogʻida ushbu mamlakatda mehna…
17:32 / 15.09.2026
O‘zbekistonda “Umra” ziyorati bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

O‘zbekistonda “Umra” ziyorati bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

O‘zbekistonda fuqarolarni “Umra” ziyoratiga yuborish va’dasi bilan bog‘liq ikki noqonuniy holat fosh etildi. Bu haqda Davlat…
10:41 / 16.09.2026
Jizzaxda bolani urib yuborishiga sal qolgan Gentra haydovchisi jazolandi

Jizzaxda bolani urib yuborishiga sal qolgan Gentra haydovchisi jazolandi

Jizzax viloyati Forish tumanida Gentra haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan bolani urib yuborishiga sal qoldi. Ho…
10:00 / 16.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!