$
11765.76 UZS
-17.71
139.71 UZS
0.01
13638.87 UZS
-49.99
31° Kechasi 18°

Diniy savol-javoblarga mo‘ljallangan rasmiy sayt ishga tushdi

11:56 / 13.03.2020

Diniy mazmundagi savollarga qulay va tezkor javob berilishini ta’minlash maqsadida, interaktiv va innovatsion xizmatlarni o‘z ichiga olgan fatvo.uz sayti ishga tushirildi, deb xabar bermoqda Musulmonlar idorasi Matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, ushbu saytdan foydalanuvchilar shar’iy masalalarga oid o‘z savollarini saytning “Savol yuborish” bo‘limi orqali yo‘llashlari mumkin. Savol matniga audio, video va suratlarni ilova sifatida taqdim etish imkoniyati ham yaratilgan. 

“Berilgan savollarga fatvo sohasida yetarli bilim, tajriba va yuqori malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar qaytariladi”, deyiladi xabarda.

Saytda “Aqida”, “Poklik”, “Namoz”, “Ro‘za”, “Zakot”, “Xaj va umra”, “Nikoh”, “Taloq”, “Savdo va tijorat”, “Qasam va nazr”, “Ijara”, “Halol-harom”, “Ruhiy tarbiya” va shu kabi dolzarb ruknlar ostida javoblar e’lon qilib boriladi. Kutubxona bo‘limida diniy mazmundagi kitob va risolalar joylab boriladi. Media qismida ulamolarning diniy savollarga bergan video va audio javoblari joylashtirilgan.

Foydalanuvchilar “Izlash” tugmasi orqali o‘zlari uchun zarur bo‘lgan mavzulardagi mavjud shar’iy savol-javoblarni topib, mutolaa qilishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 10-mart kunidan e’tiboran mazkur sayt test rejimida o‘z ish faoliyatini boshladi.


Bu ham qiziq

Olmazorda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yangi ish uslubi natija bermoqda

Olmazorda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yangi ish uslubi natija bermoqda

Prezidentimiz Olmazor tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan yangi ish uslubi natijalarini ham…
09:08 / 12.09.2026
Prezident yangi O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishi bilan tanishdi

Prezident yangi O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishi bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida barpo etilayotgan yangi O‘zbekiston Milliy muzeyining qurilish jarayoni bilan…
09:12 / 12.09.2026
12 sentyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

12 sentyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari: Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sham…
18:04 / 11.09.2026
Eron xorijiy yonilg‘i tashuvchi kemalar uchun 10 foizlik yig‘imni vaqtincha bekor qildi

Eron xorijiy yonilg‘i tashuvchi kemalar uchun 10 foizlik yig‘imni vaqtincha bekor qildi

Eron neft, gaz va suyuq yonilg‘i mahsulotlarini tashuvchi xorijiy kemalardan olinadigan 10 foizlik yig‘imni vaqtincha bekor …
10:48 / 11.09.2026
Toshkentda avval sudlangan shaxs 1,1 kilogrammdan ortiq gashish bilan ushlandi

Toshkentda avval sudlangan shaxs 1,1 kilogrammdan ortiq gashish bilan ushlandi

Toshkent shahrida 1 kilogrammdan ortiq gashishni 26 ming AQSH dollariga sotishga uringan, avval ham giyohvandlik bilan bog‘l…
09:26 / 12.09.2026
Navoiy viloyatida 1,3 milliard so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Navoiy viloyatida 1,3 milliard so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda bud…
10:35 / 12.09.2026
Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘rib chiqildi

Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘rib chiqildi

Yig‘ilishda Toshkent shahrini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, kommunal va energetika infratuzilmasining barqaror ishlashini t…
09:04 / 12.09.2026
Jizzaxda yo‘lovchi avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

Jizzaxda yo‘lovchi avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida Toshkent–Termiz yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusi yuk mashinasi…
11:34 / 11.09.2026
AQSHda saylov oldidan musulmonlarga qarshi ritorika kuchaymoqda.

AQSHda saylov oldidan musulmonlarga qarshi ritorika kuchaymoqda.

AQSHda joriy yilning noyabr oyidagi oraliq saylovlar yaqinlashar ekan, ayniqsa Respublika partiyasi vakillari tomonidan musu…
16:23 / 13.09.2026
Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqin…
09:41 / 13.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!