
Bugun, 12-mart kuni Parkent ko‘chasidan Maxtumquli ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘l Maxtumquli ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘nalishi ochildi, deb xabar bermoqda “Toshshahartransxizmat”i Telegram’dagi rasmiy sahifasida.
Xabarda keltrilishicha, Maxtumquli ko‘chasidagi ko‘prik qurilish ishlariga qaramay, yo‘llar fuqarolarning ko‘p sonli iltimoslariga ko‘ra ishga tushirilgan.
“Bunda qurilish ishlari davom etadi, haydovchilardan xavfsizlik choralariga rioya qilishni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahring Parkent va Maxtumquli ko‘chalari kesishmasida qurilayotgan uch qavatli ko‘prik atrofida asfaltlash ishlari olib borilayotganligi sababli Yashnobod tumanidagi ba’zi ko‘chalar vaqtinchalik yopilgandi.
Kecha, 11-mart kuni Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Davron Hidoyatov uch qavatli ko‘prik qurilishi qachon tugashi haqida ma’lumot bergan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!