$
12831.81 UZS
-25.54
163.75 UZS
0.3
14606.45 UZS
-66.36
38° Kechasi 25°

Kun tarixi: Margaret Tetcherni nima uchun “Temir xonim” deyishadi?

11:50 / 13.10.2019

– “Bugun ayollarga o‘zlarini ko‘rsatish uchun juda keng imkoniyatlar yaratilgan: hatto ularning ayrimlari mamlakatni boshqarishyapti. Ammo yurakdan bir narsani aytishim mumkinki, bizga xanjardan ko‘ra, ayollar sumkasi ko‘proq yarashadi”.

Margaret Tetcher

Картинки по запросу Margaret Tetcher

Margaret Hilda Tetcher, baronessa Tetcher – Buyuk Britaniya tarixidagi birinchi ayol bosh vazir bo‘lgan. Bundan tashqari, u bu lavozimda Britaniya bosh vazirlari orasida eng ko‘p (11 yil) faoliyat yuritgan. Bu kuchli xonim ushbu lavozimga ketma-ket uch marta saylangan va so‘nggi muddatida o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqqan.

Margaret Hilda Tetcher – 1925-yilning 13-oktabrida tug‘ilgan. U dastlab qizlar uchun maxsus maktabda, keyinchalik Oksford Universitetida ta’lim olgan. U 1940-yillar oxiridan o‘zining siyosiy faoliyatini boshlagan. Saylovlarda bir necha bor mag‘lubiyatga uchrab, nihoyat 1959-yilgi saylovda yutib chiqadi va Britaniya parlamentining Vakillar palatasi a’zosiga aylanadi.

Похожее изображение

1970 – 1974-yillarda Tetcher mamlakat ta’lim va tarbiya vaziri lavozimida ishlaydi. Bu davr mobaynida u o‘zining qat’iyati, g‘ayrati va tashabbuskorligi bilan jamoatchilikning e’tiboriga tushadi.

Маргарет Тэтчер в исследовательской лаборатории

O‘sha davrda u Leyboristlar joriy etgan 7 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilariga bepul sut tarqatilishiga qarshi chiqqan, maorif vazirligidagi qisqartirishlar ijodkori bo‘lgan edi.
Shuning uchun Leyboristlar matbuoti uni qofiyali nom bilan atay boshlaydi: “Margaret Thatcher, milk snatcher” – “Margaret Tetcher, sut o‘g‘risi”.

1976-yildagi nutqida u Sovet Ittifoqining repressiv siyosatini tanqid qilib, ma’ruza o‘qigan. Bu ishi uchun Sovet matbuotining uni “Temir Ledi” deb atagani uning o‘ziga ham yoqib tushgan.

Политик Маргарет Тэтчер

 “Temir Ledi”ning SSSR Prezidenti Mixail Gorbachyov bilan til topisha olganidan ko‘pchilik hayratlangan.

Картинки по запросу Margaret Tetcher

 O‘shanda Margaret Tetcherning “Biz birga ishlay olamiz”, degan so‘zlari dunyoga mashhur bo‘lib ketgandi. 

U barcha narsani mukammal, o‘z o‘rniga qo‘yib bajargan. U haqiqatda “temir” edi, ammo o‘zining aytishicha, u avvalo, ayol ana undan so‘ng esa siyosatchi.

Маргарет Тэтчер за работой

Margaret Tetcher shu qadar tili o‘tkir ayol ediki, uning iboralari haligacha odamlar orasida mashhur:
 
– Qachonki, ayolning xarakteri yuzaga chiqsa, u haqida “yengiltak” degan xulosaga kelishadi. Agar shu holat erkak kishida sodir bo‘lsa, unda unga “yaxshi bola”, deb baho berishadi.

– Suhbatdoshing bilan til topishish uchun uning hamma fikriga qo‘shilishing shart emas.

– Agar yakka o‘zim qirq sakkiz nafar kishiga qarshi chiqishimga to‘g‘ri kelsa, o‘sha qirq sakkiz nafar odamga achingan bo‘lardim.
– Qoidaga ko‘ra, har qanday erkak haqida tasavvur hosil qilishim uchun menga o‘n soniya yetarli. Ana undan so‘ng, tasavvurim kamdan-kam hollardagina o‘zgaradi.

– Xo‘roz qanchalik olamga jar solib qichqirmasin, tuxumni tovuq qo‘yadi.

– Mamlakatni uning tabiiy resurslarisiz ham obod qilsa bo‘ladi. Eng muhimi, resurslarni insonlar tashkil qilsin. Davlat iste’dod sohiblariga o‘z eshigini ochsa kifoya.

– Agar haq bo‘lib chiqishimga ishonsam, sabr qilishdan charchamayman.

– Ayollar erkaklarga nisbatan “yo‘q” deyishni yaxshi bilishadi.

– To holdan toyib, charchamaguncha, ishdan to‘xtamayman, Britaniya menga ehtiyoj sezadigan bo‘lsa, hech qachon charchamayman.

– Jangda g‘alabaga erishish uchun, ba’zan ikki marotaba yengilishga to‘g‘ri kelishi mumkin.

– Iqtisodiy erkinliksiz hech qanday erkinlikka erishib bo‘lmaydi.

– Kimdir shaxsiyatimga tegadigan gap qilsa xursand bo‘laman. Demak raqibimning menga nisbatan siyosiy dalili qolmabdi.

– Hukmronlikka egaliging sening haqiqiy ayolligingdan dalolat beradi. Biroq bu haqida kimgadir gapirishing, buning yolg‘onligini ko‘rsatadi.

– Biror nizoli vaziyatni bartaraf etish uchun bitim tuzish prinsiplaringdan, maslagingdan, strategiyangdan voz kechishdir. Bu hech kim ishonmaydigan va bahslashmaydigan holatdir. 

– Har birimizda g‘alabaga bo‘lgan kuchli ishtiyoq mavjud. G‘alabaga erishish irodasi – mashqning ishi bo‘lsa, g‘alabaga erishish usuli – g‘urur, izzat-nafs masalasidir.


Nozima RAHMATOVA tayyorladi


Bu ham qiziq

Japarov Almazbek Atambayevni afv etishga tayyorligini aytdi

Japarov Almazbek Atambayevni afv etishga tayyorligini aytdi

U bu haqda “Kabar” axborot agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
15:38 / 04.06.2025
O‘zbekiston va Xitoy mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlaydi

O‘zbekiston va Xitoy mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlaydi

Tomonlar savdo, transport, logistika, sanoat, madaniyat, gumanitar va ilmiy sohalarda hamkorlikni kengaytirish yo‘llarini ba…
20:21 / 03.06.2025
5-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

5-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 5-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutl…
08:22 / 05.06.2025
Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi sanasi va manzili ma’lum bo‘ldi

Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi sanasi va manzili ma’lum bo‘ldi

Ro‘ziboyevga kim raqiblik qilishi hozircha aniq emas.
09:37 / 04.06.2025
Elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganlik holatlari fosh etildi

Elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganlik holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari…
18:47 / 03.06.2025
Toshkent metrosi Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi

Toshkent metrosi Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi

Shu munosabat bilan bayram kunlari poyezdlar qatnovi hamda metro ish vaqti quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
14:17 / 05.06.2025
Rim papasi Putinni Ukrainada tinchlikka chaqirdi

Rim papasi Putinni Ukrainada tinchlikka chaqirdi

Vatikan 4-iyun kuni Rim papasi Lev XIV va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tganini…
13:07 / 05.06.2025
Mask Trampni tanqid qildi

Mask Trampni tanqid qildi

“Kechirasizlar, lekin men boshqa chiday olmayman. Ushbu ulkan va g‘azabni keltiruvchi xarajatlar haqidagi qonun loyihasi jir…
14:33 / 04.06.2025
Janubiy Koreyaga yangi prezident saylandi

Janubiy Koreyaga yangi prezident saylandi

Saylovlarda birlashgan demokratik partiyadan nomzod Li Chje Myon g‘alaba qozondi.
08:16 / 04.06.2025
AQSh Rossiyaning Ukrainaga keskin javobini kutmoqda

AQSh Rossiyaning Ukrainaga keskin javobini kutmoqda

Bir necha kun avval Ukraina Rossiya harbiy aerodromlariga “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasini doirasida keng ko‘lamli hujumlar…
15:56 / 03.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!