$
12708.86 UZS
21.16
140.54 UZS
0.51
13817.07 UZS
26.81
25° Kechasi 16°

Rasmiy munosabat: Surxondaryo hokimi “deputatlik ishi”ga aralashmagan

12:47 / 04.12.2019

Surxondaryo viloyati hokimligi viloyat hokimi To‘ra Bobolovning deputatlikka nomzodini qo‘ygan Xursand Ko‘chayevani nomzodlar ro‘yxatidan o‘chirganligini to‘g‘risidagi xabarni rad etdi. 

Viloyat hokimligi matbuot xizmati Surxondaryo viloyati hokimligi 4-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahrida yashovchi fuqaro Ko‘chayeva Xursand Rustamovna tomonidan hokimlik uning nomzodini deputatlikka nomzodlar ro‘yxatidan o‘chirganligi to‘g‘risida joylashtirilgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi.

Yangi qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga ko‘ra, endilikda faqat siyosiy partiyalargina Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzod ko‘rsatish huquqiga ega.

Mahalliy hokimliklar saylovga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonida faqat tashkiliy jihatdan ko‘maklashadi xolos. 

Shu nuqtai nazardan, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatligiga nomzodlar to‘g‘risida ma’lumot so‘ramagan, nomzod ko‘rsatish jarayoniga umuman aralashmagan.

Ushbuni inobatga olib, Surxondaryo viloyati hokimligi To‘ra Bobolovning Xursand Ko‘chayeva nomzodini deputatlikka nomzodlar ro‘yxatidan o‘chirganligi to‘g‘risidagi xabarni rad etadi. Hokimlik saylovga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida Saylov kodeksida nazarda tutilgan tamoyillarga amal qilmoqda. 


Bu ham qiziq

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi

Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.
16:16 / 21.05.2024
Markaziy vokzaldagi ayrim reyslar janubiy vokzalga ko‘chirildi

Markaziy vokzaldagi ayrim reyslar janubiy vokzalga ko‘chirildi

Bu haqda, "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ matbuot xizmati xabar qilgan.
19:34 / 21.05.2024
Isroil Eron prezidenti Raisiyning o‘limiga aloqador emas - Isroil rasmiysi

Isroil Eron prezidenti Raisiyning o‘limiga aloqador emas - Isroil rasmiysi

“Bu biz emas edik”, - deya agentlik noma’lum qolishni istagan mansabdor shaxsning so‘zlarini keltirgan.
14:14 / 20.05.2024
Qozog‘istonda fuqarolikka qabul qilishni rad etish uchun yangi asoslar joriy etildi

Qozog‘istonda fuqarolikka qabul qilishni rad etish uchun yangi asoslar joriy etildi

Boshlang‘ich daraja fan va oliy ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
09:55 / 21.05.2024
“Zelenskiyning vakolat muddati tugashi mojaroga ta’sir qilmaydi” – Peskov

“Zelenskiyning vakolat muddati tugashi mojaroga ta’sir qilmaydi” – Peskov

“Bu haqda Rossiya federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov 20-may, dushanba kuni jurnalistlarga ma’lum qil…
17:44 / 20.05.2024
Oltin orqali rentgen apparatining ishlash aniqligini yaxshilashi mumkin

Oltin orqali rentgen apparatining ishlash aniqligini yaxshilashi mumkin

Qolaversa, oltin qo‘llanilganida rentgen suratlarini olish jarayoni yana-da tezlashgan.
11:50 / 20.05.2024
O‘zbekiston 4 oyda qancha mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan?

O‘zbekiston 4 oyda qancha mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan?

Eksport 8,5 mlrdni tashkil etmoqda.
17:42 / 21.05.2024
Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda.
10:55 / 21.05.2024
“Blue Origin” sayyohlarni kosmosga jo‘natishni davom ettirmoqda

“Blue Origin” sayyohlarni kosmosga jo‘natishni davom ettirmoqda

Xabar qilinishicha, Nyu-Shepardning kapsulali raketasi Texasning Gʻarbiy qismidagi maydonchadan uchirilgan.
15:56 / 20.05.2024
Mirziyoyev Eron Oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xomaneiyga hamdardlik bildirdi

Mirziyoyev Eron Oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xomaneiyga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron shimolida yuz bergan fojia oqibatida Eron Islom Respublikasi Pre…
12:06 / 20.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!