Bugun, 29-mart kuni koronavirus kasalligi bilan kasallangan bemorlarning yetti nafari butunlay sog‘aydi. Ular shifoxonadan chiqarilib, reabilitatsiya markaziga o‘tkazilgan.
Ular Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov va boshqa mas’ullar tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya tibbiyot markaziga kuzatib qo‘yildi. Kasallikdan xalos bo‘lgan fuqarolarimiz ma’lum muddat shu yerda karantinda bo‘lishadi.
“Xastalikdan forig‘ bo‘lgan bemorlarimizning ham quvonchi cheksiz. Ular Prezidentimizga, fidoyi shifokorlarimiz, shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda yordam berayotgan barcha insonlarga chuqur minnatdorlik bildirishmoqda, duo qilishmoqda. Ushbu quvonch ko‘z yoshlari ayni paytda infeksiya tarqalib ketishining oldini olishda kecha-yu kunduz tinmay mehnat qilayotgan barcha insonlar faoliyatiga munosib baho, munosib ehtiromdir”, deyiladi SSV xabarida.
Shuningdek, SSVning qayd etishicha, O‘zbekiston hukumati yaqin kunlarda 300 mingta ekspress-test hamda 500 ta sun’iy nafas oldirish apparatlarini xarid qiladi va bu ko‘rilayotgan choralar shifokorlar faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Bu esa ayni paytda koronavirus infeksiyasi bilan xastalangan bemorlarning sog‘ayib ketishlarida muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!