$
11765.76 UZS
-17.71
139.71 UZS
0.01
13638.87 UZS
-49.99
31° Kechasi 18°

“Tez yordam”ga yo‘l bermaganlik uchun jarimani oshirishdan oldin yo‘llarni shu talabga moslashtirish zarurligi aytildi

19:05 / 09.03.2020

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ko‘rib chiqilmoqda.

Loyihada tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalariga yo‘l bermaganlik uchun ma’muriy javobgarlikka oid yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish maqsadida tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalariga to‘siqsiz o‘tib ketishi uchun yo‘l bergan transport vositalari haydovchilarini javobgarlikdan ozod qilish bo‘yicha qoida kiritish taklif etilgan.

Bu haqida Parlamentning quyi palatasining rasmiy veb sahifasida ma’lum qilindi

Xabarda haydovchilarni ijtimoiy mas’uliyat nuqtai nazaridan yo‘l qoidasini buzganlik uchun javobgarlikdan ozod etish adolat prinsiplariga mos ish, deyish mumkinligi haqida gap boradi.

Qonun loyihasida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-5-moddasi transport vositalari haydovchilarining ko‘k yoki ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha va maxsus tovushli ishoralarini yoqqan holda yaqinlashib kelayotgan tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalariga to‘siqsiz o‘tib ketishiga xalaqit berishi uchun javobgarlik kiritilib, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishni belgilash taklif etilmoqda.

Shuningdek, ushbu moddaning uchinchi qismi sanksiyasida yigirma baravari miqdorida belgilangan jarima miqdorini yigirma besh baravarga oshirish, taklif etilgan.

Mas’ul qo‘mitada o‘rganib chiqilayotgan qonun loyihasi bo‘yicha deputatlar maxsus xizmatlarning transport vositalariga to‘siqsiz o‘tib ketishiga xalaqit berishi uchun javobgarlikni kuchaytirishdan oldin, bunday harakatlanish uchun yo‘llardagi infratuzilmani yaxshilash zarurligini bildirmoqdalar.

Shuningdek, deputatlar bunday qoidabuzarlik uchun amalda bo‘lgan jarimalarni oshirish maqsadga muvofiq emasligini ma’lum qilib, mavjud jarimalar miqdorining o‘zi ham ko‘pgina xorij mamlakatlariga nisbatan yuqori ekanligini ta’kidlashmoqda.

Ayni paytda qonun loyihasi yuzasidan deputatlarning takliflarini inobatga olgan holda tegishli qo‘mitaning xulosasi tayyorlanmoqda.


Bu ham qiziq

Andijonda “Mini texnologiyalar yarmarkasi” o‘tkazildi.

Andijonda “Mini texnologiyalar yarmarkasi” o‘tkazildi.

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Xo‘jaobod tumanida Kichik biznesga ko‘maklashish markazi va tuman hokimligi hamkorligida…
17:40 / 11.09.2026
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston va Koreya hamkorligiga bag‘ishlangan maqolasi e’lon qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston va Koreya hamkorligiga bag‘ishlangan maqolasi e’lon qilindi

Koreya Respublikasining yetakchi nashrlaridan biri — The Chosun Dailyda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston va Kor…
09:39 / 14.09.2026
AQSHda saylov oldidan musulmonlarga qarshi ritorika kuchaymoqda.

AQSHda saylov oldidan musulmonlarga qarshi ritorika kuchaymoqda.

AQSHda joriy yilning noyabr oyidagi oraliq saylovlar yaqinlashar ekan, ayniqsa Respublika partiyasi vakillari tomonidan musu…
16:23 / 13.09.2026
Bernem Trampning Irlandiya birlashishi haqidagi bayonotiga javob qaytardi

Bernem Trampning Irlandiya birlashishi haqidagi bayonotiga javob qaytardi

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Endi Bernem AQSH Prezidenti Donald Trampning Irlandiyaning birlashishi haqidagi bayonotlariga mu…
09:35 / 13.09.2026
Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘rib chiqildi

Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘rib chiqildi

Yig‘ilishda Toshkent shahrini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, kommunal va energetika infratuzilmasining barqaror ishlashini t…
09:04 / 12.09.2026
Dunyoda har yili 727 ming kishi o‘z joniga qasd qiladi

Dunyoda har yili 727 ming kishi o‘z joniga qasd qiladi

Dunyoda har yili 727 mingga yaqin kishi o‘z joniga qasd qiladi. 15–29 yoshdagi yoshlar orasida suitsid 2021-yilda o‘lim saba…
10:22 / 12.09.2026
Xorazm va Jizzaxda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq uchta holat aniqlandi

Xorazm va Jizzaxda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq uchta holat aniqlandi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida giyohvandlik vositalarining noqonuniy muo…
12:54 / 11.09.2026
Zelenskiy sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendelga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Zelenskiy sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendelga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendel va yana to‘qqiz kishiga nisbatan sanksiyalar joriy …
10:40 / 14.09.2026
Kongoda Ebola bilan kasallanganlar soni 7 mingdan oshdi

Kongoda Ebola bilan kasallanganlar soni 7 mingdan oshdi

Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi bilan tasdiqlangan kasallanish holatlari 7 022 taga yetdi. Virus mamlakatning y…
12:26 / 12.09.2026
Ekopolitsiya xodimi o‘limi yuzasidan 3 nafar shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ekopolitsiya xodimi o‘limi yuzasidan 3 nafar shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sirdaryoda xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan Ekopolitsiya xodimi Mirzo Botirovning o‘limi yuzasidan uch nafar…
11:37 / 11.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!