$
12899.91 UZS
-16.27
146.74 UZS
-0.86
13507.50 UZS
-15.74
10° Kechasi -1°

Ayrim transport vositalariga utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi

12:37 / 06.06.2020

“Gʻildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yig‘imini joriy etish to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan 2020-yil 1-avgustdan utilizatsiya yig‘imi stavkalari va utilizatsiya yig‘imi to‘lanadigan g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari turlari va toifalarining ro‘yxati tasdiqlandi.

Transport vositalarini “erkin muomalaga chiqarish” (import) bojxona rejimida rasmiylashtiradigan jismoniy va yuridik shaxslar yoki O‘zbekiston hududida sotiladigan g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalarini ishlab chiqaradigan (yig‘adigan, tayyorlaydigan) jismoniy va yuridik shaxslar utilizatsiya yig‘imi to‘lovchilari hisoblanadi.

Quyidagi transport vositalariga utilizatsiya yig‘imi to‘lanmaydi:

– diplomatik vakolatxonalarga yoki konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlarga, shuningdek ularning O‘zbekiston fuqaroligi bo‘lmagan, diplomatik maqomga ega bo‘lgan xodimlari va ularning oila a’zolariga tegishli transport vositalari;

– ishlab chiqarilganidan 30 va undan ortiq yil o‘tgan L va M1 toifali, shuningdek, ishlab chiqarilganidan 50 va undan ortiq yil o‘tgan, yo‘lovchi va yuklarni tijorat maqsadida tashishga mo‘ljallanmagan, asl dvigateli va kuzovi bilan asl holatida saqlangan yoki asl holati tiklangan M2, M3 va N toifali transport vositalariga;

– O‘zbekistonga olib kirilib “vaqtinchalik olib kirish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan transport vositalariga.


Bu ham qiziq

AQShdan deportatsiya qilingan o‘zbekistonliklar vataniga qaytarildi

AQShdan deportatsiya qilingan o‘zbekistonliklar vataniga qaytarildi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov AQShdan deportatsiya qilingan o‘zbekistonliklar Nyu-York o…
18:28 / 25.02.2025
Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan O‘zbekistonga tashrif buyuradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz …
19:45 / 24.02.2025
Sirdaryodagi yo‘l, elektr, uy-joy, irrigatsiya, bog‘cha, maktab va boshqa ijtimoiy obyektlarni yangilashga 100 million dollar yo‘naltiriladi

Sirdaryodagi yo‘l, elektr, uy-joy, irrigatsiya, bog‘cha, maktab va boshqa ijtimoiy obyektlarni yangilashga 100 million dollar yo‘naltiriladi

Sirdaryo viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi.
17:48 / 25.02.2025
Bloger Qobil Do‘sovga yana bir jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi

Bloger Qobil Do‘sovga yana bir jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi

24-fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Arnasoy tuman sudida Bo‘stonliq tumani bloger Qobil Do‘sovga oid jinoyat ishini ko‘r…
10:15 / 25.02.2025
Boks. Bugun “Kichik jahon chempionati”da 8 nafar O‘zbekiston vakili yurish boshlaydi

Boks. Bugun “Kichik jahon chempionati”da 8 nafar O‘zbekiston vakili yurish boshlaydi

Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo‘yicha an’anaviy “Stranja” turniri bo‘lib o‘tmoqda.
14:17 / 25.02.2025
Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz vaqtincha o‘chiriladi

Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz vaqtincha o‘chiriladi

Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar bermoqda.
09:37 / 25.02.2025
AQSh va Ukraina yaqin kunlarda yer resurslari bo‘yicha shartnoma imzolaydi

AQSh va Ukraina yaqin kunlarda yer resurslari bo‘yicha shartnoma imzolaydi

Bu haqda prezident Donald Trampning Yaqin Sharqdagi maxsus vakili bo‘lgan, keyinchalik Rossiya delegatsiyasi bilan muzokaral…
11:12 / 24.02.2025
Komil Allamjonov ilk bor suiqasd haqida intervyu berdi

Komil Allamjonov ilk bor suiqasd haqida intervyu berdi

Shuningdek, “Allamjonovga qarshi suiqasd, qurol bilan zo‘ravonlik juda kam uchraydigan O‘zbekistonni larzaga keltirdi”, – de…
12:01 / 25.02.2025
Hafta davomida qor va yomg‘ir yog‘adi, havo soviydi

Hafta davomida qor va yomg‘ir yog‘adi, havo soviydi

Hududlarda yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanadi.
11:54 / 24.02.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!