$
11997.21 UZS
26.53
161.52 UZS
-1.66
13949.16 UZS
46.41
31° Kechasi 18°

Nihoyat “so‘kong‘ich” hokimga nisbatan sud hukmi o‘qildi

19:32 / 10.01.2020

2019-yil 27-dekabr kuni “Facebook” va “Telegram” ijtimoiy tarmoqlarida “Mingbuloq tuman hokimi fermerlarni so‘kib tashladi” mavzusida tarqatilgan audioyozuvdagi holatlar yuzasidan Namangan viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Aniqlanishicha, 2019-yil 9-dekabr soat 10-00da Mingbuloq tumani, Mehnatobod m.f.y. hududidagi “Gigant” muqobil mashina traktor parki saroyida Mingbuloq tuman hokimi vazifasini bajaruvchi N.Xudoyberdiyev rahbarligida texnika va kuzgi-qishki agrotexnik tadbirlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilib, unda tumandagi “Gigant”, “Guliston”, “Gulbog‘-1” MMTP hududlari raislari hamda qishloq xo‘jaligi texnikasi mavjud fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etgan.

Yig‘ilish davomida tuman hokimi vazifasini bajaruvchi N.Xudoyberdiyev “Guliston dacha” fermer xo‘jaligi ish boshqaruvchisi M.Xalilov va boshqa fermer xo‘jaliklari rahbarlarini qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlamayotgani, sustkashlikka yo‘l ko‘yib kelayotganlari xususida tanbeh berib, so‘ng haqorat qilgani hamda ularning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitganligi aniqlangan.

Tekshirish natijasiga ko‘ra, Namangan viloyat prokuraturasi tomonidan N.Xudoyberdiyevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi bilan ma’muriy huqubuzarlikka doir ish qo‘zgatish haqida qaror qabul qilinib, ma’muriy chora qo‘llash uchun to‘plangan hujjatlar Mingbulok tumani ma’muriy sudiga yuborilgan.

Mingbulok tumani ma’muriy sudining 2020-yil 10-yanvardagi qaroriga ko‘ra, N.Xudoyberdiyev MJtKning 41-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs deb topilib, unga nisbatan qayd etilgan modda bilan bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida, ya’ni 4 mln. 460 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.


Bu ham qiziq

Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi jiddiy avtofalokatga uchradi

Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi jiddiy avtofalokatga uchradi

Xabar qilinishicha, Vladislav Jarkovga YTH oqibatida umurtqa pog‘onasi sinishi, orqa miya shikastlanishi, qovurg‘a sinishi v…
13:03 / 03.06.2026
4-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

4-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi…
12:24 / 03.06.2026
3-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

3-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi…
17:23 / 02.06.2026
“Navbatdagi sinovga tayyormiz!” – Kannavaro

“Navbatdagi sinovga tayyormiz!” – Kannavaro

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro JCh-2026 oldidan ichidan o‘tayotgan kechinmalari haqida fikr…
18:09 / 05.06.2026
O‘zbekistonda 4 oyda 417,5 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan

O‘zbekistonda 4 oyda 417,5 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–aprel oylarida 417,5 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
12:52 / 03.06.2026
O‘zbekistonning “yashil” islohotlari xalqaro e’tirof etilmoqda

O‘zbekistonning “yashil” islohotlari xalqaro e’tirof etilmoqda

Samarqanddagi Assambleya doirasida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, UNEP ijrochi direktori Inger Andersen hamda Global ekologik …
14:01 / 05.06.2026
Tailand samolyotlarida poverbanklarga yangi qat’iy cheklov joriy etildi

Tailand samolyotlarida poverbanklarga yangi qat’iy cheklov joriy etildi

Tailand Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi (CAAT) samolyot bortlarida poverbanklardan foydalanishni taqiqladi. Endilikda yo‘lovc…
02:13 / 06.06.2026
Rossiya chegaralari yaqinida yadro quroli paydo bo‘lishi mumkin

Rossiya chegaralari yaqinida yadro quroli paydo bo‘lishi mumkin

Litva Vashington bilan o‘z hududida yadro qurolini joylashtirish ehtimolini muhokama qilmoqda.
14:23 / 04.06.2026
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Sirdaryo, Toshkent viloyati, Andijon, Surxondaryo, Jizzax va Toshkent shah…
02:18 / 06.06.2026
Qurilish obyektlarida kamera o‘rnatish majburiy bo‘ladi

Qurilish obyektlarida kamera o‘rnatish majburiy bo‘ladi

2025-yil 1-sentabrdan boshlab O‘zbekistonda ayrim turdagi qurilish obyektlarida videokuzatuv kameralarini o‘rnatish majburiy…
07:05 / 06.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!