Rossiya Federatsiyasiga kirish uchun taqiq (deport) – bu xorijiy fuqaroning mamlakat hududiga kirishi uchun ruxsat berilmaganligini anglatuvchi FMS (Federal migratsion xizmat) ma’lumotlar bazasidagi belgi.
Taqiq chet el fuqarosi Rossiyada bo‘lgan paytida uning qonunchiligini bir necha bor buzgani yoki migratsiya sohasida sodir etgan huquqbuzarliklariga javob chorasi sifatida qo‘llaniladi.
Taqiq qonunbuzarlikning darajasiga qarab bir necha oydan 10 yilgacha bo‘lishi mumkin. Rossiyaga kirishni taqiqlash to‘g‘risidagi qaror qat’iy hisoblanmaydi, qaror ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
Ammo chet el fuqarosi o‘zining Rossiyaga kirishi uchun ruxsat berilgani yoki taqiq qo‘yilgani haqida bilmasligi mumkin, chunki FMS organlari chet el fuqarosini taqiqlangani to‘g‘risida xabardor qilmaydi. Buni aniqlash uchun FMS (Federal migratsion xizmat) ma’lumotlar bazasidan fuqaroning o‘zi tekshirib ko‘rishi kerak.
Fuqarolar ko‘p hollarda Rossiya Federatsiyasi chegarasiga kirishda yoki chegaradan chiqishda taqiq mavjudligini bilib qolishadi.
Chegarada kirishga taqiqi mavjudligi aniqlangan fuqaro uyga qaytishga majbur, bu holda hech narsa o‘zgartirilmaydi.
Chegarada rejani o‘zgartirib, uyga qaytishga to‘g‘ri kelmaslik uchun Rossiyaga kirishga taqiq bor yoki yo‘qligi oldindan tekshirib ko‘rish maqsadga muvofiq.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!