$
12102.39 UZS
-33.37
153.08 UZS
-0.32
13990.36 UZS
-77.41
31° Kechasi 18°

Odamlar bilan yaxshi muomala o‘rnatish sirlari

11:20 / 16.01.2020

Zamonaviy dunyoda o‘zini to‘g‘ri tuta olgan insongagina baxt va omad kulib boqadi. Atrofdagi odamlarga yoqishning o‘zi bo‘lmaydi. Do‘stlarni, tanish-bilishlarni, turmush o‘rtog‘ingni topishni, tanlashning-ku qiyinligini qo‘yaverasiz. Ishonch qozonish, munosabatlarni o‘rnatish va maqsadga erishish juda qiyin ish.
Ijtimoiy tarmoqlar asrida biz yuzma-yuz muloqotga mansub bo‘lgan ko‘pgina ko‘nikmalarni esdan chiqarayotganimiz rost.  Muomala madaniyati va umumiy til topish masalasi esa juda dolzarb. Do‘stlashish, ish topish, turmush o‘rtog‘i tanlashda muomala madaniyati o‘ta muhim. Ayrimlar umumiy til topishish uchun alkogoldan foydalanishadi. Unutmangki, bundaylardan ishonchli do‘st chiqmaydi. Ruxshunoslar, bu borada odamlar bilan muomala qilish sirlarini bilish koni foydaligini ta’kidlashadi. Quyidagi maslahatlar hamma uchun foydali. 

1.  Tabassum qil. Bu azaldan eng oddiy va samarali usul hisoblanadi. 
2.  Tashqi ko‘rinishing doimo tartibli bo‘lsin.
3.  Ijobiy fikrla va optimist bo‘l. Odamlar bunday kishilar sari intiladi.  
4.  Muloqot uchun suhbatdoshingga ma’qul keladigan mavzu tanla.
5.   Hamma vaqt yaxshi atirdan foydalan. Sendan yoqimli ifor taralib tursin.
6.   Nutq madaniyatini egalla. O‘z fikringni chiroyli qilib ifodalashni o‘rgan.
7.   O‘zing haqingda ozgina ma’lumot berib qo‘y. Bu suhbatdoshda ishonch uyg‘otadi. 
8.  Boshingni suhbatdosh tomonga egib ol. Bu xayrixoh ekanligingning belgisi hisoblanadi.
9.   Hatto murakkab vaziyatlarda ham ijobiy fikrla. Odamlar xarakteri kuchli insonlarni yoqtirishadi.
10.   Samimiy bo‘l. Samimiyat insonlar ko‘nglini topa biladi. Burni ko‘tarilganlar esa hamisha yolg‘iz qolishgan.
11.   Suhbatdoshingga ismini aytib murojaat qil. Bu hammaga yoqadi. 
12.  Qarshingdagi odamning sendan baland bo‘lsa ham aldashga intilma. 
13.   Odamlarning senga qanday muomala qilishini istasang, sen ham ularga xuddi shunday muomala qil.
14.   Yengil hazil zarar qilmaydi. Bu aksincha, yaqinlashtiradi.
15.   Shunchaki quruqqina qilib “Salom” deb qo‘ymasdan, uchrashuvdan xursand ekanligingni tabiiy ravishda akslantir.
16.  Suhbatdoshingni o‘zi haqida gapirishga rag‘batlantir. Bu sizlarni yaqinlashtiradi.
17.  Hurmatni saqla, ortiqcha so‘z aytishdan ehtiyot bo‘l.
18.  O‘zingning yaxshi taraflaringni namoyon qila bil.
19.  Hamsuhbating xarakteridagi yoki qiziqishlaridagi senikiga o‘xshash qirralarini top.  
20.  Muloqotdan bahra ola bil. Qarshingdagi kishi buni judayam his qiladi.
21.  Bahslashma va keraksiz mojarolardan qoch. Bunga vaqt ketkazma.
22. Ko‘proq ko‘zlariga qarab gapir.
23. Suhbatni bo‘lma. 
24. Suhbatdoshingga yoqish uchun ortiqcha harakat qilma, aksincha, u senga yoqishga intilsin.
25. Agar o‘zaro hamkorlikni istasang do‘stona, samimiy munosabatda bo‘l. 
26.  Qarshingda o‘tirgan insonning kuchli taraflarini e’tirof et, takalluf bildir. Bu hammaga yoqadi.
27.  Gavdangni to‘g‘ri tut. Shalpayma.
28.  O‘zgalarning muvaffaqiyatidan hursand bo‘l va quvon, hasad qilma.
29.  O‘zingning go‘zal tarbiyang va hislatlaringni namoyish qil.
30.  O‘rinsiz, noqulay jimlikning oldini olish uchun oldindan tayyorgarlik ko‘r.
31. Atrofingdagilar seni hurmat qilishlari uchun biroz sirliroq ko‘ringan ham ma’qul. 
32. Odamlar kimgadir g‘amxo‘rlik qilishni yoqtirishadi. Bundan foydalan. Kichik yaxshilik qilishlarini so‘rashing mumkin.
33.  Odamlar haqida yomon gapirma. Suhbatdoshing men haqimda ham shunday gapirishi mumkin-ku, degan hayolga borib qoladi.   
34.  Hamsuhbating fikrini jon qulog‘ing bilan eshitayotganingni bildirib tur. Bu uni ruhlantiradi.
35. “Men ishonmayman”, “Bo‘lishi mumkin”, “Ehtimol”, “Men bilmayman” kabi so‘zlardan qoch.
36. Hamma vaqt ham suhbatdoshing qo‘llarini samimiy hurmat bilan siqib qo‘yishni unutma.
37. Yordamga tayyorligingni bildir, bu o‘zingga yordam beradi. 
38. Va’da berdingmi, bajar. Va’dasining ustidan chiqadiganlar kamligidan, bunday insonlar hurmatga sazovor bo‘lishadi.
39. Javoblaring o‘xshash yoki bir xil bo‘lmasin. Bu suhbatdoshingning kayfiyatini tushirib qo‘yadi.
40.  Har bir inson bilan xuddi do‘stingdek muloqot qil. 
41.  O‘zingni tabiiy, muloqotga ochiq tut.
42.  O‘zingning kichik xatolaring haqida gapir. Bu sen ham ideal emasligingni, o‘zi singari oddiy odam ekanligingni tushunib yetishiga va ishonch paydo bo‘lishiga xizmat qiladi. 
43.  Insonga o‘zining qadrli inson ekanligini his qilishiga imkon ber. 
44.  Uning so‘zlarini hadeb bo‘laverma. Diqqat bilan eshit. 
45.  Kichik xizmatlaringni ayama. Biroq, boshingga chiqib olishlariga ham yo‘l qo‘yma. 
46.  Muloqoting bilan kishilarni nimagadir majbur qilib qo‘yma.
47.  Zararli odatlardan voz kech.
48.  Odamlarni intilishlarida, orzularining amaliyotida, ilk boshlang‘ichida qo‘llab-quvvatla.
49.  O‘zingni o‘zing hurmat qil. Boshqalarning ham hurmatiga erisha bil. 
50.  Maqtanma, hammadan afzal ko‘rinishga intilma.
51.  O‘z qiliqlaring ustidan ham kulishni bil.
52.  Muloqotdoshing bilan bahsli va shubhali masalalarda teskari bo‘lib qolishdan saqlan.
53.  Suhbatdoshingni muloqot bilan qiynama. 
54.   Odamlarga o‘zi haqida ko‘proq gapirishlariga imkon ber.
55. Ularning orzu, istaklariga hurmat bilan qara.
56.  Hamma savollarga jiddiy javob berish shart emas. O‘rni kelganda hazil va mutoyibadan foydalanish mumkin.
57.  Maydakash bo‘lma.
58.  Insonning emotsional holati doimo diqqat markazingda tursin. 
59.  Uning harakatlari, so‘zlarini diqqat bilan kuzat.
60.  Uni himoya qil va u tarafda tur.
61.  Hech qachon shikoyat qilma. 
62.  Ularga xatolarini pesh qilma. Agar o‘zlari so‘rasalar, unda mulohaza bilan javob bergan ma’qul.
63.  Gʻiybatlarga, so‘kinishlarga yo‘l berma.
64.  Ojiz va salbiy taraflaringni yashir.  
65.  Hayotdan bahra ol.
66.  Mavzuni suhbatdoshingda yaxshi kayfiyat paydo qiladigan tomonga yo‘naltira bil. 
67.  Senga biror narsa zarur bo‘lsa buyurmasdan, iltimos ohangida savol sifatida berish mumkin: “Menga qachon yordam berishingiz mumkin?” qabilida. 
68.  O‘z muammolaring va ziddiyatlaring haqida hech qachon gapirma.
69.    Muloqotni xamsuhbatingga xush keladigan joylarda uyushtirishga harakat qil.
70.  Murakkab vaziyatlarda ham o‘zingni sokin tut.  
71.  Xatolaringni tan olishdan qo‘rqma va o‘z haqligingda turib olma. 
72.  Suhbatdoshingni shoshiltirib qo‘yma. 
73.  Unga uchinchi shaxs nomidan “Siz haqingizda faqat yaxshi gaplar eshitaman”, tarzida iltifot ko‘rsatish mumkin. 
74.  Pulni qarzga olma va berma. Bu o‘zaro munosabatlarni buzadi.
75.  Yaxshi odamlar bilan muloqotga ketadigan vaqtingni qizg‘anma.
76.    Asling kabi ko‘rin. Hammamizga samimiy odamlar yoqadi. 
77.  Kichik va yoqimli sovg‘alar hadya qil.
78.  Hamma narsada sabr va bag‘rikenglik zarurligini unutma.
79.   Shaxsiy chegarangni his qil va undan xatlab o‘tguvchi bo‘lma.
80.   Hamma narsada suhbatdosh bilan hamfikr bo‘lish shart emas. O‘z fikringni jo‘yali qilib tushuntirishni ham bil.
81. Hech qachon maslahat berma. Kechirilmas xatoga yo‘l qo‘yishing mumkin.
82. Suhbatni yaxshi kayfiyatda, do‘stona munosabatlarda yakunla. 
83. Transportga, liftga chiqishda suhbatdoshingga yo‘l ber. Bu unga yoqadi.
84.  Odamlar orasida bo‘lganda ularning har biriga alohida e’tibor qarat. So‘z bilan bo‘lmasa ko‘z bilan.   


Bu ham qiziq

Endilikda avtobuslar uchun ajratilgan yo‘laklar maxsus to‘siqlar bilan himoyalanadi

Endilikda avtobuslar uchun ajratilgan yo‘laklar maxsus to‘siqlar bilan himoyalanadi

Toshkent shahrida jamoat transporti harakatini yaxshilash maqsadida “A” yo‘laklari deliniatorlar bilan ajratilishi rejalasht…
16:30 / 13.03.2026
Aliment to‘lovchilarga ham chetga chiqib ishlash imkoni berilishi mumkin

Aliment to‘lovchilarga ham chetga chiqib ishlash imkoni berilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi…
15:01 / 13.03.2026
Bekobodda 11-sinf o‘quvchisi o‘ldirilishi bo‘yicha 5 nafar o‘smir hibsga olindi

Bekobodda 11-sinf o‘quvchisi o‘ldirilishi bo‘yicha 5 nafar o‘smir hibsga olindi

“Toshkent viloyati Bekobod shahrida 11-sinf o‘quvchisining o‘limida jami 5 nafar o‘smir gumonlanib hibsga olindi”, – deya xa…
16:05 / 12.03.2026
13-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sh…
10:48 / 12.03.2026
AQSh razvedkasi Erondagi hukmron rejim qulashiga ishonmayapti – manba

AQSh razvedkasi Erondagi hukmron rejim qulashiga ishonmayapti – manba

Reuters manbalariga ko‘ra, Eron hukumati AQSh va Isroil bilan olib borilgan ikki haftalik urush davomida barqarorligini saql…
14:03 / 12.03.2026
Yaqin Sharqdan O‘zbekistonga qaytarilgan fuqarolar soni 32 mingdan ortdi

Yaqin Sharqdan O‘zbekistonga qaytarilgan fuqarolar soni 32 mingdan ortdi

TIV matbuot xizmati xabar berishicha, 13-mart kuni soat 07:00 holatiga ko‘ra, 32 934 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi.
16:21 / 13.03.2026
O‘zbekistonda elektrdan noqonuniy foydalanganlik uchun jarimalar oshiriladi

O‘zbekistonda elektrdan noqonuniy foydalanganlik uchun jarimalar oshiriladi

Kecha, 11-mart kuni imzolangan qonun bilan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jazo choralari kucha…
12:13 / 12.03.2026
14-mart kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

14-mart kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
14:08 / 13.03.2026
Namangan va Surxondaryoda elektr va gaz ta’minoti xodimlari pora bilan qo‘lga tushdi

Namangan va Surxondaryoda elektr va gaz ta’minoti xodimlari pora bilan qo‘lga tushdi

Hozirda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
11:32 / 13.03.2026
Yunusoboddagi yangi qurilayotgan turar joy binosida yong‘in chiqdi

Yunusoboddagi yangi qurilayotgan turar joy binosida yong‘in chiqdi

Ma’lum qilinishicha, yangi qurilayotgan turar joy binosi ikkinchi qavatida qurilish materiallari yonib zararlangan.
11:52 / 13.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!