$
11774.92 UZS
9.71
139.17 UZS
-0.18
13588.26 UZS
1.8
31° Kechasi 18°

Koronavirus Italiyaga ham “hujum qilmoqda”. Infeksiya sabab mamlakatda karantin e’lon qilindi

22:57 / 23.02.2020

21-fevral, juma kuni kechqurun Italiyada Covid-2019 infeksiyasi tufayli birinchi o‘lim holati qayd etildi. 78 yoshli erkak vafot etgach, Veneto viloyati aholisi o‘n kun davomida Padua shahridagi shifoxonaga joylashtirildi. Lekin shunga qaramay kasallik kuchayib bormoqda, deb xabar beradi TSN.ua nashri.

Ertasi kuni yana bir bemor – Lombardiya viloyati fuqarosi kasallik qurboni bo‘ldi. 23-fevral holatiga ko‘ra, ushbu viloyatda kasallikka chalinganlar soni 89 kishiga yetgan.

Epidemiya avj olgani munosabati bilan Bosh vazir Juzeppe Konte xavfsizlik choralarini kuchaytirish to‘g‘risida topshiriq berdi. Hozir shimoliy viloyatlarning bir necha o‘nlab shaharlari karantin ostida qolgan. Rasmiylar mahalliy aholiga zarurat bo‘lmaganda uydan chiqmaslikni maslahat bermoqda.

Lombardiya va Veneto hududida harakatlar cheklangan. Kontening so‘zlariga ko‘ra, endi maxsus ruxsatsiz kasallik avj olgan hududlarga kirish va chiqish taqiqlanadi. Maktablar, do‘konlar, muzeylar va davlat idoralari cheklangan rejimda ishlaydi.

Karantin sport tadbirlariga ham ta’sir ko‘rsatdi. A Seriyaning uchta o‘yini koronavirus sabab bekor qilindi. “Inter” – “Sampdoriya”, “Verona” – “Kalyari”, “Atalanta – Sassuolo” o‘rtasidagi uchrashuvlar noma’lum muddatga qoldirilgan.

“Virusning yuqish darajasi juda yuqori, u juda kuchli”, deydi Lombardiya sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Julio Galler.
Italiyada bu kasallik qanday paydo bo‘lganligi haligacha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, virus Xitoyning Uxan shahridagi dengiz mahsulotlari bozorida tarqala boshlagan. Isitmaga o‘xshash alomatlarni keltirib chiqaradi, ammo o‘pka va boshqa organlarga juda tez ta’sir qiladi.

Taxminlarga ko‘ra, ba’zi hayvonlar koronavirus tarqalishining manbayidir. Shu bilan birga, virus havo tomchilari orqali odamdan odamga yuqadi.
Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) koronavirusni xalqaro ahamiyatga ega “favqulodda holat” deb e’lon qilgan.
 


Bu ham qiziq

Toshkentning kelajagi muhokama qilindi: yangi qurilishlar shahar infratuzilmasini zo‘riqtirmasligi kerak

Toshkentning kelajagi muhokama qilindi: yangi qurilishlar shahar infratuzilmasini zo‘riqtirmasligi kerak

Toshkentning jadal kengayishi fonida shahardagi shaharsozlik va ekologiya masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi. U…
10:53 / 15.09.2026
Oʻzbekiston Prezidenti Koreya Respublikasidagi vatandoshlar bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Prezidenti Koreya Respublikasidagi vatandoshlar bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat tashrifi chogʻida ushbu mamlakatda mehna…
17:32 / 15.09.2026
Xitoyda mamlakatga kirish va chiqish qoidalari kuchaytirildi

Xitoyda mamlakatga kirish va chiqish qoidalari kuchaytirildi

Xitoyda fuqarolarning mamlakatdan chiqishi hamda xorijliklarning mamlakatga kirishi bo‘yicha yangi cheklovlar joriy etildi. …
14:26 / 16.09.2026
Ukrainada yo‘lovchi avtobusiga dron zarbasi berildi: 5 kishi halok bo‘ldi

Ukrainada yo‘lovchi avtobusiga dron zarbasi berildi: 5 kishi halok bo‘ldi

Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyati Nikopol tumanida yo‘lovchi avtobusiga dron orqali zarba berildi. Viloyat harbiy ma’muriy…
14:19 / 16.09.2026
Eronda samolyot havoda nosozlik sabab favqulodda qo‘ndi

Eronda samolyot havoda nosozlik sabab favqulodda qo‘ndi

Eronda Sepehran Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay shinalaridan biri yoril…
15:10 / 16.09.2026
Jizzaxda bolani urib yuborishiga sal qolgan Gentra haydovchisi jazolandi

Jizzaxda bolani urib yuborishiga sal qolgan Gentra haydovchisi jazolandi

Jizzax viloyati Forish tumanida Gentra haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan bolani urib yuborishiga sal qoldi. Ho…
10:00 / 16.09.2026
“Atirgul” tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi

“Atirgul” tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi

Kuni kecha O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tashabbusi bilan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida  xotin-qiz jurnal…
09:22 / 16.09.2026
Jasur Umirov katerda xavfsizlik qoidalarini buzgani uchun ogohlantirildi

Jasur Umirov katerda xavfsizlik qoidalarini buzgani uchun ogohlantirildi

Xonanda Jasur Umirov Chorvoq suv omborida voyaga yetmagan o‘g‘li bilan katerda qutqaruv nimchalarisiz harakatlangan. Holat y…
10:39 / 15.09.2026
Farg‘onada obodonlashtirish mansabdorlari 158,7 mln so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi

Farg‘onada obodonlashtirish mansabdorlari 158,7 mln so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi

Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari tomonidan 158,7 mln so‘mlik budjet ma…
14:45 / 15.09.2026
Turkiyada oila va bolalarni himoya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiya boshlandi

Turkiyada oila va bolalarni himoya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiya boshlandi

Turkiyada “Oilam himoyada” (Ailem Güvende) operatsiyasi doirasida 162 nafar gumondor, 9 ta uyushma va 13 ta kompaniyaga nisb…
10:44 / 15.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!