$
11987.16 UZS
13.68
₽
146.29 UZS
-0.3
€
13393.25 UZS
-43.39
31° Kechasi 18°

Tarixiy janrdagi ilk o‘zbek video-o‘yini: “Bu o‘yinni xalqimiz o‘tmishining bir bo‘lagini jonlantirish maqsadida yaratgandik, lekin...” 

12:21 / 24.12.2019

Xabardor.uz yangiliklar yaratishga intiluvchan, o‘z sohasida yutuqlarga erishgan, shuningdek, g‘oyalarini amalga oshirish uchun o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Start-Up” loyihasini boshladi.

Ikki yil avval Elbek Sattorov, Jamshid Eshnazarov va Adiz Amonovdan iborat TATU talabalari jamoasi yaratgan video-o‘yin ijtimoiy tarmoqlarning asosiy mavzulariga aylangandi.

O‘shanda ular – “Biz O‘zbekiston tarixi, milliy qadriyatlarimizga asoslangan kompyuter o‘yinlarini yaratish ustida ish olib boryapmiz”, deyishgandi. Ammo negadir shundan keyin loyihadan darak bo‘lmadi. Qisqa fursatda ommalashib ketishi kutilgan o‘zbekcha video-o‘yin e’lon qilinmasdan qolib ketdi. 

– Bolaligimda boshqa bolalar qatori men ham kompyuter o‘yinlarini o‘ynaganman. O‘shanda milliy qahramonlarimizning timsoli aks etgan o‘zbek tilidagi o‘yinlar ham bo‘lishini orzu qilardim. Ana shu orzum meni Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga yetaklab keldi. Elbek bilan shu yerda tanishganmiz. U ham o‘yin yaratishga qiziqar, bu borada bilimga ega edi. Men unga g‘oyamni aytganimda, u buni ma’qulladi. Shu tariqa “Great way” o‘yinini yaratish ishlari boshlanib ketdi, – deydi Jamshid.

Elbek:
–  Boshlanishiga imkoniyatimizdan kelib chiqqan holda tarixiy bir o‘yin yaratishga kirishdik. Ammo texnik yetishmovchiliklar tufayli qo‘shimcha dasturiy ta’minotlardan ham foydalanishga to‘g‘ri kelardi. Bu esa, yana-da ko‘proq vaqtni talab qilardi.

Jamshid: 
– Ko‘pincha kechasi ishlashimizga to‘g‘ri kelardi. Chunki u vaqtlarda hali talaba edik, kunduzi darsga borardik. Mehnatimiz natijasi asta-sekin ko‘zga ko‘ringani sari biz ham ishga sho‘ng‘ib ketdik. Bularning orqasidan ko‘p dars qoldirganimiz ham rost. Ish oxiriga yetay deb qolganda, o‘sha qoldirgan darslarimiz uchun javob berishimizga ham to‘g‘ri kelgan. 

4-kursda o‘qishdan chetlatilganman

– Bizda bu sohada bilim beradigan mutaxassislar yetishmasligi sababli, dastlabki bilimlarni dadamdan o‘rganganman. Ish boshlaganimizda qolgan bilimlarni ham chetdan izlashga, videodarslar orqali o‘rganishga to‘g‘ri kelgan. Tabiiyki, bu ko‘p vaqtni talab qilar va darslardan qolib ketishimga sabab bo‘lardi. Shu muammolar ortidan 4-kursdaligimda o‘qishdan menga “otchislenie” chiqarishgan. Keyingi yil 4-bosqichni kelgan joyidan qayta davom ettirishimga to‘g‘ri keldi. Lekin bir tarafdan, bunga afsuslanmaganman. Chunki qilayotgan ishim o‘zimga yoqardi, – deya eslaydi Elbek Sattorov.

900 million so‘mlik grantni boy berganmiz

– O‘yinning demo versiyasini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilganimizda ko‘pchilik qiziqish bildirdi, takliflar, fikrlarga to‘la xabarlar qoldirishdi. Homiylar ham topila boshladi. O‘sha paytlari bu o‘yin Aloqa vaziri Sherzod Shermatov (hozirda Xalq ta’limi vaziri)ning ham e’tiboriga tushgan ekan. Bizni uchrashuvga taklif qilib, qo‘llab-quvvatlashlarini va laboratoriya ochish uchun biz o‘qiydigan universitet hisobiga 900 million so‘mlik grant ajratishlarini aytdi. Kerakli hujjatlarni tayyorlashni boshladik. Bu orada Elbekni o‘qishdan chetlatish to‘g‘risida buyruq chiqdi. Sherzod aka boshqa ishga o‘tib ketgan ekan, ularni bezovta qilgimiz kelmadi. Yangi tayinlangan vazirlik grant masalasini qayta ko‘rib chiqishini aytdi. Lekin “jamoada odam soni kamligi (3 kishi) sababli grant ajratolmaymiz”, degan javobni oldik.

Uchinchimiz uyiga qaytib ketdi

– Bilasiz, boshida buni ikki kishi boshlaganmiz. Keyinroq ishlar ko‘paygani sababli, jamoaga uchinchi a’zoni olganmiz. Loyiha qaytgach, u ham o‘qishni bitirib, uyiga qaytib ketdi. Hozir mutaxassisligi bo‘yicha ishlayapti. Ehtimol, ishimiz oxiriga yetganida hammasi boshqacha bo‘lardi.

Tariximizni dunyoga tanitish bosh maqsadimiz edi

Elbek: 
– Menda savol tug‘iladi, nega “GTA”, “Need for speed”, “World of tanks” butun dunyodagi eng mashhur o‘yinlar qatorida turadi? Sabab nima? Masalan, GTA’da Amerika shaharlari olib chiqilgan, o‘sha yerdagi muhitni o‘yinga olib kirishgan. Tarixdan ma’lumki, Belarusda tank zavodlari ko‘p bo‘lgan, “World of tanks” o‘yinining mavzusi o‘sha hudud mentalitetiga mos tushadi, ya’ni ular bunaqa mavzularni qabul qila oladi. Bizda esa tarixiy qahramonlarimiz ko‘p, nega ularni hech bo‘lmaganda o‘yin shaklida olib chiqmasligimiz kerak? 

Jamshid: 
– “God of war” degan o‘yinni ko‘pchilik bilsa kerak. O‘yin ssenariysi yunon va skandinaviya xalqlarining afsona va ertaklari asosida yozilgan. Ishonasizmi, odamlar o‘sha afsonalarni, ulardagi qahramonlar, ma’budlarni yoddan bilishadi, davomini o‘ynash uchun “yangi seriyasi qachon chiqarkin”, deb yillab kutishadi. Bizda-chi? Kerak bo‘lsa, afsona emas, tarixda chindan ham mavjud qahramonlarimiz ko‘p-ku. Nega ularni dunyo tanimasligi kerak, davomi qachon chiqarkin deb kutmasligi kerak? 


Kuzatganlarimdan kelib chiqib aytamanki, hozirda butun dunyoda, ayniqsa yoshlarda tarixiy-real sahnalarga qiziqish yuqori. Bu kabi mavzulardagi o‘yinlarning bozori chaqqon. Agar biz ham tariximizni, madaniyatimizni boshqalarga tanitmoqchi bo‘lsak, bu borada video-o‘yinlar eng yaxshi variant deb hisoblayman.
Afsuski, bu biz uchun hozircha faqat orzu bo‘lib qolyapti.

(Suhbatning to‘liq shaklini yuqoridagi videoda ko‘rishingiz mumkin)

 

Ziyodbek Ismoilov suhbatlashdi
Tasvirchi Davletyar Mambetniyazov

Xabardor.uz barchangizni hamkorlikka chorlaydi. “Start-Up” loyihasi bo‘yicha taklif va fiklaringizni bildiring!
Murojaat uchun:
@Xabardor_murojaatlar_Bot

Telefon: (+99895) 145-23-23


Bu ham qiziq

Toşkentda havo sifati “yaşil” darajaga kötarildi

Toşkentda havo sifati “yaşil” darajaga kötarildi

Toşkent şahrida 6-noyabrga ötar keçasi yomonlaşgan atmosfera havosi sifati tongga kelib yaxşilandi. Milliy havo sifati indek…
16:13 / 06.11.2026
Qirğizistonda dunyodagi eng uzun şişa köprik quriladi

Qirğizistonda dunyodagi eng uzun şişa köprik quriladi

Qirğizistonning «Ala-Arça» milliy boğida uzunligi 732 metr bölgan osma şişa köprik quriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda milliy …
10:32 / 08.11.2026
Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturi boşlanadi

Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturi boşlanadi

Kelgusi yildan Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturini amalga oşiriş boşlanadi. Dastur doirasida mahalliy mutax…
13:35 / 09.11.2026
Özbekistonda bugun yomğir yoğişi, ayrim hududlarda momaqaldiroq kuzatilişi mumkin

Özbekistonda bugun yomğir yoğişi, ayrim hududlarda momaqaldiroq kuzatilişi mumkin

Bugun, 10-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan bölib, respublikaning ayrim hududlarida kuçli yomğir yoğişi va momaq…
16:07 / 09.11.2026
O‘zbekistonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

O‘zbekistonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Xiva, Nurafshon, Ulug‘nor, Toshkent va Ohangaron tumanlari hamda Toshloq t…
09:41 / 09.11.2026
Özbekistonlik kinoijodkorlar Istanbul Sinema Muzeyiga taşrif buyurişdi.

Özbekistonlik kinoijodkorlar Istanbul Sinema Muzeyiga taşrif buyurişdi.

Alohida ta’kidlaş joizki, Özbekistonda ham milliy kino merosini asrab-avaylaş va keng tarğib etiş, “Özbekfilm” hududida Kino…
16:06 / 07.11.2026
Turkiyadagi qurolli hujumda sakkiz kişi halok böldi

Turkiyadagi qurolli hujumda sakkiz kişi halok böldi

Turkiyaning Afyonkarahisar provinsiyasida 5-noyabr kuni sodir etilgan qurolli hujumlar oqibatida sakkiz kişi halok böldi. Hu…
14:45 / 06.11.2026
Umraga yuborişni va’da qilib, fuqarolardan qariyb 7 ming dollar olgan şaxslar uşlandi

Umraga yuborişni va’da qilib, fuqarolardan qariyb 7 ming dollar olgan şaxslar uşlandi

Samarqand va Guliston şaharlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan jami 6 995 do…
14:28 / 09.11.2026
Toşkentda 500 kVli “Halqa” podstansiyasi işga tuşirildi

Toşkentda 500 kVli “Halqa” podstansiyasi işga tuşirildi

7-noyabr kuni Toşkent şahrida 500 kV kuçlanişli yangi «Halqa» podstansiyasiga kuçlaniş berildi. Bu haqda energetika sohasiga…
14:06 / 08.11.2026
Özbekistonda gaz va kömir taqsimoti ustidan nazorat kuçaytiriladi

Özbekistonda gaz va kömir taqsimoti ustidan nazorat kuçaytiriladi

Özbekistonda kuz-qiş mavsumida aholiga ajratilgan gaz va kömir mahsulotlarini öz vaqtida hamda töliq yetkazib beriş ustidan …
14:32 / 06.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!