$
12002.10 UZS
14.21
₽
146.02 UZS
0.61
€
13166.30 UZS
51.55
31° Kechasi 18°

“Turkiston” va “Yunusobod” metro bekatlari qurib bitkazildi (foto)

09:22 / 16.06.2020

Uzunligi 2,9 kilometr bo‘lgan “Turkiston” va “Yunusobod” metro bekatlarida qurilish-montaj va pardozlash ishlari nihoyasiga yetib, “Shahriston” bekatiga ulandi. Metro poyezdlarining sinov tariqasida harakatlanish ishlari amalga oshirildi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu loyiha “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “Ko‘prikqurilish tresti” unitar korxonasi tizimidagi 67-Ko‘prikqurilish otryadi mutaxassislari tomonidan bajarilgan. “Toshkent metro loyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyati loyihalari asosida bunyodkorlik ishlari bajarilgan obyektning umumiy qiymati 103,8 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Ta’kidlanishicha, ushbu loyihaning yer osti tunnel qismini burg‘ulash ishlari Markaziy Osiyoda ilk bor qo‘llanilgan Germaniya texnologiyasi asosida mexanizatsiyalashtirilgan kompleks yordamida qazilishi, hamda yuqori sifatli temir-beton tyubinglar o‘rnatilishi bilan ahamiyatlidir. Har bir bekat kompleks qurilishida monolit beton uslubi qo‘llanilgan. 

Yunusobod liniyasi yangi bekatlar bilan hisoblaganda 8 ta bekatdan iborat. Ahmad Donish ko‘chasida qurilgan “Tukiston”, “Yunusobod” hamda mavjud “Shahriston”, “Bodomzor”, “Minor”, “Abdulla Qodiriy”, “Yunus Rajabiy”, “Ming o‘rik”dan iborat. Ushbu yo‘nalish “Yunus Rajabiy” bekatidan Chilonzor yo‘lining “Amir Temur” hamda “Ming o‘rik” bekatidan esa O‘zbekiston yo‘lining “Oybek” bekatiga ulanadi. Ushbu liniyaning yangi bekatlari foydalanishga topshirilgach, bir kunda “Yunusobod” bekatida qo‘shimcha 5 ming yo‘lovchiga, “Turkiston” bekatida esa 2 yarim ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.


Bu ham qiziq

Özbekistonda xalqaro fuqaro aviatsiyasi universiteti taşkil etiladi

Özbekistonda xalqaro fuqaro aviatsiyasi universiteti taşkil etiladi

Özbekistonda fuqaro aviatsiyasi sohasi uçun malakali kadrlar tayyorlaydigan yangi oliy ta’lim muassasasi — Xalqaro fuqaro av…
14:30 / 27.11.2026
Turkiyada falaj bölib qolgan özbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Turkiyada falaj bölib qolgan özbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Turkiyada mehnat faoliyati davomida boş miyasiga qon quyilişi oqibatida tanasining çap qismi falajlangan özbekistonlik ayol …
09:36 / 26.11.2026
ÖzLiDePning 1 500 nafar delegati Kongressda yangi dastur va Ustavni muhokama qiladi

ÖzLiDePning 1 500 nafar delegati Kongressda yangi dastur va Ustavni muhokama qiladi

Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining (ÖzLiDeP) navbatdagi Kongressi 4-dekabr kuni bölib ötadi. Unda partiyaning yangi…
15:43 / 26.11.2026
Surxondaryoda afğonistonlik narkosavdogar uşlandi

Surxondaryoda afğonistonlik narkosavdogar uşlandi

Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov hara…
10:32 / 26.11.2026
Navoiyda noqonuniy oltin qazib oliş bilan şuğullangan olti jinoiy guruh foş etildi

Navoiyda noqonuniy oltin qazib oliş bilan şuğullangan olti jinoiy guruh foş etildi

Navoiy viloyatining Navbahor tumanida tarkibida oltin zarralari bölgan toğ jinslarini noqonuniy qazib oliş bilan şuğullangan…
09:09 / 27.11.2026
Özbekistonga mol göşti qaysi davlatlardan import qilinmoqda?

Özbekistonga mol göşti qaysi davlatlardan import qilinmoqda?

Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonga 12 ta xorijiy davlatdan q…
14:33 / 24.11.2026
Tadbirkorlardan tortib startapçilargaça: ÖzLiDeP elektorati kengaymoqda

Tadbirkorlardan tortib startapçilargaça: ÖzLiDeP elektorati kengaymoqda

ÖzLiDePning navbatdagi Kongressiga tayyorgarlik doirasida Qoraqalpoğiston Respublikasi, Farğona va Samarqand viloyatlari par…
14:55 / 25.11.2026
Ukraina Rossiyaning uç hududiga dronlar hujumi uyuştirdi

Ukraina Rossiyaning uç hududiga dronlar hujumi uyuştirdi

Ukraina dronlari Rossiyaning Leningrad va Tula viloyatlari, şuningdek, Krasnodar ölkasiga hujum qildi. Hujumlar oqibatida No…
12:21 / 27.11.2026
Donald Tramp Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga öz minnatdorligini izhor etdi

Donald Tramp Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga öz minnatdorligini izhor etdi

“Mamlakatimiz mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan menga tuhfa etilgan gözal özbek ayvonlari uçun Özbekistonning yu…
09:09 / 25.11.2026
Toşkent metropoliteniga 28 ta beş vagonli poyezd olib kelinadi

Toşkent metropoliteniga 28 ta beş vagonli poyezd olib kelinadi

Bugungi kunda Toşkent şahridagi jamoat transporti yölovçilarining 46 foizi metropolitendan foydalanmoqda. Metro xizmatiga bö…
13:30 / 27.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!