$
11765.76 UZS
-17.71
139.71 UZS
0.01
13638.87 UZS
-49.99
31° Kechasi 18°

Endi Jinoyat kodeksidagi “banditizm” moddasi yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorga nisbatan qo‘llanilmasligi mumkin

16:35 / 06.03.2020

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonuni loyihasi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, amaldagi Jinoyat kodeksining 179-, 182-, 192- hamda 242-moddalariga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin:

–179-modda, ya’ni “Soxta tadbirkorlik”ni nazarda tutuvchi modda chiqarib tashlanadi;
–182-modda, ya’ni “Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish”ni nazarda tutuvchi modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldiriladi:
   
“Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida bojxona to‘lovlarini to‘liq to‘lasa, javobgarlikdan ozod etiladi”;
–192-modda, ya’ni “Raqobatchini obro‘sizlantirish”ni nazarda tutuvchi modda chiqarib tashlanadi;

–242-modda, ya’ni “Jinoiy uyushma tashkil etish”ni nazarda tutuvchi modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldiriladi:

“Yuridik shaxsning muassislari, rahbarlari, xodimlari, uning tuzilmaviy bo‘linmalari rahbarlari, xodimlari yuridik shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yoki boshqa iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun ushbu moddaning birinchi qismi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilmaydi, bundan yuridik shaxs, uning tuzilmaviy bo‘linmasi bir yoki bir nechta og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etish uchun atayin tashkil etilganligi hollari mustasno”.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida Shavkat Mirziyoyev mazkur masala haqida alohida to‘xtalib, jumladan shunday degan edi:
“Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyekti a’zolariga “jinoiy uyushma” degan ayblov qo‘yib, ularga og‘ir jazo tayinlash kabi allaqachon umrini o‘tab bo‘lgan tartiblarni bekor qilish vaqti yetdi. Buning oqibatida yuzlab tadbirkorlar qanchadan-qancha aziyat chekib, moddiy zarar ko‘rayotganlarini inobatga olsak, bu o‘zgarishlarning qanday katta ahamiyatga ega ekani yaqqol ayon bo‘ladi”.


Bu ham qiziq

Kongoda Ebola bilan kasallanganlar soni 7 mingdan oshdi

Kongoda Ebola bilan kasallanganlar soni 7 mingdan oshdi

Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi bilan tasdiqlangan kasallanish holatlari 7 022 taga yetdi. Virus mamlakatning y…
12:26 / 12.09.2026
Bernem Trampning Irlandiya birlashishi haqidagi bayonotiga javob qaytardi

Bernem Trampning Irlandiya birlashishi haqidagi bayonotiga javob qaytardi

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Endi Bernem AQSH Prezidenti Donald Trampning Irlandiyaning birlashishi haqidagi bayonotlariga mu…
09:35 / 13.09.2026
Tirik odam vafot etgan deb rasmiylashtirilsa, xatoni qanday tuzatish mumkin?

Tirik odam vafot etgan deb rasmiylashtirilsa, xatoni qanday tuzatish mumkin?

Fuqaro tirik bo‘lishiga qaramay, uning vafoti davlat tomonidan rasmiy qayd etilishi jiddiy huquqiy va ma’muriy muammolarga o…
10:56 / 14.09.2026
Dunyo futbolida ilk bor qora kartochka joriy etildi: u o‘yinni muddatidan oldin yakunlash uchun qo‘llanadi

Dunyo futbolida ilk bor qora kartochka joriy etildi: u o‘yinni muddatidan oldin yakunlash uchun qo‘llanadi

Ruminiya futbol federatsiyasi (FRF) dunyoda birinchi bo‘lib qora kartochkani joriy etdi. Yangi chora yoshlar futboli uchrash…
12:05 / 12.09.2026
Farg‘onada buvisini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan yigit 17 yilga qamaldi

Farg‘onada buvisini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan yigit 17 yilga qamaldi

Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida 20 yoshli yigit buvisini o‘ldirib, jinoyat izlarini yashirish maqsadida uning jasadi …
09:38 / 13.09.2026
Turkiyada ikki o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirgan shaxslar umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Turkiyada ikki o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirgan shaxslar umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Turkiyaning Istanbul shahrida ikki o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirish va ularning jasadlarini bo‘laklarga ajratish ishida sud h…
09:47 / 13.09.2026
Dunyoda har yili 727 ming kishi o‘z joniga qasd qiladi

Dunyoda har yili 727 ming kishi o‘z joniga qasd qiladi

Dunyoda har yili 727 mingga yaqin kishi o‘z joniga qasd qiladi. 15–29 yoshdagi yoshlar orasida suitsid 2021-yilda o‘lim saba…
10:22 / 12.09.2026
Fransiya va Slovakiya Alisher Usmonovni YEI sanksiyalaridan chiqarishni so‘ramoqda

Fransiya va Slovakiya Alisher Usmonovni YEI sanksiyalaridan chiqarishni so‘ramoqda

Fransiya Slovakiyaga qo‘shilib, kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonovni Yevropa Ittifoqi sanksiya…
12:29 / 12.09.2026
Zelenskiy sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendelga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Zelenskiy sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendelga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendel va yana to‘qqiz kishiga nisbatan sanksiyalar joriy …
10:40 / 14.09.2026
Qirg‘izistonning Xitoy oldidagi qarzi 1,4 milliard dollar ekani ma’lum qilindi

Qirg‘izistonning Xitoy oldidagi qarzi 1,4 milliard dollar ekani ma’lum qilindi

Qirg‘izistonning Xitoy oldidagi davlat qarzi 1,4 milliard dollarni tashkil etmoqda. Bu haqda mamlakat moliya vaziri o‘rinbos…
15:27 / 14.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!