$
12178.85 UZS
49.84
146.54 UZS
-1.45
14053.18 UZS
84.2
31° Kechasi 18°

Tishsiz qolishni istamaysizmi? Unda...

11:20 / 08.03.2020

Tishlar og‘izdan yoqimli hid kelishi uchungina tozalanmasligi kerak! Tish tozalashdan eng birinchi maqsad bu, tish va milklar salomatligini saqlashdan iborat bo‘lmog‘i lozim. Biroq, ko‘pchiligimiz tishlarni tozalashda bir xil xatoga yo‘q qo‘yamiz va oqibatda tishlarimizni yo‘qotamiz. Yoki bo‘lmasa, tishlarni davolash uchun stomatologga yugurishga majbur bo‘lamiz... 
Buni chetlab o‘tish uchun esa, quyida keltirilgan xatoliklarga yo‘l qo‘ymang.

1. Tish chotkasini noto‘g‘ri ushlash va uni noto‘g‘ri harakatlantirish
Tish chotkasini tishning tashqi yuzasida, 45 daraja ostida ushlash kerak. Tishlarni aylanma harakatlar bilan, chotkani esa milklardan tish chetiga qarab harakatlantirish o‘rinli. Bunday texnika tishlar orasini ham yaxshilab tozalashga yordam beradi. Har bir tish yuzasi 6 ta harakatlar bilan tozalab chiqiladi.

2. Tishlarning hammasini tozalamaslik
Har bir tishda beshta yuza bor. Chotka va pasta bilan ulardan uch qismini – old, chaynov va ichki tomonni tozalash mumkin. Tishning chet va oraliq qismlarini maxsus tish tozalovchi iplar yordamida tozalash maqsadga muvofiqdir. Bu kariyesning oldini olishga yordam beradi.    

3.  Yetarlicha tozalamaslik
Tish tozalash jarayoni 2 daqiqani tashkil etishi kerak. Karashlarning oldini olish uchun ham xuddi shuncha vaqt talab etiladi. Tozalash jarayonida vaqtga qarash yodingizdan chiqib qolsa, kerakli muddatni qo‘shiq tinglash orqali ham belgilash mumkin. Bitta qo‘shiq 2-3 daqiqa davom etadi.   

4.  Noto‘g‘ri chotkalardan foydalanish
Chotka boshchasi uncha katta bo‘lmasligi, tolalar yuzasi notekis bo‘lganlarini tanlagan ma’qul. Tish chotkasi tolalari yumshoq bo‘lishi lozim. Qattiq tolali tish chotkasi milklarni jarohatlaydi, tish emali zararlanishi mumkin.

5. Tish chotkasini kam yangilash
Muddatidan ko‘p qo‘llanilgan tish chotkasi og‘iz bo‘shlig‘ini tozalash o‘rniga aksincha, zararlaydi. Katta yoshli insonlar har uch oyda bir marta tish chotkasini almashtirib turishlari kerak. Bolalarga esa 2-2,5 oyda bir marta yangilash tavsiya etiladi.  

6. Tarkibida ftorsiz pastadan foydalanish
Tarkibida ftor mavjud tish pastalari kariyesning oldini oluvchilardir. Ftor tish emalini mustahkamlab, zararli mikroblar ko‘payishini to‘xtatadi, ularga halokatli ta’sir ko‘rsatadi. Kattalarga tarkibida ftor miqdori 1350-1500 ppm. bo‘lgan tish pastasidan foydalanishlari tavsiya etiladi. Bolalar uchun esa 1000 ppm. miqdordagi tish pastalari mos keladi. 

7. Og‘izni ko‘p chayish
Patsadagi ftor tishlarga ta’sir ko‘rsatishi uchun vaqt kerak. Tish orasidagi qolib ketgan ftor qoldiqlarini suv bilan chayish tashlash esa kerakli natijani bermaydi. Og‘izni ko‘p miqdorda suv bilan chayqash ham tavsiya etilmaydi.

8. Ovqatlanib bo‘lgach darhol tishni tozalash
Ovqatlanishdan so‘ng og‘izda zararli bakteriyalar faollashadi. Ular tish emalini yumshatuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Bu vaqtda tishni tozalash emalning jiddiy zararlanishiga sababchi bo‘ladi. Mutaxassislar tishni ovqatlanishdan 30 daqiqa o‘tgach tozalashni tavsiya etishadi.


Bu ham qiziq

O‘zbekiston maktablarida bahorgi ta’til 20-martdan boshlanadi

O‘zbekiston maktablarida bahorgi ta’til 20-martdan boshlanadi

Ramazon hayiti 20-martda nishonlanishi munosabati bilan o‘quvchilarning bahorgi ta’tili ayni shu kundan boshlanib, 28-martga…
10:25 / 19.03.2026
Samarqandga 150 ta elektrobus olib kelinadi

Samarqandga 150 ta elektrobus olib kelinadi

Bugun, 18-mart kuni Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida jamoat transporti uchun olib kelingan zamonaviy elektrobuslar va q…
14:36 / 18.03.2026
Samarqandda xorijdan olib kelingan 38 kg narkotik moddalar musodara qilindi

Samarqandda xorijdan olib kelingan 38 kg narkotik moddalar musodara qilindi

Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘ati…
16:11 / 18.03.2026
O‘zbekistonda Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida 392 nafar shaxs afv etildi

O‘zbekistonda Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida 392 nafar shaxs afv etildi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navro‘z bayrami va Ramazon hayiti arafasida jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngil…
10:00 / 19.03.2026
Toshkent–Chorvoq yo‘nalishida avtobuslar qatnovi tiklanadi

Toshkent–Chorvoq yo‘nalishida avtobuslar qatnovi tiklanadi

23-martdan boshlab Toshkent–Chorvoq yo‘nalishidagi mavsumiy avtobus harakati qayta yo‘lga qo‘yiladi.
10:45 / 20.03.2026
AQShda Tramp tasviri tushirilgan esdalik tangalar chiqariladi

AQShda Tramp tasviri tushirilgan esdalik tangalar chiqariladi

AQSh mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan Donald Tramp tasviri tushirilgan 24 karatli esdalik oltin tanga federal s…
15:38 / 20.03.2026
Prezident Imom Moturidiy majmuasidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Prezident Imom Moturidiy majmuasidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Samarqandga tashrifining ikkinchi kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Imom Moturidiy yodgorlik majmuasida davom etayotgan quri…
11:42 / 19.03.2026
Toshkentda uylarni qalbaki hujjatlar bilan sotgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Toshkentda uylarni qalbaki hujjatlar bilan sotgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Toshkent shahrida ijaraga olingan uylarni qalbaki hujjatlar orqali sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi.
15:51 / 18.03.2026
Isroil musulmonlarga Al-Aqso masjidida hayit namozini o‘qishga ruxsat bermadi

Isroil musulmonlarga Al-Aqso masjidida hayit namozini o‘qishga ruxsat bermadi

Isroil hukumati Ramazon oyi boshidan buyon Al-Aqso majmuasiga kirishni cheklab qo‘ygan.
14:26 / 20.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!