$
12913.19 UZS
4
154.17 UZS
0.87
13908.80 UZS
-26.67
21° Kechasi

Eng ko‘p “Oskar” kimga berilgan? 

16:43 / 12.09.2019

“Oskar” mukofotini olish kino olami ijodkorlari uchun katta ahamiyat kasb etadi. Garchi hali o‘zbek kinoijodkorlari bu mukofotni qo‘lga kiritmagan bo‘lsada butun dunyo uchun kino san’ati ramzi bo‘lgan “Oskar” mukofoti haqidagi faktlarni bilish barchamiz uchun qiziq, albatta. 

Картинки по запросу oscar


“Bo‘ronlar hukmdori” eng kam daromad olgan film hisoblanadi 

Картинки по запросу Повелитель бури


82-taqdirlash marosimida “Bo‘ronlar hukmdori” filmi 9 ta nominatsiyaga nomzod bo‘lib, 6 ta “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Biroq bu filmdan olingan daromad “Avatar” filimidan olingan daromadning 1 foiziga teng bo‘lgan.


Qizil yo‘lakcha 

Похожее изображение

Aktyor, aktrisalar marosimiga qizil yo‘lakcha orqali o‘tib kelish jarayoni uchun katta tayyorgarlik ko‘rishadi. Nima kiyish, qanday yurish haqida avvaldan o‘ylab, repititsiya qilib olishadi. Mashhurlar yuradigan qizil gilamning uzunligi 152 metr bo‘lsa, eni 10 metrni tashkil etadi. Unda 100 ga yaqin fotograflar, 300 ta televizion kompaniya vakillari, shu jumladan operatorlar, ovoz muhandislari va boshqa mutaxassislar san’atkorlarni ommaga namoyish qilish uchun mehnat qilishadi. 


2010-yilgacha rejissyorlar orasida “Oskar” mukofoti faqat erkaklargagina nasib qilgan

Картинки по запросу Кэтрин Бигелоу oscar

Ketrin Biglou “Oskar” olgan birinchi ayol rejissyor hisoblanadi. Unga bu mukofot “Bo‘ronlar hukmdori” filmi uchun berilgan. U Oskar tarixida “Eng yaxshi rejissor” nominatsiyasiga nomzodi qo‘yilgan 4-ayol rejissyor bo‘lgan. Bu tarafdan u sobiq eri Jeyms Kemronning “Avatar” filimidan o‘zib ketgan. Shunday qilib bu ikki ijodkor kino tarixida “Oskar” mukofotiga oilaviy sazovar bo‘lgan yagona juftlik hisoblanadi. 


Nima uchun aynan “Oskar”?

Картинки по запросу Гипсовый Оскар

Oltin haykalcha nima uchun “Piter” yoki “Volter” emas, aynan “Oskar” deb nomlangan? Rasmiy ravishda ushbu mukofot "Akademik mukofot" yoki "Xizmat uchun akademik mukofot" deb nomlanadi. Akademiya kutubxonachisi Margaret Herrik mukofotni yasab turib uni o‘z amakisi Osakarga o‘xshab qolganini payqab qoladi. Shu-shu kinomukofot “Oskar” deb nom oladi. Undan oldin haykal turlicha nomlar bilan atalgan: “Oltin mukofot”, “Xizmat ko'rsatgani uchun haykal” va hattoki, “Temir odam” ham deyishgan. Biroq “Oskar” nomining paydo bo‘lishi haqidagi ushbu versiyani ba'zi tarixchilar xato deb taxmin qilishmoqda. Aytishlaricha, aslida Amerikaning taniqli aktrisalaridan biri Betti Devis mukofotni shunday atagan.


Gipsli “Oskar”

Картинки по запросу Гипсовый Оскар

Ikkinchi Jahon urushi vaqtida barcha davlatlarda metal yetishmasligi muammosi bo‘lgan. O‘z navbatida bu Oskar haykallarini ishlab chiqaruvchilarga ham ta’sir o‘tkazgan. Oqibatda ular 1942-yildan to urush tugagunga qadar mukofotni gipsdan yasashga majbur bo‘lishgan. Albatta, urush tugagach, gipsli Oskar olganlarning barchasiga qaytadan metal haykalchalar berilgan. 

Oskarga “Oskar” mukofoti berilgan

Картинки по запросу Оскар Хаммерштейн II

Amerika kino akademiyasi mukofoti tarixida Oskar ismli kishiga ikki marta berilgan. Oskar Hammerstein II bu mukofotlarni “Eng yaxshi saundtrek” nominatsiyasi uchun qo‘lga kiritgan. Birinchisini, 1941-yilda "Lady Be Good" filmiga ishlagan “Oxirgi marta Parijni ko‘rdim” qo‘shig‘i uchun olgan bo‘lsa, ikkinchisini 1945-yili “State Fair” filimiga ishlagan “It Might as Well Be Spring” qo‘shig‘i uchun olgan.  

“Oskar” taqdimoti bekor qilingan

Akademik mukofotning butun tarixida uch marotaba mukofot berish bekor qilingan yoki qatnashchilarning hayotiga tahdid solmasligi tufayli qoldirilgan. 1-marta 1938-yili Los-Anjelesdagi toshqin paytida, 2-marta 1968-yili Martin Lyuter Kingning o‘ldirilishidan keyin, 3-marta esa 1981-yili AQSh prezidenti Ronald Reyganga qilingan suiqasddan keyin.

Oskor mukofotini olganlar haqida qiziqarli faktlar

Uolt Disney eng ko‘p “Oskar”ni qo‘lga kiritgan media kompaniya hisoblanadi. Firmaning mediamahsulotlari mukofotga 64 marta da’vogarlik qilib, 24 marta mukofotni qo‘lga kiritgan. 

“Eng yaxshi ayol roli ijrochisi uchun eng ko‘p Oskar Katarina Xepbernga berilgan. "Rainmaker", "The African Queen" va boshqa filmlardagi rollari uchun unga 4 marta “Oskar” berilgan.

Картинки по запросу кэтрин хепберн

“Oskar”ni qo‘lga kiritgan eng yosh aktyor esa 10 yoshli Tatum O’Nilldir. U bu mukofotni “Qog‘ozli Oy” filimidagi ikkinchi darajali roli uchun qo‘lga kiritgan. 

Картинки по запросу татум о'нил оскар

Mukofot tarixida faqat uchta film "Oskar"ning to‘liq to‘plami(eng yaxshi film, eng yaxshi aktyor, eng yaxshi aktrisa, eng yaxshi rejissyor va eng yaxshi ssenariy)ni olishga muvvaffaq bo‘ldi. Bular: "Bu bir kechada yuz berdi" (1934), "Kukoning uyasi ustidan parvoz" (1975) va "Qo'zilarning sukunati" (1991) filimlari bo‘lgan.

“Ben gur”, “Titanik”, “Uzuklar hukmdori” eng ko‘p “Oskar” olgan filmlar hisoblanadi. 

Aytgancha, “Uzuklar hukmdori” filmi nomzodi qo‘yilgan barcha nominatsiyalarda mukofotlangan yagona film hisoblanadi. 

Albatta, o‘zbek kino san’ati ijodkorlari ham ushbu mukofotni qo‘lga kiritishlariga umid qilib qolamiz!


Bu ham qiziq

O‘zbekiston shaxmatchilari Jahon chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘ldi

O‘zbekiston shaxmatchilari Jahon chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘ldi

Serbiyada maktab o‘quvchilari o‘rtasida jahon chempionati – “FIDE World School Chess Championships” 2025 o‘tkazildi.
14:30 / 29.03.2025
1-apreldan nimalar o‘zgaradi?

1-apreldan nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekistonda 2025-yil 1-apreldan e’tiboran qonunchilikda bir qancha o‘zgarishlar amalga oshadi.
21:50 / 29.03.2025
30-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

30-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 30-mart kuni Toshkentda havo biroz bulut…
23:00 / 29.03.2025
Tailandda og‘ir kasallikka chalingan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Tailandda og‘ir kasallikka chalingan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

“Shu yil 3-mart kuni O‘zbekiston fuqarosi I.S. Tailandning Pattaya shahrida insultga chalinishi natijasida shoshilinch tarzd…
13:47 / 30.03.2025
Rossiya va AQSh nodir yer metallari bo‘yicha muzokaralarga kirishdi

Rossiya va AQSh nodir yer metallari bo‘yicha muzokaralarga kirishdi

Bu haqda “Izvestiya” gazetasi xabar berdi.
12:55 / 31.03.2025
Mirziyoyev Xo‘jandga yetib bordi

Mirziyoyev Xo‘jandga yetib bordi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Xo‘jand shahriga keldi.
10:47 / 31.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoa…
09:41 / 31.03.2025
Ukraina kosmik kuchlarni yaratish ustida ishlamoqda

Ukraina kosmik kuchlarni yaratish ustida ishlamoqda

Ukraina Mudofaa vazirligi davlat va xususiy kompaniyalar, shuningdek, olimlarning mudofaa kuchlari bilan o‘zaro hamkorligini…
08:49 / 30.03.2025
Turkiya muxolifati mamlakatda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari o‘tkazilishini xohlamoqda

Turkiya muxolifati mamlakatda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari o‘tkazilishini xohlamoqda

Ular saylovlar o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlovchi imzo to‘plash kampaniyasini boshlab yuborishgan.
08:21 / 31.03.2025
Hayit namozi qanday o‘qiladi?

Hayit namozi qanday o‘qiladi?

Alloh rizoligi uchun Ramazon hayiti namozini o‘qishga niyat qilinadi.
22:22 / 29.03.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!