Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi, deb yozmoqda Xorazm viloyati hokimligi Matbuot xizmati.
Tashkiliy masala doirasida 2018-yildan Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Kurbanov O‘ktamboy Kuchkarovich Yangibozor tumani hokimi etib tayinlangan.

Yana bir tayinlov Hazorasp tumanida ham amalga oshirildi. Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Masharipov Uktam Rustamovich tuman hokimi etib tayinlandi. U 2018-yildan Xorazm viloyati Yangibozor tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, Yangiariq tumani hokimi Maqsud Ortiqovich Saidov ishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda orqada qolganligi sababli vazifasidan ozod etilgandi.
Uning o‘rniga Muhammadmurod Xudayberganov nomzodi Yangiariq tumani hokimi lavozimiga deputatlar tomonidan tasdiqlangan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!