$
12689.97 UZS
-15.03
137.20 UZS
1.09
13557.96 UZS
14.43
22° Kechasi 10°

Habib Nurmagomedov: Poryening futbolkasini sotaman. Tushgan pullarni esa…

09:09 / 08.09.2019

Bugun yarim tunda Birlashgan Arab Amirliklarining poytaxti Abu-Dabi shahrida UFC 242 turniri chempionligi uchun jang o‘tkazildi. Unda UFC’ning yengil vaznida jahon chempioni, rossiyalik Habib Nurmagomedov amerikalik Dastin Poryega qarshi oktagonga chiqdi. 

Jang Habib Nurmagomedovning to‘liq ustunligida o‘tdi. Uchinchi raund boshida UFC’ning amaldagi chempioni Nurmagomedov raqibini bo‘g‘ib olib, uni taslim bo‘lishga majbur qildi. 

Jangdan so‘ng raqiblar an’anaga ko‘ra futbolkalarini almashishdi. Dog‘istonlik sportchi Poryening o‘z liboslari sotuvidan tushgan pullarni xayriya ishlariga sarflashidan xabardorligini ma’lum qilarkan, u ham shunday niyatda ekanini va Poryening futbolkasini sotuvga qo‘yib, undan tushgan mablag‘ni Dastinning xayriya fondiga o‘tkazib berishini aytdi. 

Eslatib o‘tamiz, bu Nurmagomedovning karyerasidagi 28-g‘alabasi bo‘lib, u shu paytgacha biror marta mag‘lubiyatga uchramagan.

Habib faoliyati davomida ikkinchi marta chempionlik kamarini himoya qilishning uddasidan chiqdi. Bundan avval u irlandiyalik raqibi Konor Makgregorni muddatidan oldin taslim qilgandi.


Bu ham qiziq

Gruziya Ukraina fuqarolari uchun vizasiz qolish muddatini uzaytirdi

Gruziya Ukraina fuqarolari uchun vizasiz qolish muddatini uzaytirdi

Avvalroq, Ukraina fuqarolarining Gruziya hududida vizasiz qolishining bu muddati bir yil edi.
15:39 / 24.04.2024
Qashqadaryoda 102 yoshli otaxonga tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi

Qashqadaryoda 102 yoshli otaxonga tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi

Xabarga koʻra, otaxonning oʻgʻillari FHDYO boʻlimiga murojaat qilgan.
12:49 / 24.04.2024
Nensi Pelosi: Netanyaxu iste’foga chiqishi kerak, u tinchlikka to‘sqinlik qiladi

Nensi Pelosi: Netanyaxu iste’foga chiqishi kerak, u tinchlikka to‘sqinlik qiladi

Bu haqda u “Six One News”ga bergan intervyusida ma'lum qildi.
18:00 / 24.04.2024
Toshkentning ayrim hududlarida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentning ayrim hududlarida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.
09:58 / 24.04.2024
Yuz minglab argentinaliklar prezident Xaver Mayli siyosatiga qarshi namoyishga chiqdi

Yuz minglab argentinaliklar prezident Xaver Mayli siyosatiga qarshi namoyishga chiqdi

Namoyishchilar mamlakat hukumatidan ta’limni bepul qoldirishni talab qilmoqda.
15:48 / 24.04.2024
AQShdagi o‘rtacha oylik statistikasi e’lon qilindi

AQShdagi o‘rtacha oylik statistikasi e’lon qilindi

Amerikadagi o‘rtacha oyliklar bilan tanishing.
15:59 / 22.04.2024
Yerevanda Turkiya va Ozarbayjon bayroqlari yoqib yuborildi

Yerevanda Turkiya va Ozarbayjon bayroqlari yoqib yuborildi

Qayd etilishicha, 2000-yildan beri Armanistonda shunga o‘xshash tadbirlar har yili o‘tkaziladi.
12:55 / 24.04.2024
Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid O‘zbekistonga keladi

Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid O‘zbekistonga keladi

Bu haqda “Independent” xabar berdi.
16:21 / 22.04.2024
Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

2000 metr balandlikda qor ko‘chishi mumkin.
17:45 / 22.04.2024
Buyuk Britaniya Ukrainaga eng yirik harbiy yordam paketini jo‘natadi

Buyuk Britaniya Ukrainaga eng yirik harbiy yordam paketini jo‘natadi

Rishi Sunak seshanba kuni Polshaga tashrifi doirasida Ukrainaga 500 million funt sterlinglik yangi harbiy yordam paketini ra…
12:40 / 23.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!