$
11993.53 UZS
40.8
158.52 UZS
-0.96
14054.02 UZS
32.27
31° Kechasi 18°

Prezident qarori: Yangi — “Barkamol avlod” bolalar maktabi tashkil etiladi

11:34 / 01.10.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti“Xalq taʼlimi tizimidagi maktabdan tashqari taʼlim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, Xalq taʼlimi tizimidagi maktabdan tashqari taʼlim samaradorligini yanada oshirish, oʻquvchi-yoshlarda yuksak maʼnaviy fazilatlarni kamol toptirish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yoʻnaltirish orqali mustaqil hayotga tayyorlash, intellektual barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentyabrdagi “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3931-son qaroriga muvofiq:

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi

texnik ijodiyot, badiiy ijodiyot, oʻlkashunoslik va ekologiya boʻyicha “Barkamol avlod” respublika bolalar markazlari negizida Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabini;

“Barkamol avlod” tuman (shahar) bolalar markazlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar “Barkamol avlod” bolalar markazlari negizida “Barkamol avlod” bolalar maktablarini;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari huzuridagi axborot-resurs markazlari negizida “Bolalar kutubxonalari”ni;

2020-2023 yillarda Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida tizimli ravishda bolalar turizmini rivojlantirish maqsadida “Barkamol avlod” bolalar maktablari huzurida 100-200 oʻrinli “Bolalar sayyohlik bazalari”ni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullandi.

Belgilanishicha:
“Bolalar kutubxonalari” umumtaʼlim muassasalari kutubxonalariga amaliy va uslubiy yordam koʻrsatish, oʻquvchilarning milliy va jahon bolalar badiiy adabiyotlari durdona asarlariga boʻlgan ehtiyojini aniqlash, ularni kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish, madaniy-maʼrifiy tadbirlarni (“Yosh kitobxon”, “Kitobxon maktab”, “Eng yaxshi kutubxonachi” va boshqalar) tashkil etishga koʻmaklashish;
“Bolalar sayyohlik bazalari” “Barkamol avlod” bolalar maktablarining “yosh sayyoh”, “yosh ekskursovod”, “yosh oʻlkashunos” toʻgarak aʼzolari uchun oʻlkamiz tarixi, qadimiy va muqaddas qadamjolar, milliy urf-odatlarimiz bilan yaqindan tanishtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va asrash, bolalar oʻrtasida ekologiya hamda sayohat qilish madaniyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etiladi.

Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining maktabdan tashqari taʼlimni rivojlantirish boʻyicha asosiy vazifalari etib belgilanadi:

yosh avlodni maʼnaviy barkamol etib tarbiyalash, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishini taʼminlash, bunda ularning sanʼat, sport, axborot texnologiyalari, kitob oʻqishga qiziqishini oshirish hamda qizlarni ijtimoiy faol hayotga tayyorlashni tashkillashtirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllash orqali bolalarni individual rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va uslubiy materiallarni doimiy takomillashtirib borish;
robototexnika, mexatronika, muhandislik va kompyuter dasturiy taʼminoti yoʻnalishlaridagi toʻgaraklarni doimiy rivojlantirib borish;
bolalar va taʼlim turizmlarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish;
oʻquvchi-yoshlarning ijodiy ishlarini ommalashtirish, shu jumladan, dunyo bozoriga milliy anʼanalarimiz asosida “Barkamol avlod” bolalar maktablarining toʻgarak aʼzolari tomonidan yaratilgan mahsulotlarni olib chiqish maqsadida “Art shop” elektron doʻkonlarini tashkil etish va sotuvini yoʻlga qoʻyish;
maktabdan tashqari taʼlim muassasalariga oʻquvchilar qamrovini oshirish, oʻquvchilar qiziqishlariga koʻra toʻgaraklarni tashkil etish va doimiy faoliyat olib borishini taʼminlash;
bolalarda kasbni egallash boʻyicha dastlabki bilim va koʻnikmalarni shakllantirish, tarmoq toʻgaraklari faoliyatini metodik taʼminlash, kitobxonlik madaniyatini oshirish uchun maktabdan tashqari taʼlim muassasalari faoliyatini zamonaviy taʼlim dasturlari orqali takomillashtirish;
yetakchi tashkilotlar va oliy taʼlim muassasalari bilan birgalikda “Barkamol avlod” bolalar maktablarida robototexnika va texnik ijodiyot yoʻnalishida foydalanadigan xomashyolar roʻyxatini shakllantirish va yangilab borish;
bolalar texnik ijodkorligini rivojlantirish uchun xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribalari asosida “Barkamol avlod” bolalar maktablarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida “Bolalar texnoparki” loyihalarini tashkil etish;
“Barkamol avlod” bolalar maktablari va “Bolalar kutubxonalari”ning xalqaro hamda respublika tanlovlari gʻoliblarini munosib ragʻbatlantirish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish;
tizimda ilmiy va amaliy tajriba almashish ishlarini olib borish maqsadida xorijiy mamlakatlarda xodimlarning malaka oshirishi hamda maqsadli xizmat safarlarini tashkil etish;
bolalar oʻrtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, koʻchma kutubxonalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish, bolalar
va maktab kutubxonalarini badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish;
maktabdan tashqari taʼlim muassasalarining boʻsh turgan bino va yer maydonlaridan samarali foydalanishni taʼminlash uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida maqsadli loyihalarni amalga oshirish.

Belgilanishicha:
“Barkamol avlod” bolalar maktablarida 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab “STEAM – taʼlim” (Science – tabiiy fanlar, Technology – texnologiyalar, Engineering – muhandislik, Art – sanʼat, Mathematics – matematika) dasturi joriy etiladi;
eksperiment tariqasida har bir tumanda bitta umumiy oʻrta taʼlim maktablarida muassasa moddiy-texnik bazasidan kelib chiqib hamda oʻquvchilar qiziqishiga koʻra “Barkamol avlod” bolalar maktablarining tarmoq toʻgaraklari tashkil etiladi;
“Barkamol avlod” bolalar maktablari va “Bolalar kutubxonalari”ni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash, shuningdek, mazkur obyektlarni jihozlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi doirasida nazarda tutiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
2020-yil 1-yanvardan boshlab “Barkamol avlod” bolalar maktablarini maxsus asbob-uskunalar va jihozlar bilan taʼminlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida “Taʼlim” sohasi uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida va “Barkamol avlod” bolalar maktablarining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;

200 oʻquvchiga moʻljallangan “Barkamol avlod” bolalar maktablari, 100-200 oʻrinli “Bolalar sayyohlik bazalari”, 100 oʻquvchiga moʻljallangan “Bolalar kutubxonalari”ni yangidan qurish ishlari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Qurilish vazirligi bilan kelishilgan yakka tartibda tasdiqlangan loyihalarga qatʼiy rioya qilingan holda amalga oshiriladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan belgilangan tartibda qurilish-montaj ishlarini bajarishda shaharsozlik norma va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat oʻrnatiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimidagi maktabdan tashqari taʼlim muassasalari xodimlari va toʻgarak rahbarlarini tegishli mutaxassislik yoʻnalishida malaka oshirish tizimini joriy etish maqsadida 2020-yil 1-yanvardan boshlab A.Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Maktabdan tashqari taʼlim tizimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kafedrasi tashkil etiladi.

Zamonaviy taʼlim texnologiyalari asosida, shu jumladan, masofaviy taʼlim texnologiyalarini qoʻllagan holda ixtisoslashtirilgan toʻgaraklar yoʻnalishlari boʻyicha xalq taʼlimi tizimidagi maktabdan tashqari taʼlim muassasalari xodimlarini malaka oshirishning va qayta tayyorlashning amaldagi normalariga muvofiq qayta tayyorlash va malakasini oshirish Kafedraning asosiy vazifasi etib belgilandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Barkamol avlod” bolalar maktablari xodimlarining bazaviy tarif stavkalarini 2020-yil 1-yanvardan:

direktor va direktor oʻrinbosarlari uchun 1,55 baravarga;

toʻgarak rahbari uchun 1,5 baravarga oshirish;

instruktor-uslubchilar va uslubchilar mehnatiga haq toʻlash tartibini bazaviy tarif stavkalaridan kelib chiqib amalga oshirish va ularning bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini toʻgarak rahbarlari bazaviy tarif stavkalari miqdoriga tenglashtirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullandi.


Bu ham qiziq

Ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun moliyaviy sanksiyalar joriy etiladi

Ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun moliyaviy sanksiyalar joriy etiladi

Qonun (O‘RQ–1143-son, 04.05.2026-yil) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
17:11 / 04.05.2026
O‘zbekiston Birinchi xonimi Malayziya Qirolichasi bilan uchrashdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi Malayziya Qirolichasi bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Malayziya Qirolichasi Raja Z…
02:27 / 05.05.2026
O‘lim holatlarining katta qismi qaysi kasallikdan kelib chiqmoqda?

O‘lim holatlarining katta qismi qaysi kasallikdan kelib chiqmoqda?

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun dunyoda qayd etilayotgan o‘lim va nogironlik holatlarining katta qismi infarkt hamda insult kasal…
11:31 / 04.05.2026
Samarqandda yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi yong‘in bartaraf etildi

Samarqandda yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi yong‘in bartaraf etildi

5-may kuni soat 11:13 da Samarqand shahar Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasid…
13:40 / 05.05.2026
Farzandli bo‘lgan erkaklarga ham dekret ta’tili berilishi mumkin

Farzandli bo‘lgan erkaklarga ham dekret ta’tili berilishi mumkin

Oliy Majlisda ko‘rib chiqilgan qonun loyihalaridan biri farzandli bo‘lgan otalarga ham qo‘shimcha ta’til berish masalasiga b…
13:46 / 05.05.2026
“Biz Rossiya va Xitoy bilan doimiy aloqadamiz” – Eron TIV

“Biz Rossiya va Xitoy bilan doimiy aloqadamiz” – Eron TIV

Eron Tashqi ishlar vazirligi Rossiya va Xitoy bilan turli masalalar bo‘yicha aloqalar haqida gapirdi.
16:50 / 04.05.2026
Hormuzni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan kema o‘qqa tutildi

Hormuzni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan kema o‘qqa tutildi

Eron ommaviy axborot vositalari Jask oroli yaqinida AQSh dengiz floti kemasiga zarba berilgani haqida xabar berdi.
17:03 / 04.05.2026
Faxriylar” uchun yangi imtiyozlar belgilanmoqda

Faxriylar” uchun yangi imtiyozlar belgilanmoqda

“Faxriylar to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga ko‘ra, muayyan soha yoki kasbda uzoq yillar davomida vijdonan va namunali mehnat …
14:02 / 05.05.2026
Javohir Sindarov Varshavadagi nufuzli turnirda ishtirok etadi

Javohir Sindarov Varshavadagi nufuzli turnirda ishtirok etadi

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov bugun Polshaning Varshava shahrida start oladigan xalqaro turnirda ishtirok eta…
10:36 / 05.05.2026
O‘zbekistonda bepul beriladigan dori vositalari ro‘yxati tasdiqlandi

O‘zbekistonda bepul beriladigan dori vositalari ro‘yxati tasdiqlandi

O‘zbekistonda 2027-yildan kuchga kiradigan Sog‘liqni saqlash vazirligi buyrug‘i bilan reimbursatsiya dasturi doirasida aholi…
18:11 / 03.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!