Joriy yilning 27-fevralidan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkentdan Jidda va Madinaga bo‘lgan barcha qatnovlari vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilmoqda, deb xabar bermoqda “O‘zbеkiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining Matbuot xizmati.
Uzbekistan Airways ushbu holatni 25 ta davlat – shularning ichida O‘zbekistondan ham borgan sayyoh va ziyoratchilarining Saudiya Arabistoniga kiritilishi vaqtinchalik ma’n etilganligi bilan izohlagan.
Xabarda keltirilishicha, Saudiya Arabistoni tomonidan bunday qaror qabul qilinganligiga COVID-19 koronavirusi tarqalish xavfining oldini olish zarurati sabab bo‘lgan.
Shuningdek, aviakompaniya qisqa vaqt ichida faqatgina O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistonidan qaytib kelishlari uchun bir necha qatnovlar amalga oshirishi haqida ham xabar bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalgi xabarlarimizda Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligining vakolatli organlari koronavirusning tarqalishini zimdan kuzatayotganini, shu sababli Qirollik hukumati ushbu tashkilotlar orqali epidemiyaning oldini olish uchun belgilangan xalqaro standartlarni joriy qilishni bildirganligini ma’lum qilgan edik.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!