
Eron Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Iraj Harirchi koronavirus yuqtirib oldi, deya xabar qilmoqda Al Jazeera yangiliklar agentligi.
Iraj Harirchi dushanba kungi matbuot anjumanida mamlakatda virusdan 50 kishi o‘lgani haqidagi ma’lumotlarini rad etdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi seshanba kuni e’lon qilgan rasmiy raqamlarga ko‘ra, Eronda tasdiqlangan 95 bemordan 15 kishi vafot etgan.
“Koronavirus bilan kurashda oldingi saflarda bo‘lgan Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari janob Harirchi topshirgan test ijobiy bo‘lgandi", deydi Sog‘liqni saqlash vaziri matbuot kotibi Alireza Vahobzoda o‘zining Twitter’dagi sahifasida.
“Eron Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari yangi koronavirusni yuqtirdi. Bu mamlakatda epidemiya qo‘rquvi avj olgan paytda sodir bo‘ldi”, dedi vazirlik rasmiysi.
Iraj Harirchi vaqti-vaqti bilan yo‘talib yurgan. Dushanba kuni hukumat vakili Ali Rabi bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida esa terlash paydo bo‘lgan.
Matbuot anjumanidan keyin Harirchi ILNA axborot agentligiga bergan intervyusida virusni yuqtirganini aytgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!