$
12969.84 UZS
-15.48
133.97 UZS
1.75
13436.75 UZS
-74.48
15° Kechasi

“Green Card” lotereyasi ishtirokchilarining ariza va suratlari qanday tekshiriladi?

12:28 / 06.10.2019

“Grenn Card” lotereyasi tashkil topgan kundan hozirga qadar AQShga ko‘chib o‘tishning eng oson yo‘li bo‘lib kelmoqda. DV dasturida qatnashgan millionlab odamlar uchun lotereyada yashil kartani yutib olish ular umid qiladigan yagona immigratsion usuldir. Biroq ro‘yxatdan o‘tish jarayonida xatolar yoki talablarga mos kelmaydigan rasm tufayli siz imkoniyatingizni butunlay boy berishingiz mumkin.

Ishtirokchilarni tanlash jarayonida fotosuratlarga katta e’tibor beriladi. Fotosuratlar qanday tekshiriladi va nima uchun ko‘rsatmalarga aniq rioya qilish kerak?

Albatta, har bir ariza bergan ishtirokchi uchun, tanlov qay yo‘sinda amalga oshirilishi juda qiziq. Rostdan ham ishtirokchilar tasodifan tanlanadimi? Qanday qilib tanlovda ishtirok etayotganda yutish imkoniyatini oshirsa bo‘ladi?

“Green Card” o‘yini jarayonining o‘zi juda qiziq. Kompyuter haqiqatan ham tasodifiy ravishda butun dunyoda joylashgan mintaqaning umumiy bazasidan ma’lum miqdordagi (100 dan 150 mingacha) g‘oliblarni tanlaydi. Bor-yo‘g‘i 50 mingta viza borligini inobatga olsak, skriningni qamrab oladigan juda katta zaxira vujudga keladi. Dastlabki tanlangan 100-150 mingtalik orasidan qoidaga ko‘ra bir emas, bir nechta ariza topshirgan qatnashchilar va boshqa ma’lum qoidalarga to‘g‘ri kelmaydiganlar chetlashtiriladi.

“Green Card” lotereyasiga murojaat qilishda dastlabki tekshirish

Картинки по запросу Предварительная проверка при подаче заявки на лотерею Green Card

Dunyo bo‘ylab “Green Card” lotereyasida qatnashish uchun har yili 7 milliondan 15 milliongacha ariza topshiriladi. Bunday miqdordagi hujjatlarni qo‘lda qayta ishlash va tekshirish juda ko‘p xatolarga olib keladigan murakkab jarayon. Shuning uchun deyarli butun ishlov berish jarayoni avtomatlashtirilgan va maxsus kompyuter dasturlariga ishonib topshirilgan.

Arizani dvlottery.state.gov sayti orqali topshirish paytida, tasdiqlovchi forma so‘rovnomaning barcha kerakli maydonlari to‘ldirilganligini va biriktirilgan fotosuratlar belgilangan texnik parametrlarga mos kelishini tekshiradi. Bu birinchi texnik tekshirish. U qoidalarga rasmiy ravishda mos keladigan barcha arizalarni o‘tkazib yuboradi. Masalan, Yyyyyyy Xxxxxxx ismli shaxs tomonidan shaxsning surati bo‘lmagan fotosurat bilan so‘rovnomani yuborish mumkin. Agar ushbu fotosurat hajmi 600 dan 600 pikselgacha, .jpeg formatda, 240 kilobaytdan kam, rang 24 bitli bo‘lsa – faylning barcha texnik parametrlari qondiriladi, ariza qabul qilinadi va tasdiqlash raqami beriladi.

Biroq, Yyyyyyy Xxxxxxx ishtirokchisi hech qachon yutib chiqqanligi to‘g‘risida xabar olmaydi – keyingi tekshirish bosqichida uning arizasi rad qilinadi va u yashil kartani o‘ynashda qatnashmaydi.

“Green Card” berish uchun arizalarni tekshirish jarayoni

Картинки по запросу лотереи Green Card

AQSh Davlat Departamenti Green Card lotereyasi qaysi kuni o‘ynalayotgani haqida hech qanday ma’lumot bermaydi. O‘yinning aniq sanasi nashr qilish uchun talab qilinmaydigan qism hisoblanadi. Biroq, ba’zi manbalarda yashil karta lotereyasi dekabr oyining boshida o‘ynalishiga oid dalillar bor.

Shunday qilib, lotereyada qatnashish uchun arizalar kelib tushgan kundan boshlab g‘oliblarni aniqlash jarayoni bir oy davom etishi mumkin. Bu vaqtda taqdim etilgan profillar saralanadi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri qur’a tashlash uchun tayyorlanadi.

“Green Card” lotereyasi o‘yini va “chiqindi” profillar skriningi

Картинки по запросу лотереи Green Card

Aslida, bitta umumiy o‘yin bo‘lib o‘tmaydi. Tanlov har bir DV-lotereya dasturi dunyoning shartli ravishda ajratilgan oltita mintaqasida alohida-alohida tashkil etiladi. Har bir mintaqa uchun g‘olib bo‘lganlarning ma’lum kvotalari hisoblab chiqiladi va ulardagi kvotalari yig‘indisi umumiy g‘oliblarning sonini beradi – 100-150 ming kishi.

Tanlov paytida mintaqadagi barcha ishtirokchilarga tasodifiy ravishda yangi raqamlar (case number) beriladi.

Keyin, har bir murojaat DV-lotereya qoidalarining texnik talablariga muvofiqligi tekshiriladi. Dastur 1-sonli arizani qabul qiladi, uni tekshiradi va talablarga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi. Keyin dastur 2-raqamli arizaga o‘tadi va hokazolar bilan davom etadi. Agar dastur belgilangan parametrlarga mos kelmaydigan ishtirokchini aniqlasa, uni “chiqindi”, deb belgilaydi va uning raqamini o‘tkazib yuboradi.

Arizani topshirishda so‘rovnomalarga tasdiqlovchi hujjatlar biriktirilmagani sababli, tekshirishning ushbu bosqichida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini aniqlash mumkin emas.

Har bir rasm fayli tahlil qilinadi va u odam fotosuratda tasvirlanganmi yoki uning surati kompozitsion talablarga javob beradimi-yo‘qmi aniqlanadi.

Tasvirdagi boshning joylashishi qoidalar bilan belgilanadi – dastur bu sohada virtual niqobni o‘rnatadi. Bunda inson yuzining asosiy qismlari aniqlanadi: ko‘zlar, burunlar, lablar va boshqalar. Agar tahlil qilinadigan maydonning parametrlari ma’lum belgilarga ko‘ra niqobga to‘g‘ri kelsa, fotosurat yuz tasvirini o‘z ichiga olgan deb belgilanadi. 

Ushbu bosqichda mushuklar, avtoulovlar, bulutlar, qora fon va boshqa narslar rasmlari biriktirilgan profillar o‘chiriladi. Bunday profillar odatda odamlar tomonidan sayt qanday ishlashini ko‘rish, o‘z arizalarini topshirishdan oldin mashq qilish uchun yuboriladi.

Tarkibiy talablarga muvofiqlikni tekshirish

Картинки по запросу лотереи Green Card

Qoidalarda fotosuratdagi odamning tasviriga nisbatan qat’iy talablar qo‘yiladi: boshning o‘lchami, ko‘zning balandligi, boshning holati – egilish va aylanish, orqa fon rangi. Biroq quloqlar, yelkalar, soch turmagi, soqol va mo‘ylov, bo‘yanish to‘g‘risida qoidalarda hech narsa aytilmagan. Shunga ko‘ra, dastur faqat yozilgan qoidalarga asosan tekshiradi, deb taxmin qilishimiz mumkin.

Agar fotosuratdagi bosh istalganidan kattaroq yoki kichkina bo‘lsa, o‘ngga yoki chapga burilgan, ko‘tarilgan yoki egilgan, ko‘zlari keragidan katta yoki kichik bo‘lsa, tekshirish paytida ariza rad qilinadi. Agar sochlar orqasida quloqlar ko‘rinmasa, yelkalari bir xil darajada bo‘lmasa, mo‘ylov va soqol og‘zingizni yashirib qolgan bo‘lsa ham talablar bajarilgan deb hisoblanadi va ariza haqiqiy deb tan olinadi.

Yuzni aniqlashning birinchi bosqichiga tayyorgarlik

Arizani qayta-qayta topshirish lotereyada g‘olib bo‘lish ehtimolini oshirmaydi, aksincha, uni yo‘qqa chiqaradi. Bu qat’iy talablardan biri. Ammo vasvasaga tushgan juda ko‘pchilik ishtirokchilar (va vositachi tashkilotlar) taqiqni chetlab o‘tish uchun turli xil nayranglarga qo‘l urishadi.

Har bir ishtirokchining rasmida kompyuter haqiqatdan ham odam tasvirlanganini tushunishi uchun yuzni aniqlash texnologiyasini qo‘llaydi.

Lotereyada qatnashish uchun taqdim etilgan fotosuratlarni tekshirishda, kompyuter yuzni aniqlashning bir necha bosqichlaridan o‘tadi. Har bir keyingi tanib olish algoritmi avvalgisiga qaraganda murakkabroq bo‘lib boraveradi va natija qolmaguncha rasmlar soni kamayib boraveradi. Keyingi bosqichga 100 foiz inson tasvirlanganiga ishonch bildirilgan fotosuratlar o‘tadi.

Rasmlarni tasdiqlash Visionic tomonidan ishlab chiqilgan FaceIt texnologiyasiga asoslangan. Ushbu texnologiya dastur menejeri doktor Jozef Atik tomonidan ishlab chiqilgan. FaceIt ISO / IEC 19794-5 ga mos keladigan rasmlar bilan ishlaydi.

“Green Card” lotereyasida qatnashish uchun arizaga ilova qilingan har bir fotosurat ko‘rib chiqiladi va uni tanib olish uchun yaroqliligi aniqlanadi hamda quyidagi parametrlar baholanadi:

Boshning o‘lchami – yuz qismi yetarlicha kattami?
Kesish – yuz tasvirda to‘liq ko‘rinadimi?
Markazlashtirish – tasvirdagi odam markazdami?
Ekspozitsiya – tasvir me’yordan ortiqmi?
Ko‘zlarning aniq ko‘rinishi – odamning ko‘zoynagi bormi va agar shunday bo‘lsa, ko‘zlar ko‘rinadimi yoki yashiringanmi?
Fokus – tasvir yaxshi yo‘naltirilganmi?
Siqish – rasmning tafsilotlarini olib tashlash uchun rasm avval katta hajmli bo‘lganmi?
Tekstura – teri yuzasida yuzni aniqlash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan tekstura mavjudmi?
Ruxsat – rasm ravshanligi ko‘zlar orasidagi piksellarda ko‘rsatilgan minimal qiymatdan kattaroqmi?
Yuzaki – rasmda aniqlangan obyektni inson yuzi deb atash mumkinmi yoki yo‘qmi?

Tayyorgarlik bosqichida fotosuratlar normallashadi – keraksiz qism kesilib, tasvir yangi hajmga o‘tkaziladi. Suratlarda ko‘zlarning markazlari orasidagi masofa barcha rasmlarda bir xil bo‘lishi uchun kesiladi.

Suratlardagi yuzlarni elektron aniqlash

Elektron tanib olish faqat tekshirishning oldingi bosqichlariga muvofiq deb topilgan va fotosuratlari muvaffaqiyatli normallashtirilgan ishtirokchilarga nisbatan qo‘llaniladi.

Identifikyatsiyalash jarayonlari

Birinchi identifikatsiyalash jarayonida vektor taqqoslanadi (VFA). Ishtirokchi rasmini tan olishning birinchi bosqichida Vektor xususiyatlarini tahlil qilish (VFA) algoritmi qo‘llaniladi. Keyin esa ikkinchi bosqich – yuzli grafiklarni taqqoslash algoritmi (HGM) va yana ikkita identifikatsiyalash jarayoni qo‘llaniladi. 

DV – lotereya uchun fotosuratlarni tanib olish

Lotereyada qatnashish uchun arizalarni ko‘rib chiqishda, maxsus grafik dasturlar va boshqa texnik vositalardan foydalangan holda fotosuratlardagi rasmlarning o‘zgartirilgan yoki o‘zgatirilmaganligi tekshiriladi.

“Green Card” lotereyasi uchun ko‘rsatmada aniq ko‘rsatilganidek, taqdim etilgan fotosuratlarni qaytarib olish mumkin emas. Qoidalardan tashqari o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda ishtirokchining arizasi bekor qilinadi.

Lotereya rasmini tekshirish natijasi

Похожее изображение

Bir odam ikki xil fotosuratda tasvirlanganmi yoki yo‘qmi, kompyuter aniq javob bera olmaydi. U faqat bunday tasodifning ehtimolini baholay oladi (ehtimol 100 foizga yaqinlashishi mumkin). Biroq, yakuniy qaror har doim bir kishi tomonidan qabul qilinadi.

Har bir g‘olib uchun keys (ish) ochiladi. U yerda yuborilgan hujjatlar va tekshiruvlar natijalari to‘planadi. Agar fotosuratlarni tekshirish natijalari asosida ilovada dublikatlar topilsa (shubhalar ma’lum qiymatdan oshib ketgan bo‘lsa), ushbu shubhali arizalarning barchasi ushbu ishga kiritiladi.

Tugallangan ishlar suhbat o‘tkaziladigan konsullik bo‘limiga yuboriladi. Suhbat davomida konsul ishning barcha holatlarini baholaydi, fotosuratlarni tekshirish natijalari bilan tanishadi hamda topilgan shubhali profillarni, arizachining ko‘rinishini vizual ravishda taqqoslaydi. Natijada qaror qabul qilinadi. Shunga ko‘ra, konsul viza berilishini tasdiqlaydi yoki rad etadi.

Tizim ish boshlagan birinchi yilida (DV-2006) g‘oliblar orasida yuzni aniqlash tizimi tomonidan 5 221 ta firibgar arizachi topilgan.

“Yashil karta” lotereyasida takroriy qidiruv tizimini aldash

Bir shaxs tomonidan bir nechta arizalarni berish bu lotereya qoidalarining buzilishi bo‘lib, arizachining avtomatik ravishda diskvalifikatsiya qilinishiga olib keladi.

Konsul sizning tekshirish tizimi tomonidan aniqlangan turli xil fotosuratlarga ega bo‘lgan bir nechta arizalaringizni ko‘rib, nima sodir bo‘lgani bilan qiziqadi. Agar kimdir yolg‘on gapira boshlasa, bu vizani rad etishga va umrbod AQShga kirishni taqiqlashga olib keladi.

Muammo shundaki, murojaat qiluvchi konsul nima uchun bu haqida so‘rayotganini aniq bilmaydi – dastur uning bir nechta arizalarini haqiqatan ham aniqlay oldimi yoki konsul odatdagi savolini beryaptimi?

Dasturga kiritilgan o‘zgarishlar haqida

2019-yilgi “Green Card” dasturiga yangi talablar kiritilgani ariza beruvchilar soni keskin kamayishiga olib kelishi mumkin. Endilikda talabgorlar o‘rta maktabni bitirgan bo‘lishi yoki so‘nggi 5 yilda kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lishi shart etib belgilangan.

AQSh davlat departamentining ma’lum qilishicha, 2021-yil uchun “Green Card” lotereya dasturi 2019-yil 2-oktabr kuni boshlanib, 5-noyabr kuni yakunlanadi.

Bundan tashqari, arizaga international travel passport – xalqaro sayohat pasporti raqamini kiritish talabi ham qo‘shilgan. O‘zbekiston fuqarolari endi ro‘yxatdan o‘tish davomida xorijga chiqish pasportidagi ma’lumotlarni ham kiritishi kerak bo‘ladi.

Tasodifiy kompyuter dasturi 2020-yil 1-oktabrdan 2021-yil 30-sentabrga qadar lotereya g‘oliblarini aniqlaydi. Quyidagi davlatlar esa bu yilgi “Green Card”da qatnasha olmaydi:

Bangladesh, Braziliya, Kanada, Xitoy, Kolumbiya, Dominikan Respublikasi, Salvador, Gvatemala, Gaiti, Hindiston, Yamayka, Meksika, Nigeriya, Pokiston, Filippin, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va unga tegishli hududlar (Shimoliy Irlandiyadan tashqari) hamda Vyetnam.

Ixtiyor RAHMAN tayyorladi


Bu ham qiziq

Avtomobillarga 2025-yil 1-martdan ekostikerlar berish boshlanadi

Avtomobillarga 2025-yil 1-martdan ekostikerlar berish boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga ishlab chiqarishlardagi ekologik vaziyatni yaxshilashga qa…
11:31 / 07.02.2025
Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoatida 2025-yilgi rejalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoatida 2025-yilgi rejalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-fevral kuni kimyo sanoatida 2025-yilgi rejalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
20:38 / 06.02.2025
Ayrim tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Ayrim tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

“O‘zgidromet”ning ma’lum qilishicha, 8-12-fevral kunlari yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi kutilmoqda.
10:55 / 07.02.2025
“Manchester Siti” Abduqodir Husanovni Yevropa Chempionlar ligasida ro‘yxatdan o‘tkazdi

“Manchester Siti” Abduqodir Husanovni Yevropa Chempionlar ligasida ro‘yxatdan o‘tkazdi

“Manchester Siti” qishki transferlar oynasi paytida tarkibda kelib qo‘shilgan futbolchilardan 3 nafarini Yevropa Chempionlar…
20:54 / 07.02.2025
Endi umraga borish uchun meningitga qarshi vaksina shart emas

Endi umraga borish uchun meningitga qarshi vaksina shart emas

Bu haqda Saudiya Arabistoni Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
10:49 / 07.02.2025
Sherzod Asadov Prezident Administratsiyasi shtat birliklarida qisqartirishlar haqidagi xabarlar bo‘yicha izoh berdi

Sherzod Asadov Prezident Administratsiyasi shtat birliklarida qisqartirishlar haqidagi xabarlar bo‘yicha izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Prezident Administratsiyasida shtat birliklari kamida 50 foizga, boshqa davlat tashkilotlarida ham qisq…
18:27 / 07.02.2025
8-fevral kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

8-fevral kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
22:27 / 07.02.2025
Sirdaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi “tabletka” bilan ushlandi

Sirdaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi “tabletka” bilan ushlandi

Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.
14:34 / 07.02.2025
O‘zbekistonda nafaqa oluvchilar soni qancha?

O‘zbekistonda nafaqa oluvchilar soni qancha?

2025-yil 1-fevral holatiga ko‘ra pensiya tayinlash uchun ish stajiga ega bo‘lmagan nafaqa oluvchilar soni 708 731 nafarni ta…
15:00 / 08.02.2025
Toshkentda voyaga yetmagan bolaga tegajog‘lik qilgan shaxs ushlandi

Toshkentda voyaga yetmagan bolaga tegajog‘lik qilgan shaxs ushlandi

Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
14:30 / 08.02.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!