
Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) yangi koronavirus pandemiya darajasiga yetganini e’lon qildi. Boisi COVID-19 yangi koronavirusi ko‘plab davlatlar va barcha qit’alarga tarqalgan.
“Oldinlari koronavirus bilan bog‘liq pandemiyaga hech qachon duch kelmagandik. Shu bilan birga hali hech qachon nazorat qilish mumkin bo‘lgan pandemiyaga duch kelmagandik. 114 mamlakatda tasdiqlangan holatlar soni 118 mingdan oshgan, shulardan ikkitasi – Xitoy va Janubiy Koreyada kasallanganlar soni sezilarli kamaygan”, deyiladi JSST bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, 12-mart holatiga ko‘ra, 126 ming kishi COVID-19’dan kasallangan bo‘lsa, 68219 kishi tuzalishga erishgan. Biroq yangi koronavirusdan o‘lganlar soni 4630 tani tashkil qilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!