$
12128.46 UZS
-36.78
159.04 UZS
-0.38
14304.31 UZS
-26.34
31° Kechasi 18°

Taxiatosh tumaniga yangi hokim tayinlandi

13:57 / 16.06.2020

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 16-iyun kuni xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining navbatdan tashqari yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Sessiya kun tartibida tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan.

Sessiya ishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining raisi M.Yerniyazov ishtirok etib, tuman hokimi lavozimiga shu kungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Matkarimov Ilxom Ismailovichning nomzodini taklif qilgan.

Taklif qilingan nomzod tuman Kengashi deputatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

Ilxom Matkarimov o‘tgan yillar davomida Beruniy tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, Beruniy tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanini rivojlantirish bo‘yicha qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari kabi mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, Taxiatosh tumanining oldingi hokimi Farxat Allambergenov Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlangan edi.


Bu ham qiziq

O‘zbekiston BMT komissiyasiga saylandi

O‘zbekiston BMT komissiyasiga saylandi

Nyu-Yorkda EKOSOS sessiyasi doirasida o‘tkazilgan saylovlar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston 2027–2029 yillar uchun BMTning Jinoy…
17:51 / 20.04.2026
“Hij” ziyoratiga yuborish evaziga 26 ming AQSh dollari talab qilgan shaxs ushlandi

“Hij” ziyoratiga yuborish evaziga 26 ming AQSh dollari talab qilgan shaxs ushlandi

Namangan shahrida yashovchi shaxs Chust tumanida istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqaroni “Haj-2026” mavsumida islom dinining aso…
11:01 / 20.04.2026
Aholini gaz ballonlari bilan ta’minlash tartibi o‘zgardi

Aholini gaz ballonlari bilan ta’minlash tartibi o‘zgardi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarni maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlash xizmati 2026-yil 1-iyundan boshlab faqat Davlat xi…
10:56 / 19.04.2026
Buxoroda mast haydovchi 5 yoshli bolani urib ketdi

Buxoroda mast haydovchi 5 yoshli bolani urib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
17:28 / 18.04.2026
Samarqandda muhim forum boshlanmoqda

Samarqandda muhim forum boshlanmoqda

Xabar berib borayotganimizdek, 2026-yil 20–21-aprel kunlari Samarqand shahrida xalqaro miqyosdagi muhim tadbir - “Jamoat sal…
09:19 / 20.04.2026
21-aprel kungi ob-havo ma’lumoti

21-aprel kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo…
17:27 / 20.04.2026
Madaniyat va san’at sohasida ochiq muloqotlar boshlanadi

Madaniyat va san’at sohasida ochiq muloqotlar boshlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga muvofiq, madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish hamda mavjud muammola…
09:29 / 19.04.2026
Surxondaryoda o‘tkazilgan media haftalik muvaffaqiyatli yakunlandi

Surxondaryoda o‘tkazilgan media haftalik muvaffaqiyatli yakunlandi

Ushbu loyiha oddiy tadbir emas, balki ishtirokchilar uchun haqiqiy tajriba maydoniga aylandi.
15:07 / 18.04.2026
Qozog‘istonda yuzdan ortiq ot nobud bo‘ldi

Qozog‘istonda yuzdan ortiq ot nobud bo‘ldi

Qozog‘istonning Mang‘istov hududida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchiliklar jiddiy oqibatlarga olib keldi — yuzdan ortiq ot nob…
10:24 / 20.04.2026
Ayrim tadbirkorlar 2030-yilgacha soliqlardan ozod qilinadi

Ayrim tadbirkorlar 2030-yilgacha soliqlardan ozod qilinadi

O‘zbekistonda nogiron farzandini kunduzgi parvarish xizmatiga bergan ota-onalar uchun ushbu xizmatga oyiga 3 million so‘mgac…
13:32 / 18.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!