AQSh razvedka xizmati Xitoy hukumatini koronavirus pandemiyasi masshtabini yashirish va kasallanganlar sonini sun’iy kamaytirib ko‘rsatishda aybladi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Bloomberg mahfiy xizmatlarning Oq uyga topshirgan hujjatiga tayanmoqda. Hujjatda rasmiy Pekinning pandemiyaning Xitoydagi keng masshtabi kamaytirib ko‘rsatilmoqda.
Avvalroq, AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Xitoyni koronavirus statistikasi bo‘yicha shaffoflikni saqlab qolishga chaqirgandi.
29-mart kuni Xitoy hukumati mamlakatda pandemiya tarqalishi to‘xtaganini e’lon qilmoqda. Bu yerda kasallikka chalinganlarning 93 foizi sog‘aygan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!