$
11797.92 UZS
-15.29
138.00 UZS
1.29
13739.86 UZS
20
31° Kechasi 18°

Materialshunoslik institutida “Ochiq eshiklar kuni”: “Qishloq xo‘jaligida keramik plyonkalarning qo‘llanilishi energiya sarfini 60 foizgacha tejaydi”

11:40 / 03.03.2020

2-mart kuni Toshkent viloyati turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan S. Azimov nomidagi “Fizika — Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Materialshunoslik instituti, uning faoliyati bilan ommani yaqindan tanishtirish, butun Osiyoda yagona, noyob – “Katta quyosh qurilmasi” haqida ma’lumotlar berish maqsadida Toshkent viloyatining Parkent tumanida joylashgan Materialshunoslik institutida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
Ushbu info-turda ommaviy axborot vositalari, turistik kompaniyalar, blogerlar va bir qancha ko‘ngilli yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirda Materialshunoslik instituti, unda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, yaratilgan innovatsion ishlanmalar namoyish etildi.

Yangi innovatsiyalar haqida qisqacha...
Tadbir avvalida Materialshunoslik instituti rahbari Odiljon Parpiyev institutning asosiy qurilmasi, butun jahonda atigi ikki dona bo‘lgan (biri Fransiyada, biri O‘zbekistonda) “Katta quyosh qurilmasi” ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. 
“Quyosh nurlaridan foydalanib, ushbu qurilma yordamida, sanoat uchun yangi materiallarni yaratish, o‘ta muhim ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish maqsadida qo‘llanilib kelinmoqda. Mana shunday ishlanmalardan biri, turli ob-havo sharoitlariga chidamli, mustahkam tuzilishga ega keramik plyonka (qoplama)larning qishda isitish, yozda sovita olish xususiyatini yaratdik. Biz ularni issiqxonalar uchun foydalanmoqchimiz. Xususan, “Jizzah plastmassa” AJda issiqxonalar uchun maxsus mana shunday plyonkalar ishlab chiqarilmoqda. Ularni amaliyotda qo‘llash orqali sarflanuvchi energiya sarfini 60 foizgacha kamaytirish, hosildorlikni esa 30 foizga oshirish ko‘zda tutilgan”, deydi institut rahbari. 
Odiljon Parpiyev institut olimlari sa’y-harakatlari bilan metall qoplamalarning karroziyaga bardoshliligi 5 barobargacha oshiruvchi, lak-bo‘yoqni polimerlash texnologiyasi yaratilganligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Ularni avtomobil, qurilish, elektr va boshqa maishiy sanoatda foydalanish mumkin.
Tadbirda Materialshunoslik instituti Rossiya aviatsion materiallar instituti bilan hamkorlikda kosmik kemalarning texnik himoya qobig‘ini sinovdan o‘tkazib kelinayotgani ma’lum qilindi.
Shuningdek, institutning katta-kichik ilmiy xodimlari, olimlari ishtirokida maishiy xo‘jalik uchun ovqat pishirish, suv qaynatuvchi quyosh qozonlari, suvni bug‘lash imkonini beruvchi qurilmalar namoyish qilindi. Ularning xususiyatlari haqida ma’lumotlar berildi.

Turizmni rivojlantirish yo‘lida...
Info-turda Toshkent viloyati hokimi birinchi o‘rinbosari Sayfiddin Nizamov tomonidan Parkent tumanining “Kumushkon qishlog‘i”da mahalliy-xorijiy sayyohlar uchun zaruriy infratuzilmalar yaratilayotgani, turistik obyektlar barpo etilganligi, qurilishi rejalashtirilgan 50 ta mehmon uylaridan hozirga qadar 20 tasi tashkil qilinganligi haqida ma’lum qildi. Sayfiddin Nizamov turizm bo‘yicha mana shunday obyektlarni barpo qilish orqali viloyatning chekka hududlarida yashovchi aholini ish bilan bandligini ta’minlash, yoshlarning tadbirkorlikka moyilligini oshirish, xorijiy sayyohlarga o‘zbek milliy urf-odatlarini tanishtirish ko‘zda tutilganlini aytib o‘tdi.


Bu ham qiziq

9-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

9-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida …
18:00 / 08.09.2026
Eyfel minorasida hindu delegatsiyasi tashrifi vaqtida ayol xodimlar chetlatilgani yuzasidan tekshiruv boshlandi

Eyfel minorasida hindu delegatsiyasi tashrifi vaqtida ayol xodimlar chetlatilgani yuzasidan tekshiruv boshlandi

Parijdagi Eyfel minorasida hindu diniy delegatsiyasi tashrifi vaqtida ayol xodimlar ish joylarini tark etishga majburlangani…
12:51 / 08.09.2026
Sirdaryoda obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari 1 mlrd so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi

Sirdaryoda obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari 1 mlrd so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi

Sirdaryo viloyatida Guliston shahar obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari tomonidan 1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lar…
09:40 / 09.09.2026
Farg‘onada 210 ming dollarga hokimlik lavozimini va’da qilgan shaxs ushlandi

Farg‘onada 210 ming dollarga hokimlik lavozimini va’da qilgan shaxs ushlandi

Farg‘ona viloyatida 210 ming AQSH dollari evaziga tuman hokimi lavozimiga ishga joylashtirishni va’da qilgan shaxs ushlandi.…
12:07 / 08.09.2026
Rossiya Xarkovda Ukraina harbiy texnikalariga zarba berganini ma’lum qildi

Rossiya Xarkovda Ukraina harbiy texnikalariga zarba berganini ma’lum qildi

Rossiya Qurolli kuchlari Xarkov viloyatida Ukraina qo‘shinlariga tegishli harbiy texnikalarga dronlar orqali zarba berganini…
15:21 / 09.09.2026
O‘zbekistondan ko‘chib ketuvchilar soni kamaydi

O‘zbekistondan ko‘chib ketuvchilar soni kamaydi

2026-yilning yanvar–iyun oylarida 5 422 nafar O‘zbekiston fuqarosi doimiy yashash maqsadida xorijiy davlatlarga ko‘chib ketg…
12:43 / 07.09.2026
Rossiyada qarovsiz qolgan 11 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi

Rossiyada qarovsiz qolgan 11 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar voyaga yetmagan o‘zbekistonlik bola O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Ijti…
10:45 / 08.09.2026
Toshkent–Andijon yo‘nalishida yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent–Andijon yo‘nalishida yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

10-sentyabrdan Toshkent–Andijon yo‘nalishida zamonaviy tezkor CRRC-Dalian elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. U amaldag…
15:51 / 09.09.2026
“Sharafli yo‘l” — iste’dodlar e’tirofi

“Sharafli yo‘l” — iste’dodlar e’tirofi

Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan  O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan Madaniyat vazirligi …
09:14 / 10.09.2026
AQSh Kanadadan alkogol va mototsikl importini taqiqlaydi

AQSh Kanadadan alkogol va mototsikl importini taqiqlaydi

AQSH 29-sentyabrdan Kanadadan ayrim turdagi alkogolli ichimliklar, mototsikllar va sut mahsulotlarini import qilishni taqiql…
09:34 / 09.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!