Dushanba kuni Janubiy Afrika Respublikasining Sharqiy Keyp provinsiyasida sodir bo‘lgan YTHda 25 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda mamlakat Transport vazirligi ma’lum qilgan.
“Ma’lumotlarga ko‘ra avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda avtobus yo‘nalishdan chiqib qulagan. 25 kishi o‘lgan, taxminan 62 kishi esa jiddiy jarohat olgan” deyiladi Fikile Mbalula bergan bayonotda.
“Bitta YTHda buncha ko‘p qurbon berish barchani shokka tushirdi”, qo‘shimcha qilinadi bayonotda.
Avtobus yoshi katta 80 nafar yo‘lovchilarni Chebe manziliga olib borayotgan bo‘lgan. Prezident Siril Ramafoza o‘lganlar orasida nafaqaxo‘rlar bilan birga talabalar ham borligini ma’lum qildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!