Eron sud tizimi rahbari Ibrohim Raisiy dushanba kuni koronavirus tarqalishi sababli vaqtincha 70 ming mahbusni ozod qildi, deb xabar bermoqda Al Jazeera Mizan nashriga tayanib.
Eronda bugun 49 ta yangi o‘lim holati qayd etilib, vafot etganlar soni 194 kishiga yetdi.
Shuningdek, koronavirus o‘choqlaridan biri bo‘lib qolayotgan Italiyada 16 mln. odam karantinga olingan. Yakshanba kuni 133 kishi kasallikdan vafot etdi. Hozirga qadar mamlakatda 7000 dan ortiq odam virusga chalinganligi tasdiqlangan.
Xitoy va Janubiy Koreyadagi so‘nggi ma’lumotlar shimoli-sharqiy Osiyoda virus tarqalishi sekinlashayotganini ko‘rsatmoqda.
Xususan, Xitoyda bugun 40 ta yangi holat qayd etilgan bo‘lib, bu shu paytga qadar e’lon qilingan kunlik holatlarning eng past ko‘rsatkichi hisoblanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!