$
12697.00 UZS
2.04
135.05 UZS
0.39
13547.70 UZS
38.99
22° Kechasi 10°

Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar banki delegasiyasini qabul qildi

20:33 / 13.08.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-avgust kuni Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar banki prezidenti Szin Lisyun boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonlarni samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston va OIIB o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik ijobiy sur'at bilan rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Bank mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlarni faol qo‘llab-quvvatlamoqda. Bugungi kunda Buxoro viloyatida suv ta'minoti va suv oqizish tizimlarini rivojlantirish, avtomobil yo‘llarni rekonstruksiya qilish bo‘yicha umumiy qiymati 1,3 milliard dollardan ziyod bo‘lgan ilk investisiya loyihalarini tayyorlash ishlari yakuniga yetmoqda.

Qoraqalpog‘iston va boshqa hududlarda ijtimoiy, kommunal va transport infratuzilmani modernizasiya qilish, sanoat korxonalari va kichik infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish, shuningdek, mintaqaviy savdoni rivojlantirish bo‘yicha umumiy qiymati 1,6 milliard dollardan ortiq istiqbolli loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Amaliy hamkorlikni kengaytirish va Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar bankining moliyaviy resurslarini jalb qilgan holda yangi dasturlarni ilgari surish masalalariga bag‘ishlangan bugungi davra suhbati muvaffaqiyatli bo‘lgani alohida qayd etildi.  

Samarali hamkorlik bo‘yicha o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish va qabul qilish, shuningdek, sheriklik salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ikki tomonlama tadbirlar o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

OIIB prezidenti davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi hamda mamlakatimizda ustuvor loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish yo‘lida aniq choralar ko‘rish taklifini to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

Szin Lisyun mamlakatimiz va butun Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror taraqqiyotini ta'minlash maqsadida bank O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli hamkorlikni mustahkamlashga qat'iy intilishini ta'kidladi.


Bu ham qiziq

Daniyada XVII asrga oid birja binosi yonib ketdi

Daniyada XVII asrga oid birja binosi yonib ketdi

1615-yilda qurilgan binoda Daniya Savdo-sanoat palatasining bosh qarorgohi joylashgan.
10:03 / 17.04.2024
“Mendirman” klipi AQShda e’tirof etildi

“Mendirman” klipi AQShda e’tirof etildi

U “Eng yaxshi klip” nominatsiyasiga loyiq ko‘rilgan
10:02 / 17.04.2024
O‘zbekiston va Tojikistonning madaniyat va san’at arboblaridan bir guruhi yuksak faxriy unvonlar bilan taqdirlandi

O‘zbekiston va Tojikistonning madaniyat va san’at arboblaridan bir guruhi yuksak faxriy unvonlar bilan taqdirlandi

Ular tarixiy meros, ma’naviy qadriyat va an’analarimizni asrab-avaylash va targ‘ib qilish bo‘yicha samarali faoliyati uchun …
17:10 / 18.04.2024
Yaponiya aholisi ketma-ket o‘n uchinchi yil kamayib bormoqda

Yaponiya aholisi ketma-ket o‘n uchinchi yil kamayib bormoqda

2023-yil oktyabr oyida Yaponiya aholisi 124,35 million kishini tashkil etdi.
12:01 / 17.04.2024
Gretsiyada jurnalistlar ish tashlash e'lon qildi

Gretsiyada jurnalistlar ish tashlash e'lon qildi

"Jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari endi mehnat sharoitlari va juda past maoshlarning garovi bo‘lmasligi k…
11:44 / 17.04.2024
Litva aholisi qarib bormoqda

Litva aholisi qarib bormoqda

Bu mehnat bozoriga salbiy ta’sir qilmoqda.
10:14 / 17.04.2024
Erdog‘an: Isroil Gitlerdan o‘zib ketdi

Erdog‘an: Isroil Gitlerdan o‘zib ketdi

Isroil 14 mingdan ortiq begunoh bolalarni o‘ldirgan.
16:05 / 17.04.2024
Sirdaryoda 34,3 mlrd so‘mlik elektr energiyani talon-toroj qilgan mayning ferma aniqlandi

Sirdaryoda 34,3 mlrd so‘mlik elektr energiyani talon-toroj qilgan mayning ferma aniqlandi

Ularga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
11:32 / 18.04.2024
Asabiylashish saraton kasalligiga sababchi bo‘lishi mumkin

Asabiylashish saraton kasalligiga sababchi bo‘lishi mumkin

AQShning “Kold-Spring-Xarbor” laboratoriyasi olimlari o‘tkazgan tadqiqot davomida stress va saraton kasalligi o‘rtasidagi bo…
15:48 / 17.04.2024
O‘zbekiston mobil internetning arzonligi bo‘yicha oldi o‘rinda

O‘zbekiston mobil internetning arzonligi bo‘yicha oldi o‘rinda

O‘zbekiston dunyoda 5-o‘rinda eng arzon mobil internetga ega ekanligi ko‘rsatilgan.
10:22 / 17.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!