Oura kompaniyasi insonda belgilar paydo bo‘lishidan uch kun oldin COVID-19’ni aniqlay oluvchi Health uzugini taqdim etdi. Ushbu yangi texnologiya virus bor-yo‘qligini 90 foizga to‘g‘ri aniqlay oladi.
Buning uchun uzuk sohibi har kuni ertalab kichik so‘rovnomadan o‘tadi va bu ma’lumotlar sun’iy intellekt algoritmi yordamida qayta ishlanadi. “Aqlli” uzuk insonning biologik ko‘rsatkichlari – tana haroratini o‘lchaydi, uyqu rejimi, jismoniy faollik darajasi va yurak ritmini monitoring qilib boradi.
“Integratsiyalangan, yaxlit neyrobiologik platforma inson organizmining faoliyatini muntazam kuzatib boradi, virus alomatlarining namoyon bo‘lishini aniq aytib beroladi. Nazarimizda, ushbu yangi platforma tibbiyot xodimlarimiz himoyasining muhim qismi bo‘ladi”, deydi loyiha rahbari Ali Rezai.
Ayni paytda yangilik 600 nafardan ortiq tibbiyot xodimlari tomonidan sinovdan o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!