Xabardormisiz?

  • 12:32 / 09.09.2019
  • 1209

Siz suratda ko‘rib turgan “qo'ziqorin bulut”i qachon va qaysi shahar ustida paydo bo‘lgan?

Surat 1945-yil 9-avgustda Nagasaki shahriga atom bombasi tashlanganidan keyin Amerika bombardimonchilaridan biri leytenant Charlz Levi tomonidan olingan. Ushbu mudhish kunning qurbonlari umumiy soni 80 ming kishini tashkil qildi. Uch kun oldin esa Yaponiyaning Xirosima shahriga ham atom bombasi tashlangandi. Yadroviy portlash 166 ming kishini hayotdan olib ketdi. Xirosima va Nagasakidagi atom bombalari insoniyat tarixida yadroviy quroldan jangovar foydalanishning eng og‘ir oqibatlarni keltirib chiqargani bo‘ldi.

Teglar