Xalqaro ko‘rgazmalardan eng yorqin lavhalar

  • 11:42 / 17.04.2015
  • 5131

Yer sharida har kun olinadigan millionlab suratlarning ichidan eng yaxshilarini tanlab oldik va ularni e'tiboringizga havola etmoqchimiz. Ularning bari eng sara va antiqa suratlardir. Keyinchalik ularning ayrimlari insoniyat madaniyatining ko‘rinishi sifatida saqlanib qolishi mumkin. Bu aynan qaysi bo‘lishi hozirda hech kimga ma'lum emas.

Gongkongdagi ot-shar, oshxona-koinot yoki changdan yasalgan haykal

Mart oyida Gongkongda bo‘lib o‘tgan “Art Basel Hong Kong” — “Art Basel” ko‘rgazmasining eng yosh, eng yorqin gavhari bo‘ldi. Undan tashqari yer yuzi bo‘ylab 300 dan ortiq galereya 3000 dan ortiq rassomning XX va XXI asrlarda yaratgan asarlarini namoyish etdi. Ularda fikr almashish, kinoko‘rsatuvlar, ijod kechalari va yana ko‘pgina tadbirlar o‘tkazildi. Tabiiyki, Osiyo ko‘rgazmalariga, rasm yoki rassomlarning o‘ziga qiziqishlar yuqori bo‘ldi. Misol uchun, G‘alati otning muallifi Yan Maoyuan.

Gonkongdagi eng mashhur otellardan biri “The Peninsula” binosining old qismida avtobus osilib turibdi. Yetti etaj keladigan balandlikda avtobusning yarmidan ko‘proq qismi havoda xavfli ko‘rinish olgan. Hatto uning g‘ildiraklari aylanib, yana o‘zi chayqalib ham turadi. Unga qarashga odamning yuragi betlamaydi. Bu britaniyalik rassom Richard Uilsonning yuksak ijodi. Otel uni rassomlar bilan hamkorlik “Love Art at The Peninsula” dasturi doirasida Richardga buyurtma berishgan edi.

“The Peninsula” otelida Britaniya rassomi Richard Uilsonning installyatsiyasi 

Kadr: “The Peninsula Hotels”

Finlandiyaning “Gösta Serlachius Fine Ars Foundation” rassomlar fondiga tegishli “Quyosh botayotganda somon uyumi” polotnosi. Shu haftagacha bu suratning muallifi Klod Mon ekanligi ma'lum emasdi. Yuvyaskyul universitetining olimlari shu hafta bu surat rostan Klodniki ekanini e'lon qilishdi. Buni isbot qilish uchun giperspektral infrarangli kamera yordamida suratni skanerlab, 256 to‘lqinda uni turli uzunlikda va chuqurlikda tekshirishdi. Chuqur rang buyoqlari ostida muallifning imzosini topishdi.

Klod Monning “Quyosh botayotganda somon uyumi” rasmi 

“Gösta Serlachius Fine Ars Foundation” fotosurati

Yaqin Sharq yana chang to‘zoni ostida. IShID jangarilarini vahshiyliklari nafaqat ochiq osmon ostidagi yodgorliklar, balki madaniy boyliklarni ham vayron etmoqda. Ulardan so‘ng muzeylarning o‘zi ham, ulardagi eksponatlar ham evakvuatsiyaga muhtoj bo‘lib qoldi. Suratda Damashqda (Suriya) milliy muzey xodimlari yodgorliklarni xavfsiz saqlash joyiga jo‘natishmoqda.

Damashq (Suriya) Milliy muzey xodimlari haykallarni taxlashmoqda

Surat: Joseph Eid / AFP

Shanba kuni Tsyurixning “Hauser&Wirth” galleriyasida nemis-shveysar rassomi Diter Rot, o‘g‘li Byorn Rot va nevarasi Oddur Rotning ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. 1998 yili vafot etgan katta Rot ko‘p qirrali inson edi. U rassom, yozuvchi, musiqachi va bir qancha kasblarning egasi edi. Barcha san'at turlarining ishqibozi. Ko‘rgazmada namoyish etilayotgan “site-specific” installyatsiyasi “Economy Bar”. Kulgi, texnika plyus video, hajmning o‘zgarishi va eng asosiysi ishlayotgan bar. Bu yerda bemalol ichimlik ichishingiz mumkin.

Diter Rot “Bar” 

Surat: A.Osio, HangarBicocca, Milan / Hauser & Wirth

Germaniyaning Volfsburg muzeyida rassom Ervin Vurmning ko‘rgazmasi. Bu ko‘rgazma XVIII asr nemislari haqida juda ko‘p yozgan nemis klassigi va faylasufi Iogann Gotlib Fixtga bag‘ishlandi. Aslida esa bu ko‘rgazma zamonaviy Germaniya haqida edi. Fixtning ishlari falsafadan ko‘ra kulguga ko‘proq yaqindir. 

Volfsburg badiiy muzeyidagi Ervin Vurmning ko‘rgazmasi

Surat: “Facebook”dagi “Kunstmuseum Wolfsburg” muzeyi sahifasi 

Britaniyalik haykaltarosh Pol Xeyzelton o‘z ijodining mahsuloti sifatida oddiy xona changidan foydalanadi. Hayron qolasan, zararli, hamma qochadigan, yo‘q qilishga intiladigan changdan u inson qimmatbaho san'at asarlari yaratadi. Uning asarlari katta inshootlarda o‘tmish xotiralari, tarix va albatta, o‘lim mavzusida ishlangan. Hozir uning ko‘rgazmasi Londonda Viktor Vinda tarix va Dekovin xususiy san'at muzeyida namoyish etilmoqda.

Pol Xeyzeltonning changdan yaratgan haykali 

Surat: “Facebook”dagi Paul Hazelton sahifasi

Shveytsariyaning Alp tog‘lari hududida joylashgan ovloq qishloqcha Valsda Yevropadagi eng baland inshootni qurishmoqchi. Yangi otel. Bu loyihani pritserovskiy laureati Tom Meyn loyihalashtirgan. Mehmonxonaning ko‘rrinishi “yuqoriga ko‘tarilgan barmoq” shaklida bo‘lib, uning balandligi 381 metr bo‘ladi. Vals spa-kurort sifatida dunyoga mashhur. Mehmonxona buyurtmachilarning va'dasiga ko‘ra, ularning mehmonxonalari juda shinam bo‘lib, dunyoning eng yaxshi beshta otelidan biriga aylanarmish. Ammo ko‘plab Shveytsariya me'morlari bu loyhani muhokama qilib o‘z fikrlarini bildirishdi. Ularning aytishicha tog‘ hududida bunday osmono‘par inshootni qurish, hayolparastlik, boyliklarini namoyish etishdan yoki o‘zlarini ko‘rsatishdan boshqa narsa emas. 

Yevropaning eng baland inshootini me'mor Tom Meyn bilan birga qurishmoqchi.

Surat: Morphosis Architecs

Bir qaraganda bu surat qora tuynukka o‘xshaydi. Yulduzlar bilan qoplangan yoki o‘ralgan koinotni teleskop yordamida suratga tushirib olishgandek ko‘rinadi. Ammo bu suratni Nyu-yorklik fotosuratchi Navid Barat o‘z fotokamerasini bir chashka qahvadek yo‘naltirib, tushirib oldi. (Bu paytda u kofeni ichib bo‘lgandi). Uni “Kitchen Cosmos” suratlari xuddi kosmik kemani illyuminatoridan tushirilgan fotosuratlarga o‘xshaydi. Aslida esa bu suratlarni o‘z oshxonasidan chiqmagan holda sayyora va yulduzlarni turli oshxona buyumlari va mahsulotlardan foydalanib suratga olgan. Uni hamma ishlarini ko‘rgazmada ko‘rish mumkin.

Navid Baratning “oshxonali fazo” surati 

Surat: Navid Baraty

Yaponiyaning “Teamlab” mediaart-guruhi Tokiodagi “Miraikan” yangi fanlar va texnologiyalar muzeyida qilinishi kerak bo‘lgan eng zo‘r bahoriy installyatsiyani namoyish etishdi. “Floating Flower Garden” — 2500 ta guldan iborat. Muzey zaliga yoki uni bunday bezaklarda bog‘ ham deyish mumkin. Asosiysi bu bog‘ harakatlanuvchi bog‘dir. Muzeyga kirib kelgan odamni atrofini gullar gumbaz shaklida yoki kokon shaklida o‘rab oladi. Har bir gul uning xatti-harakatiga qarab harakatlanadi. Agar odamlar bir nechta bo‘lib, bir-biriga yaqinlashishsa, gumbazlar o‘zaro qo‘shilib, murakkab uyg‘unlik kasb etadi. 

Go‘zallik. Bahor.

Yapon “Teamlab” mediaart-guruhi installyatsiyasi 

Surat: Teamlab

XABARDOR.UZ / Sarvar Anvar o‘g‘li tayyorladi.

Teglar