Xames Rodriges yangi mavsumda qayerda oʻynashini bilmaydi

  • 11:11 / 31.07.2021
  • 170

Xames Rodriges yangi mavsumda qayerda oʻynashini bilmaydi

“Everton” yarimhimoyachisi hali yangi klub borasida qaror qabul qilmaganini tan oldi.

“Everton” yarimhimoyachisi Xames Rodriges hali yangi klubi borasida qaror qabul qilmaganini tan oldi. Shunga qaramay, 30 yoshli kolumbiyalik oʻzi kutgan jamoani topishga umid qilmoqda.

“Ular mendan qayerda oʻynashimni soʻrashadi. Bilmayman. Hali bilmayman. Hammasi qiyin. Men qayerda boʻlsam ham, hamma kutgan joyda boʻlishim kerak”, — dedi Xames.

Maʼlumot uchun, 2020/21-yilgi mavsumda kolumbiyalik futbolchi “Everton” tarkibida 26 oʻyinda maydonga tushib, 6 gol va 9 golli uzatma muallifi boʻlgan.