Xantsman Rossiyaning 2020-yilgi AQSh prezidentlik sayloviga aralashishini istisno qilmadi

  • 12:33 / 06.12.2019
  • 155

AQShning Rossiyadagi sobiq elchisi Jon Xantsman Moskva 2020-yilda AQShda boʻlib oʻtadigan prezident saylovlariga aralashishi mumkinligini istisno qilmadi.

“Aytaylik, bizning eng qadrli demokratiya institutimizga zarar yetkazish uchun imkoniyatlar mavjud. Biz bunga tayyor boʻlishimiz kerak va biz tayyor ekanligimizni bilmayman”, dedi u AP’ga bergan intervyusida.

Sobiq elchining soʻzlariga koʻra, u davlat va mahalliy saylov tizimlaridan xavotirda. Uning fikricha, mansabdor shaxslar potensial tahdidlar toʻgʻrisida bilish uchun manbalar yoki maʼlumotlarga ega boʻlolmaydi.

Bundan tashqari, janob Xantsmanning aytishicha, u Rossiyaning Ukrainadagi 2016-yilgi saylovlarga aralashgani haqida maʼlumotga ega emas, ammo Rossiya aralashuvini ham inkor etmaydi. “Shunday qilib, ular Moskvada Vashington va Kiyev oʻrtasiga norozilik urugʻini sepishga harakat qilmoqdalar”, dedi u.

Eslatib oʻtamiz, demokratlar prezidentga qarshi impichmentni Donald Trampning Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga mumkin boʻlgan taʼsiri haqidagi maʼlumotdan keyin boshlagandi. Avvalroq, demokratlar oldiga Prezident Donald Trampga qarshi impichmentni ishlab chiqish vazifasi qoʻyilgan edi. Ular vakillar palatasining yil oxirigacha boʻlishi mumkin boʻlgan ovoz berish boʻyicha barcha daʼvolarni shakllantirishadi.

2019-yil avgust oyi boshida Xantsman isteʼfoga chiqdi. U 2017-yil oktyabr oyidan beri AQShning diplomatik vakolatxonasi rahbari boʻlib kelgan.

Teglar