Xarid vaqtida kiyim sifatini qanday aniqlash mumkin?

  • 07:23 / 08.10.2019
  • 1440

Aksariyat ayollar arzon va sifatsiz kiyim-kechak sotib olishni “yaxshi” ko‘rishadi. Do‘kon peshtaxtalarida chiroyli ko‘ringan kiyimlarni ko‘ramiz-u, sifatini tekshirib ham ko‘rmay sotib olaveramiz. Keyin uyga kelib, kiyimning sifatsizligidan noliymiz.

1. Mato

Kiyimning sifatini belgilovchi eng asosiy unsur bu uning matosidir. Paxta, jun va ipak kabi tabiiy tolali matolar sintetik tolalarga qaraganda ancha bardoshli bo‘lib, sizga uzoq muddat xizmat qiladi. Agar mato aralash turga mansub bo‘lib, asosiy qismi tabiiy tolalardan iborat bo‘lsa, bunday kiyimlar ancha sifatli bo‘ladi. 

2. Chok

Картинки по запросу Как проверить качество одежды при покупке

Xarid qilish vaqtida kiyim choklariga alohida e’tibor berish lozim. Chunki aynan shunday joylarda kiyimning “kamchiliklari” ko‘zingizga ko‘rinadi.
Chok mustahkammi yoki bo‘shashib turibdimi shunisiga e’tibor bering. Agar chok mustahkam bo‘lmasa, bunday kiyimdan xarid vaqtining o‘zida vos keching.  

3. Moslashish

Sifatli kiyimlar arzon kiyimlarga qaraganda tanaga yaxshiroq moslashadi. Yelkalari, yengi, beli va h.k. Ba’zi odamlar kiyimning ayrim joylari to‘g‘ri kelmasa, o‘zidan ayb qidira boshlaydi, bu mutlaqo noto‘g‘ri. Agar kiyim haqiqatan ham sifatli bo‘lsa u har taraflama mos tushishi kerak. 

4. Gulining guliga mos kelishi

Картинки по запросу Как проверить качество одежды при покупке

Gulli kiyimlarni sotib olayotganda (ayniqsa, mayda gulli kiyimlar) guli guliga mos kelganmi, yo‘qmi shuni tekshiring. Ikki cho‘ntakda ikki xil gulli kiyim olib qo‘ysangiz tanishlaringiz oldida izza bo‘lib qolishingiz hech gap emas. Bundan tashqari, guli guliga moslab tikilgan kiyimlar yuqori sifatdan dalolat beradi. 

5. Ommaviy “sale”lar 

Garchand bunday joylardagi kiyimlarning narxi ko‘zingizni quvontirsa-da, u yerdagi deyarli hech bir kiyim sifatli bo‘lmaydi. Ularni xarid qilganda esa siz shunchaki pullaringizni havoga sovurgan bo‘lib chiqasiz. 
O‘ta tejamkor milliarderlardan biri shunday degan ekan: “Men arzon kiyim sotib oladigan boyvachcha emasman!”. Xulosa o‘zingizdan…  

Teglar