Xatirchi tumanida aholi uchun ajratilgan 7,2 tonna suyultirilgan gazni sotganlar qo‘lga olindi

  • 18:52 / 07.04.2021
  • 56

Navoiy viloyati Xatirchi tumanida mansabdorlar aholi ehtiyojlari uchun ajratilgan 7,2 tonna suyultirilgan gazni sotayotgan paytida ushlangan. 

Ma’lum qilinishicha, "Xatirchi-Uchqara" gaz to‘ldirish shoxobchasi mansabdor shaxslari fuqaro S.A. ga aholi iste’moli uchun ajratilgan 7,2 tonna suyultirilgan gazning har bir kilosini 2,5 ming so‘mdan sotib, buning evaziga 300 AQSh dollari va 14,9 million so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, shoxobcha mansabdor shaxslari umumiy qiymati 16,2 million so‘mlik 5 tonna suyultirilgan gazni hisobotlarga qo‘shib yozish orqali ortiqcha chiqim qilib, o‘zlashtirgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 167 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.