Xayr-ehson ishlarida qatnashgan tadbirkorlarga qanday soliq imtiyozlari beriladi?

  • 14:58 / 24.04.2020
  • 305

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Muzaffar Yusuf Nazarov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda davomida “Tadbirkorlar yoki tadbirkorlik subyektlari qanday tartibdagi xayr-u ehsonni amalga oshirsa, qaysi soliqlar bo‘yicha qanday miqdorda imtiyozga ega bo‘ladi?”, degan savol bilan murojaat qilindi.

Muzaffar Yusuf Nazarov ta’kidlashicha, yangi tahrirdagi Soliq kodeksining 75-moddasiga asosan, ayrim soliqlar imtiyozlari belgilash Prezident qarorlari bilan faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin ko‘pi bilan 50 foizga kamaytirish tarzida va ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin.

“Shunga muvofiq, tadbirkorlik subyektlari uchun xayr-ehsonni amalga oshirgan taqdirda, nazarda tutilayotgan soliq imtiyozlari – ular qaysi soliq turlari bo‘yicha berilishi hamda ularni qo‘llash shartlari yuzasidan Prezident qarori qabul qilingandan keyin, navbatdagi brifinglarda qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, dedi Muzaffar Yusuf Nazarov.