Xiaomi “aqlli” elektroskuter ishlab chiqardi

  • 12:35 / 07.11.2019
  • 230

Xiaomining elektrda yuruvchi velosiped va skuterlari doim mashhur bo‘lgan. Kompaniya yana o‘z mijozlarini yangi skuter bilan quvontirdi. Hozirda ushbu Xitoy kompaniyasi 785 dollar turuvchi Molink deb ataluvchi elektron skuterlariga oldindan buyurtma berishni tavsiya etmoqda.
 
Ushbu yangi skuter Xitoyning mototsikl ishlab chiqaruvchisi Qianjiang Motorcycle va Thunder Electric Car kabi mashhur brendlar bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan. 

Tezkor skuter

Molink o‘zining ajoyib dizayni sabab “IF Design Award” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ammo bu skuterning yagona qoyil qoldiruvchi xususiyati emas. Skuter ikkita yechib-taqiluvchi litiy akkumulyator batareyalari bilan ta’minlangan. Ushbu batareyalar haydovchiga 35 km/s tezlikda 110 km.gacha bo‘lgan masofani bosib o‘tishga imkon beradi.

Skuterning maksimal tezligi 55 km/s bo‘lib, 25 km/s.dagi tejash rejimida bosib o‘tish masofasi esa 145 km/s.ni tashkil qiladi.

“Aqlli” skuter
  
Molink skuteri oddiy boshqariladi va u sizning smartfoningizga turli ilovalar orqali uni quvvatlash vaqti kelganligi haqidagi xabarni jo‘natib turishi mumkin.
   
Shuningdek, “aqlli” skuter uni olib qochilishi yoki avtoturargohda turtib ketilganligi haqida ham ogohlantira oladi.
 
Mazkur skuterni 19-dekabrdan yetkazib berish boshlanadi.