Xiaomi ilk aqlli soatini taqdim etdi

  • 10:40 / 06.11.2019
  • 392

Foto: Xiaomi

Xitoy kompaniyasi Xiaomi o‘zining ilk aqlli soati – Mi Watch’ni taqdim etdi. Ushbu aksessuarning o‘ziga xos jihati bu – uni smartfonsiz ham boshqarish mumkinligidir. 

Aksessuar haqida qisqacha

Mi Watch foydalanuvchiga musiqa tinglash, video tomosha qilish, sim-karta (eSIM) orqali qo‘ng‘iroq qilish va FM-radio eshitish imkonini beradi.
   
Ushbu aqlli soatda boshqa “do‘stlariga” o‘xshab qator o‘ziga xosliklar mavjud: u yurak urishini aniqlovchi datchik, jismoniy faollik, uyqu va qadamlarni nazorat qiluvchi monitoringdan iborat.

Narxi

Soat 1,76 dyumli AMOLED ekran, Snapdragon Wear 3100 protsessori va 570 mAH o‘lchamli akkumulyator bilan “taqdirlangan”. Shuningdek, u Mi Watch MIUI deb ataluvchi qoplama ostida ishlaydi.
 
Mi Watch’ning narxi 185 dollar (1 750 000 so‘m atrofida)ni tashkil qiladi.