Xiaomi kompaniyasi ilova orqali boshqariladigan Mijia Air Purifier 3 havo tozalagichini taqdim etdi

  • 08:49 / 10.08.2019
  • 248

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Mijia Air Purifier 3 havo tozalagichining yangilangan versiyasi haqida xabar berdi. U yanada kuchli bo‘lishiga qaramay, texnikaning avvalgi avlodi narxi saqlanib qolgan.

Qurilma daqiqasiga 6660 litr havoni tozalaydi. Bunday jihoz maydoni 48 m² bo‘lgan xona uchun yetarli. Maksimal quvvat 38 Vtni tashkil etadi. 

Mijia Air Purifier 3 OLED-displey bilan jihozlangan, u harorat va uydagi havoning namligi, shuningdek,  PM2.5 ultradispers qismlar darajasini ko‘rsatadi. Ana shu qismlarning havodagi yuqori miqdori nafas tizimi muammolariga olib keladi. Shuning uchun Xiaomi ularning filtrlanishini Air Purifier 2S’ga qaraganda 29 foizga yaxshiladi.

Maxsus ekranda sensorli boshqarish tugmasi ham joylashgan. Uning atrofidagi svetodiodli uzuk havo sifatining indikatori vazifasini bajaradi. Qurilmani masofadan turib, Mijia yoki MiHome ilovasi orqali boshqarish mumkin.

Xitoyda u 16-avgustdan boshlab savdoga chiqariladi. Undan keyin esa tez orada AliExpress’da paydo bo‘ladi.