Xiaomi smartfondagi rasmlarni chop etish uchun choʻntak printerini yaratdi

  • 17:49 / 08.08.2019
  • 257

Printer siyohdonini toʻldirish talab etilmaydi, faqat qogʻoz zarur.

Xiaomi kraudfaundingida smartfondagi tasvirlarni tezkorlik bilan chiqarish uchun Youdao Memobird G4 ixcham printeri namoyish etildi. U Bluetooth orqali yoqiladi va maxsus mobil ilova orqali boshqariladi.

карманный принтер Xiaomi

Qurilma qora-oq termo chop etish texnologiyasini qoʻllaydi, natijada hech qanday printer siyohdonini toʻldirishga hojat qoldirmaydi. Asosiysi – oʻz vaqtida qogʻoz oʻramini almashtirib turish.

карманный принтер Xiaomi

Youdao Memobird G4’ni yaratishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – chizma, eslatma, turli hil qayd, roʻyxat va boshqa matnli maʼlumotlarni chop etishdan iborat. Suratlarni chop etishga ham hech nima toʻsqinlik qilmaydi. 306 dpi formatida chop etilganda suratlar sifati ancha yuqori boʻladi.

карманный принтер Xiaomi

Printer hajmi bor yoʻgʻi 86,8×79,3 x 39 mm, ogʻirligi esa 165 grammni tashkil etadi. U sumka yoki kurtka choʻntagida deyarli sezilmaydi.

Youdao Memobird G4

900 mA soat quvvat manbaiga ega printer yordamida uzluksiz 8 ta qogʻoz oʻramini chop etishingiz mumkin. Quvvatlash microUSB-port orqali 2 soat davomida amalga oshiriladi.