Xitoy fuqarolari uchun Oʻzbekistonga kirishda vizasiz rejim belgilandi

  • 15:11 / 12.09.2019
  • 52

Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasi Gonkong maxsus maʼmuriy hududi fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash toʻgʻrisida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi telegramdagi rasmiy kanalida xabar bermoqda.

Farmonga koʻra, Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasi Gonkong maxsus maʼmuriy hududi fuqarolari uchun belgilangan tartibda mamlakatimiz xalqaro aeroportlari orqali 7 kundan koʻp boʻlmagan muddatga vizasiz kirish tartibi belgilandi.