Xitoyda 1,2 million kitob sig‘imiga ega noyob kutubxona ochildi   

  • 13:35 / 25.08.2019
  • 292

Xitoyning madaniy tumanlaridan biri bo‘lgan Tyanjin Bingxayda  ajoyib “Binxay Ko‘z” kutubxonasi ochildi. 

Bino besh qavatdan iborat bo‘lib, o‘rtada ulkan ko‘zga o‘xshash sharsimon auditoriya joylashgan. Kutubxona Gollandiyaning MVRDV dizayn studiyasi va Dizayn instituti bilan hamkorlikda yaratilgan. 

34 ming kvadrat metr maydonda qurilgan kutubxonada 1,2 million kitob joylashgan.

Kutubxonaning birinchi qavatida o‘quv zali, dam olish joylari, yuqori qismida maxsus ishlash joylari hamda kompyuter xonalari mavjud. Bunday o‘zgacha ko‘rinishga ega kutubxona 3 yil ichida qurib bitkazilgan.

Kitob javonlari bir vaqtning o'zida o'rindiqlar va zinapoyalar vazifasini ham bajaradi.

Teglar